Taqrizchilar: O‘quv qo‘llanma Ijodiy ta’lim jarayonini shakillantirish



Yüklə 9,18 Mb.
səhifə14/66
tarix14.10.2023
ölçüsü9,18 Mb.
#155131
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   66
Ijodiy ta\'lim (O\'quv qo\'lllanma)

Amaliy mashg’ulot topshirig’i:

  • Har bir talaba o’zining xarakteridan kelib chiqib berilgan jadvalga “Ha” yoki “Yoq” deb jadvalni to’ldiring.



Holatlar

HA

YOQ

Siz gapirishdan ko’ra tinglashni yoqtirasizmi?







Siz notanish odam bilan ham so’zlashishga sabab topa olasizmi?







Siz hamisha suhbatdoshingizni diqqat bilan tinglaysizmi?







Siz maslahat berishga qiziqasizmi?







Suhbat didingizga mos tushmasa uni suhbatdoshingizga sezdirasizmi?







So’zlaringizga quloq solmasalar jahlingiz chiqadimi?







Har qanday masala yuzasidan shaxsiy qarashingiz bormi?







Suhbat mavzusi sizga notanish bo’lsa, uni davom ettirishni xohlaysizmi?







O’zingizga hammani mahliyo qilishni ep ko’rasizmi?







Siz oylagan fikringizni suhbatdoshingizga ochiq aytasizmi muloqot chog’ida?







JAMI:









Nazorat uchun savollar:



  1. “Muloqot jarayonida o’z-o’zini nazorat qilish” (M. Snayder testi misolida) testi izohlang.

  2. “Muloqot jarayonida o’z-o’zini nazorat qilish” (M. Snayder testi misolida) xususiyatlarini sanab o’ting.



№6- Amaliy mashg‘ulot



Mavzu: Devid Lyusning bolalarda kreativlikni rivojlantirishga oid ko’rsatmalari.


Darsning maqsadi: Devid Lyusning bolalarda kreativlikni rivojlantirishga oid ko’rsatmalari ko’nikmalarini shakllantirish.
Metodik ko’rsatmalar
Kreativlik bilan shaxs va intellektual xossalar taqqoslangan tadqiqotlar katta ahamiyatga egadir. Intellektual xossalar bilan taqqoslash bo‟yicha tadqiqotlar Dj. Gilford tomonidan amalga oshirilgan.
Kreativlik – bu insonning shaxsiy xususiyati bo‟lib, uning o’z-o’zini takomillashtirib va rivojlantirib borishi bilan bog’liq.
Kreativlik (lot., ing. “create ” – yaratish, “creative ” yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi g’oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg’ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo’ladi.
Bolalarda kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:
1) ular tomonidan ko’p savollar berilishini rag’batlantirish va bu odatni qo„llab-quvvatlash;
2) bolalarning mustaqilligini rag’batlantirish va ularda javobgarlikni kuchaytirish;
3) bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish;
4) bolalarning qiziqishlariga e’tibor qaratish.
Quyidagi omillar shaxsda kreativlikni rivojlantirishga to’sqinlik qiladi:
1) o’zini tavakkaldan olib qochish;
2) fikrlash va xatti-harakatlarda qo’pollikka yo’l qo’yish;
3) shaxs fantaziyasi va tasavvurining yuqori baholanmasligi;
4) boshqalarga tobe bo’lish;
5) har qanday holatda ham faqat yutuqni o’ylash.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarning kreativ qobiliyatini rivojlantirish usullari va vositalariga ta’sir qiluvchi muh etilishi, ta’lim maqsadlarining to’g’ri amalga oshirilishi va ta’lim natijalari uchun javobgar shaxs hisoblanadi. Ammo bu, ta’lim jarayoni o’qituvchining to’liq hukmronligi ostida amalga oshadigan jarayon, degan noto’g’ri fikrning tug’ilishiga asos bo’la olmaydi.

Hozirgi davr talabi ham kimnidir bo’ysundirish orqali emas, balki hamkorlik munosabati yordamida ijobiy natijaga erishishdir. Ta’lim jarayonida o’quvchilar faoliyatining shakllanishi fan asoslarini o’zlashtirishga oid mexanizmgina bo’lib qolmasdan, balki shaxsning umumiy ijtimoiy-madaniy qobiliyatlarini tarkib toptirishga ham qaratilishini unutmaslik lozim. Bizningcha, o’quv vaziyati ta’lim jarayonini tashkil qiluvchi o’zgaruvchan tizim sanalib, u quyidagicha ikki qismdan iborat:

  • o’qituvchi bilan o’quvchilar hamkorligi;

  • o’quvchilarning o’zaro bir-birlari bilan hamkorligi. im omillardan biri o’qituvchi-o’quvchilar hamkorligi ekanligiga alohida e’tibor qaratildi.

Ma’lumki, ta’lim jarayoni ikki yoqlama xarakterga ega bo’lib, o’qituvchi va o’quvchilarning teng munosabatlaridan tashkil topadi. Bu jarayonga rahbarlik qiluvchi o’qituvchi ta’lim jarayonining to’g’ri tashkil etishi muhim hisoblanadi.
Ma’lumotlarni kuzatish natijasida quyidagi xulosalar ishlab chiqildi:
1) avvalo, har bir dars jarayoni tashkil etilishida aniqlik bo’lishi. O’qituvchi o’quvchilarga erkinlikni, albatta, me’yorida ta’minlab berishi lozim;
2) boshlang’ich ta’limning o’ziga xos xususiyatlaridan biri bu - bolalarning maktabga tayyorgarlik darajasi, ijtimoiy tajribasi, psixofiziologik rivojlanishi bir xil emasligidadir.
Shunga ko’ra boshlang’ich ta’lim o’quv fanlari dasturlaridagi topshiriqlarda o’quvchilarda bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishga e’tibor berilgan bo’lsa-da, ammo o’quvchilarda ijodiy faoliyatni rivojlantirish nuqtainazaridan ularni takomillashtirish zarur. Ya’ni o’qituvchilar ma’suliyatli va e’tiborli bo’lish zarur.
O’qitishda muammoli ta’limdan foydalanish ham, kreativ qobiliyatni shakllantirishda samarali hisoblanadi. O’quvchilarning biror-bir haqiqatni mustaqil izlashi va kashf etishi bilan bog’liq bo‟lgan ta’lim metodlaridan evristik yoki tadqiqotchilik metodlari bilan birga o’quvchilarni ijodiy fikr “laboratoriyasi”ga olib kiradigan jarayon ham asosiy ahamiyatga egadir. Muammoli ta’lim shu jihatdan bir qancha afzalliklarga ega:
1. U o’quvchilarni mantiqiy, ilmiy, didaktik, ijodiy fikrlashga o’rgatadi.
2. U o’quv materialini ishonarli qiladi, bu bilan bilimlarning e‟tiqodga aylanishiga ko’maklashadi.
3. U odatda, ancha ta’sirchan bo’lib, chuqur intellektual his-tuyg’ular, shu jumladan ko’tarinki ruh, hissini o’z imkoniyatlari va kuchiga ishonch tuyg‟usini vujudga keltiradi, shuning uchun u o’quvchilarni qiziqtiradi, o’quvchilarda ilmiy bilishga jiddiy qiziqishni tarkib toptiradi.
4. Haqiqat qonuniyatining mustaqil “kashf etilishi” olingan bilimlarni unutmasligi aniqlab chiqilgan, mustaqil hosil qilingan bilimlar unutilgan taqdirda ham ularni tezda qayta tiklash mumkin.
Muammo yuzasidan olib borilgan izlanishlar o’quvchilarning o’quv jarayoniga munosabati o’qituvchi va o’quvchilar o’zaro ta’sir jarayonining to’g’ri tashkil etilishi, o’quv materiallarini tanlash va tashkil qilish, bilimlarni o’zlashtirish jarayonini takomillashtirish usullariga, o’quv natijalariga qo’yiladigan baho tizimiga bog’liqligini ko’rsatdi.
Kreativlik va o’zaro hamkorlik bir-biriga mustahkam bog’liq. Zero, faqatgina yangicha yondashuv asnosida hamkorlik vujudga keladi va mana shu hamkorlikda ijodkorlik o’z ifodasini topadi. Pedagogik kreativlikni faqatgina yangilikka, tajribalar o’tkazishga intilish deb tushunmaslik kerak. Bu intilish sog’lom fikrning rasmiyatchilik ustidan g’alabasini ham ifoda etadi. Demokratiya, oshkoralik bo’lmagan joyda, ma’muriyatchilik va o’qituvchining irodasi bilan dars jarayonida o’quvchilarning mustaqil fikrlash faoliyatiga rahna solinsa ijodiy hamkorlik barham topadi.
Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish uchun dastlab bu tushunchaning mazmunini bilish lozim. Kreativlik inglizcha “create”dan olingan bo‘lib, yaratish ma’nosini bildiradi. Kreativlik deganda insonning yangilik yaratish, muammolarni yechishga qaratilgan ijodiy qobiliyati tushuniladi. Uning tagzamirida originallik, amaliylik, noodatiylik va erkinlik yotadi. Shuningdek, kreativ fikrlash muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash, bir nuqtaga turli rakursdan yondashishni anglatadi. Kreativlik shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson tafakkuri, ma’naviyatining ajralmas qismi hisoblanadi, u shaxs ega bo‘lgan bilimlarning ko‘pqirrali ekanligida emas, balki yangi g‘oyalarga intilish, o‘rnatilgan stereotiplarni isloh qilish va o‘zgartirishda, hayotiy muammolarni yechish jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo‘ladi. Ya’ni, berilgan bilimlarni takrorlash orqali kreativlikka erishib bo‘lmaydi, ijodiy fikrlash jarayonida yangi fikr, yangi g‘oyaning paydo bo‘lishi asosiy shartdir. Inson miyasi o‘z ishini “yengillashtirish”, “qulaylashtirish” uchun shablon va stereotiplardan foydalanadi. Stereotiplar shu paytgacha ma’lum bo‘lgan va umumqabul qilingan fikrlardir. Ular asosida fikrlash bizga hech qanday yangi g‘oya bermaydi. Qoliplarning yuzaga kelishida jamiyatda ustuvor bo‘lgan ijtimoiy fikr, mediamahsulotlarda taqdim etilayotgan shakl va ko‘rinishlar ham yetakchi o‘rin tutadi. Inson ommadan ajrab qolmaslik nuqtayi nazaridan hammaning fikriga qo‘shiladi. Qolaversa, “oqim bo‘ylab suzish” mustaqil fikrlashdan ko‘ra oson tuyuladi. Stereotiplar orqali fikrlaganda muayyan mavzu bo‘yicha inson ongiga “so‘rov” berilganida odatiy ma’lumot va mulohazalar yuzaga keladi. Masalan, “yangi yil” deganda to‘kin dasturxon, reklamadan tushmaydigan gazli ichimliklar, archa va hokazolarni tasavvur qilish, bobo obrazida qo‘lida hassa tutgan, ko‘zoynakli cholni ko‘rish qolip asosida fikrlashning ko‘rinishi. Kreativ fikrlovchi insonlar odatiy manzaralardan o‘zgacharoq tasvirlarni ham tasavvur qilib, hech kim ilg‘amagan jihatlarni payqaydi, yangilik yaratiladi.
Ma’lumotlarni kuzatish natijasida quyidagi xulosalar ishlab chiqildi:
1) avvalo, har bir dars jarayoni tashkil etilishida aniqlik bo’lishi. O’qituvchi o‟quvchilarga erkinlikni, albatta, me’yorida ta‟minlab berishi lozim;
2) boshlang’ich ta‟limning o’ziga xos xususiyatlaridan biri bu -bolalarning maktabga tayyorgarlik darajasi, ijtimoiy tajribasi, psixofiziologik rivojlanishi bir xil emasligidadir. Shunga ko’ra boshlang’ich ta’lim o’quv fanlari dasturlaridagi topshiriqlarda o’quvchilarda bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishga e’tibor berilgan bo’lsa-da, ammo o’quvchilarda ijodiy faoliyatni rivojlantirish nuqtainazaridan ularni takomillashtirish zarur. Ya’ni o’qituvchilar ma’suliyatli va e’tiborli bo’lish zarur.
Shuningdek, o’quvchilarning kreativ qobiliyatlari rag’batlantirilsa va samimiy muhit yaratilsagina, kreativ fikrlashni odatga aylantira oladilar. Hato qilishdan, muvaffaqiyatsiliklardan cho’chish, haddan tashqari baholarga e’tibor qaratish, tanqidga uchrashdan qo’rqish hissi mavjud o’quvhilarda kreativlik odatga aylanmaydi.
3) muayyan omillar o’quvchilarda kreativlik sifatlari, malakalarining rivojlantirishga to’sqinlik qiladi. Shu sababli pedagogik jarayonda o’qituvchilar ushbu omillarni bartaraf etishga e’tibor qaratishlari kerak.
Quyidagi omillar shaxsda kreativlikni rivojlanishiga to’sqinlik qiladi:

  • O’z-o’zini tavakkaldan olib qochish;

  • Fikrlash va xatti-harakatlarda qo’polllikkka yo’l qo’yish;

  • Shaxs fantaziyasi va tasvvurining yuqori baholanmasligi;

  • Boshqalarga tobe bo’lish;

  • Har qanday holatda ham faqat yutuqni o’ylash.

Bolalarda kreativlikni aniqlanish bosqichlari:

Devid Lyuisning bolalarda kreativlikni rivojlantirishga oid ko‘rsatmalari:
1. Bolalarning savollariga chidam bilan to‘g‘ri javob bering.
2. Ularning savollari va fikrlarini jiddiy qabul qiling.
3. Bolalarga o‘z ishlari bilan shug‘ullanishlari uchun alohida xona yoki burchak ajrating.
4. Agarda ijodiy jarayon bilan bog‘liq bo‘lsa, u holda bolani xonadagi tartibsizlik uchun koyimang.
5. Vaqti-vaqti bilan bolalarga ularni yaxshi ko‘rishingizni va ularni qanday bo‘lsalar, shunday qabul qilishlarini namoyon eting.
6. Bolalarga imkoniyatlariga mos yumushlarni buyuring.
7. Ularga shaxsiy rejalarini ishlab chiqish va qarorlar qabul qilishga ko‘maklashing.
8. Bolalarga faoliyatlarda yuqori natijalarga erishishlariga yordam bering.
9. Kamchiliklarini ko‘rsatgan holda bolani boshqalar bilan solishtirmang.
10. Bolani kamsitmang va o‘zini yomon, ojiz deb hisoblashishiga yo‘l qo‘ymang.
11. Uni mustaqil fikrlashga o‘rgating.
12. Bolani sevimli mashg‘ulotini tashkil etishi uchun zarur buyumlar bilan qurollantiring.
13. Uni turli voqealarni o‘ylab topishga, fantaziya qilishga majburlang, bu jarayonda unga yordamlashing.
14. Bolani yoshlikdan o‘qib-o‘rganishga odatlantiring.
15. Doimo bolaning ehtiyojlariga e’tibor qarating.
16. Har kuni bola bilan yuzma-yuz suhbatlashish uchun vaqt toping.
17. Oilaga oid masalalarning muhokamasiga bolalarni ham jalb qiling.
18. Xatolari uchun bolani masxara qilmang.
19. Bolani har bir yutug‘i uchun maqtang.
20. Uning yutuqlarini maqtashda samimiy bo‘ling.
21. Bolani turli yoshdagi kishilar bilan muloqot qilishga o‘rgatib boring.
22. Uning borliqni anglashiga yordam beradigan amaliy tajribalarni o‘ylab toping.
23. Bolaga turli latta-puttalar bilan o‘ynashni taqiqlamang – bu uning tasavvurini boyitadi.
24. Uni muammoni topish va uni hal qilishga rag‘batlantiring.
25. Bolaga nisbatan o‘z munosabatingizni baholashda odil bo‘ling.
26. U bilan muhokama qilinadigan mavzularni cheklamang.
27. Bolaga qarorlarni mustaqil qabul qilish va uning uchun javobgar bo‘lish imkonini bering.
28. Bolaga uning shaxs bo‘lib shakllanishi uchun yordam bering.
29. Bolaga uning uchun foydali bo‘lgan teleko‘rsatuvlarni tomosha qilishi va radio eshittirishlarni tinglashi uchun ko‘maklashing.
30. Uni o‘z qobiliyatlarini ijobiy qabul qilishga odatlantirib boring.
31. Bolani kattalardan mustaqil bo‘lishga o‘rgatib boring.
32. Bolaning o‘ziga va uning sog‘lom fikrga egaligiga ishoning.
33. Bolaga “Men ham buni bilmayman” deb, uni muvaffaqiyatsizliklarga bee’tibor bo‘lishga o‘rgatmang.
34. Bolaga, garchi u ishning ijobiy natijaga ega bo‘lishiga ishonmasa-da, boshlangan ishni oxiriga yetkazishi uchun imkoniyat yarating.
35. Kundalik daftar yuriting va unga bolada kreativ qobiliyat shakllanishini qayd etib boring.

Yüklə 9,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin