Taqrizchilar: O‘quv qo‘llanma Ijodiy ta’lim jarayonini shakillantirish



Yüklə 9,18 Mb.
səhifə17/66
tarix14.10.2023
ölçüsü9,18 Mb.
#155131
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   66
Ijodiy ta\'lim (O\'quv qo\'lllanma)

Amaliy mashg’ulot topshirig’i:

  • Har bir talaba alohida “Dizayn-fikrlash” texnologiyasi bo’yicha o’z berilgan vazifani bajaradi.

Dizayn-fikrlashtexnologiyasi
Nazorat uchun savollar:

  1. “Dizayn-fikrlash” texnologiyasining asosiy vazifalarini izohlang.

  2. “Dizayn-fikrlash” texnologiyasining kreativlikni rivojlantirishdagi xususiyatlarini sanab o’ting.

№8- Amaliy mashg‘ulot



Mavzu: “Yangilik, Yoqimlilik, Yaratuvchanlik” kreativ metodi va qo’llanilishi. “Oddiy. Murakkab. Noreal” kreativ metodi va qo’llanilishi
Darsning maqsadi: “Yangilik, Yoqimlilik, Yaratuvchanlik” kreativ metodi va qo’llanilishi. “Oddiy. Murakkab. Noreal” kreativ metodi va qo’llanilishi oid ko’rsatmalari ko’nikmalarini shakllantirish.


Metodik ko’rsatmalar

Shaxsining pedagogik qobiliyati va kasbiy jihatdan shakllanishi muammolari bo‘yicha o‘tkazilgan pedagogik-psixologik tadqiqotlarda “professionalizm” tushunchasi “shaxsning kasb mahorati” sifatida o‘rganiladi. Uning tarkibiga pedagogik faoliyatni amalga oshirish jarayonida shakllangan muhim kasbiy sifatlar hamda shaxsiy kasbiy salohiyatni tashkil etgan pedagogik qobiliyat va mahorat, intellektual, motivatsion, kommunikativlik, kreativlik-ijodiy, perseptiv hamda shaxs dinamizmi ya’ni emotsional-irodaviy irodaviy ta’sir o‘tkazish va mantiqiy ishontira olish) qobiliyatlar kompleksi kiradi.



Yangilik kiritish ham ichki mantiq, ham vaqtga nisbatan qonuniy rivojlangan va uning atrof-muhitga o'zaro ta’sirini ifodalaydigan dinamik tizimdir.

Yangilik, Yoqimlilik, Yaratuvchanlik” kreativ metodi tuzilishi:





Tushuncha

Ta'rif

Yangilik

o'ziga xos qobiliyat turi, xususan, g'oyani yoki g'oyaning ifodasini estetik qobiliyat elementi bilan ishlab chiqish qobiliyatidir

Yoqimlilik

mavjud jarayonga yoki xolatga biror-bir o’zgartirish qo‘shish qobiliyatidir

Yaratuvchanlik

Haqiqatan ham yangi mahsulot, xizmat yoki jarayon, ular ilgari paydo bo'lgan g'oyalar va mahsulotlarga asoslangan bo'lsa-da, sakrashni, chinakam yangi va boshqacha ijodni ifodalaydi.

Pedagogik innovatsiyada «yangi» tushunchasi markaziy o‘rin tutadi. Shuningdek, pedagogic fanda xususiy, shartli, mahalliy va sub' ektiv yangilikka qiziqish uyg‘otadi.


Xususiy yangilik V.A. Slasteninning aniqlashicha, joriy zamonaviylashtirishda muayyan tizim mahsuloti unsurlaridan birini yangilashni ko‘zda tutadi. Murakkab va progressive yangilanishga olib keluvchi ma’lum unsurlaming yig‘indisi shartli yangilik hisoblanadi.

Mahalliy yangilik konkret obyektda yangilikning foydalanishi bilan belgilanadi. Subyektiv yangilik ma’lum obyekt uchun obyektning o‘zi yangi bo‘lishi bilan belgilanadi.Ilmiy yo‘nalishlarda yangilik va innovatsiya tushunchalari farqlanadi. Yangilik bu vositadir: yangi metod, metodika, texnologiya va boshqalar. V.I. Zagvyazinskiy yangi tushunchasiga a’rif erib, pedagogikadagi yangi bu faqatgina g‘oya emas, balki hali foydalanilmagan yondashuvlar, metodlar www.ziyouz.com kutubxonasi


texnologiyalardir. Lekin bu pedagogic jarayonning unsurlari majmuan yoki alohida olingan unsurlari bo‘lib, o‘zgarib turuvchi sharoitda va vaziyatda ta’lim va –tarbiya vazifalarini samarali hal etishning ilg‘or boshlanmalarini o‘zida aks ettiradi.
R.N.Yusufbekova pedagogik yangilikka, o‘qitish va taibiya berishda avval ma’lum bo‘lmagan va avval qayd qilinmagan holat, natija, rivojlanib boruvchi nazariya va amaliyotga eltuvchi pedagogic voqelikning o‘zgarib turishi mumkin bo‘Igan mazmuni sifatida qaraydi. Pedagogik innovatsiyada R.N.Yusufbekova innovatsion jarayon tuzulmasining uch blokini farqlaydi:
Birinchi blok – pedagogikadagi yangini ajratish bloki. Bunga pedagogikadagi yangi, pedagogic yangilikning tasnifi, yangini yaratish shart-sharoiti, yangilikning me’yorlari, yangining uni o‘zlashtirish va foydalanishga tayyorligi, an’ana va novatorlik, pedagogikadagi yangini yaratish bosqichlari kiradi.
Ikkinchi blok – yangini idrok qilish, o‘zlashtirish va baholash bloki: pedagogic hamjamiyatlar, yangini baholash va uni o‘zlashtirish jaiayonlarining rang-barangligi, pedagogikadagi konservatorlik va novatorlik, innovatsiya muhiti, pedagogic jamiyatlaming yangini idrok etish va baholashga tayyorligi.
Uchinchi blok- yangidan foydalanish va uni joriy etish bloki, ya’ni yangini tadbiq etish, foydalanish va keng joriy etish qonuniyatlari va turlaridir. M.M.Potashnikning innovatsiya jarayonlari talqinlari kishi e’tiborini o‘ziga tortadi. U innovatsiya jarayonining quyidagi tuzulmasini beradi:

  • faoliyat tuzilmasi - motiv - maqsad - vazifa - mazmun - shakl – metodlar –metodika komponentlari yigindisi;

  • subyektiv tuzilma - innovatsion faoliyat subyektlarining xalqaro, 
    mintaqaviy, tuman, shahar va boshqa sathlari;
    sathiy tuzilma-innovasion faoliyat subektlarining xalqaro, mintaqaviy, tuman, shahar va boshqa sathlari;

  • mazmun tuzilmasi - o‘quv-tarbiyaviy ishlar, boshqaruv (va b.)da yangilikning paydo bo’lishi, ishlab chiqilishi va oizlashtirilishi;

  • bosqichlilikka asoslangan hayot davriylik tuzilmasi — yangilikning paydo bo‘lishi - ildam o‘sish - yetuklik — oizlashtirish - diffuziya (singib ketish, tarqalish) — boyish (to ‘sqin ish ) — qoloqlik - inqiroz ~irradiasiya(aldanish) -zamonaviy lashtirish;

  • boshqaruv tuzilmasi - boshqaruv harakatlarining 4 ta turining o‘zaro aloqasi: rejalantirish - tashkil etish - rahbarlik qilish - nazorat qilish;

  • tashkiliy tuzilma - diagnostik, oldindan ko‘ra bilish, sof tashkiliy, amaliy, umumlashtiruvchi, tatbiq etuvchi.

Innovatsiya jarayoni tarkibiy tuzilmalar va qonuniyatlami qamrab olgan tizimdan iboratdir.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsion jarayoni kechishining 4 ta asosiy qonuniyati farqlanadi:

  • pedagogik innovatsiya muhitining yaratilganlik qonuni;

  • nihoyat amalga oshish qonuni;

  • qoliplashtirish (stereotiplashtirish) qonuni;

  • pedagogik innovasiyaning davriy takrorlanishi va qaytishi qonuni;

  • Ayovsiz bemaromlik qonunida pedagogik jarayon va hodisalar to‘g‘risidagi yaxlit tasavvurlar buziladi, pedagogik ong bo‘linadi, pedagogik yangilik baholanadi va u yangilikning ahamiyati va qimmatini keng yoyadi.

Qoliplashtirish (stereotiplashtirish) qonuni shundan iboratki, unda pedagogik innovatsiyafikrlashni bir qolipgatushirish vaamaliy harakatga o‘tish tendensiyasiga ega bo‘ladi. Bunday holatda pedagogic qolip (stereotip) qoloqlikka, boshqa yangiliklaming amalga oshish yo‘liga to‘siq bo‘lishga majbur bo‘ladi.
Pedagogik innovasiyaning davriy takrorlanishi va qaytishi qonunining mohiyati shundaki, unda yangilik yangi sharoitlarda qayta tiklanadi.
Pedagogik innovatsiya tadqiqotchilari innovasiya jarayonining ikki tipini farqlaydilar:
Innovatsiyaning birinchi tipi stixiyali o’tadi, ya’ni innovatsion jarayonda unga bo‘lgan ehtiyoj hisobga olinmaydi, uni amalga oshirishning barcha shart sharoitlari tizimi, usullari va yo‘llariga ongli munosabat bo‘lmaydi.
Innovatsiyaning ichinchi tipi ongli, maqsadga muvofiq, ilmiy asoslangan faoliyat mahsulidir.
Oliy maktabdagi innovatsion jarayonlar V.A.Slastenin, M.M.Levina, M.Ya.Vilenskiy va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan.Oliy maktab innovatsion jarayonlari negizida quyidagi yondashuvlarni belgilash mumkin:

  • madaniyatshunoslik jihatidan (insonni bilishning ustuvor rivojlanishi) yondashuv;

  • shaxsiy faoliyat jihatidan (ta’limdagi yangi texnologiyalar) yondashuv;

  • ko‘p subektli (dialogik) yondashuv, y a ’ni kasbiy tayyorgarlikni insonparvarlashtirish;

  • individual - ijodiy (o*qituvchi va talabalarning o‘zaro munosabatlari asosida) yondashuv.

Oliy maktabda innovasion faoliyatning subekti o‘qituvchi va uning shaxsiy imkoniyati hisoblanadi. Bunda o ’qituvchi shaxsining ijtimoiy- madaniy, intellektual va axloqiy imkoniyatlari yuksak ahamiyatga molik bo‘ladi.
S.M.Godninning ishlarida talabaning shaxsiy xislatlari pedagogik jarayonning subekti sifatida yoritiladi.
Unga quyidagilami kiritadi:

  • o‘qitishning hoziigi va kelgusi bosqichlari uchun qabul qilingan o‘quv - taibiya jarayonining maqsadi, vazifasi va ko‘rsatmalarini anglay bilish;

  • intellektual mehnatning yangi tadbirlarini egallash;

  • maqsadga muvofiq kasbiy o‘z-o‘zini tafbiyalash va mustaqil tahsil olish, qiyinchilildarni a’lo danyada yenga bilish, o‘sish va mustahkam o‘rin egallashning kengayayotgan intellektual va kasbiy imkoniyatlari, istiqbollari bilan aniqish, o’zining sosial roli funksiyasini bajarishida faol munosabatda bo‘lish va hokazo.

Innovatsion pedagogik jarayonning muhim unsurlari shaxsning o‘z-o‘zini boshqarishi va o‘zini- o‘zi safarbarqila olishi hisoblanadi. Uning eng muhim yo‘nalishlaridan biri talabalarning bilish faoliyatini rivojlantirish. Bunday yo‘nalish talabalarning o‘quv ishlarini faollashtirish, ularning kasbiy ixtisoslashishini aniqlab olish faolligini o‘z ichiga oladi.
O’qituvchining innovatsion faoliyati voqelikni o‘zgartirishga, uning muammolari va usullarini yechishni aniqlashga qaratilgandir. O’qituvchi va talaba o‘rtasidagi muloqot namunasining o‘zgarishi, innovasion faoliyat shartlaridan biridir.
Yangi munosabatlar, an’analarda bo‘lganidek, qistovlar, hukmga bo‘ysunish kabi unsurlardan holi bo‘lishi lozim. Ular tenglarning hamkorligi, o‘zaro boshqarilishi, o‘zaro yordam shaklida qurilgan bo‘lishi darkor. Ular munosabatlaridagi eng muhim xususiyat bu o ’qituvchi va talabaning ijoddagi hamkorligidir.
Innovasion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi:

  • kasbiy faoliyatning ongli tahlili;

  • me ’yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv;

  • kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik;

  • dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatida bo’lish;

  • joiz imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, joiz turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatda mujassam qilish.

Demak, o‘qituvchi yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ‘ibotchisi sifatida namoyon bo‘ladi. Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta’lim taraqqiyoti sharoitida o ’qituvchi innovatsiya faoliyatiga bo‘lgan zaruriyat quyidagilar bilan o’lchanadi: ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta ’lim tizimi, metodologiya va o’quv jarayoni texnologiyasining tubdan yangilashni talab qiladi.

  • Bunday sharoitda o’qituvchining innovatsiya faoliyati pedagogik yangiliklarni yaratish, o‘zlashtirish va foydalanishdan iborat boladi;

  • ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish, doimo oiqitishningyangi tashkiliy shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi;

  • pedagogik yangilikni o‘zlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan o’qituvchining munosabati xarakteri o‘zgarishi.

O’qituvchining innovatsion faoliyati tahlili yangilik kiritishning samaradorligini belgilovchi muayyan me’yorlardan foydalanishni talab qiladi.
Bunday me’yorlarga - yangilik, maqbullik(optimalnost),yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovasiyani ijodiy qo‘llash imkoniyatlari kiradi.
Yangilik pedagogik yangilik me’yori sifatida o ’zida taklif qilinadigan yangini, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi. Pedagog olimlar yangilikning qo‘llanish mashhurligi darajasi va sohasiga ko‘ra farqlanadigan mutlaq, chegaralangan mutlaq, shartli, subektiv darajalarini farqlaydilar.
Maqbullik me’yori o’qituvchi va talabaning natijaga erishish uchun sarflangan kuch va vositalarini bildiradi.
Natijalilik o‘qituvchi faoliyatidagi muayyan muhim ijobiy natijalami bildiradi. Pedagogik yangilik o’z mohiyatiga ko‘ra ommaviy tajribalar mulki bo‘lib qolishi lozim. Pedagogika yangilikni dastlab ayrim o‘qituvchilaming faoliyatiga olib kiradi. Keyingi bosqichda - sinalgandan va obektiv baho olgandan so‘ng pedagogik yangilik ommaviy tatbiq etishga tavsiya etiladi.
Tadqiqotlar o‘qituvchining innovatsion faoliyatga kasbiy tayyorgarligini aniqlash imkoniyatlarini beradi. Ular quyidagi tavsiflardan iborat:

  • mo’jallangan yangilikni yalpi va uning alohida bosqichlari muvaffaqiyatini bashorat qilish;

  • kelgusida qayta ishlash maqsadida yangilikning o‘zidagi va uni tatbiq qilishdagi kamchiliklami aniqlash;

  • yangilikni boshqa innovatsiyalar bilan qiyoslash, ulardan samaradorlarini tanlab olish, ulaming eng ahamiyatli va pishiqlik darajasini aniqlash;

  • yangilikni tatbiq etishning muvaffaqiyatlilik darajasini tekshirish;

  • yangilikni tatbiq etadigan tashkilotning innovasiya qobiliyatiga baho berish.

O’qituvchining innovatsion faoliyati o‘z ichiga yangilikni tahlii qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlaming maqsadi va konsepsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahrir qilish, samaradorlikka baho berish kabilami qamrab oladi.
Innovatsion faoliyatning samaradorligi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi. V.A.Slastenin tadqiqotlarida o‘qituvchining innovatsion faoliyatga bo‘lgan qobiliyatlarining asosiy xislatlari belgilab berilgan. Unga quyidagi xislatlar taalluqli:

  • shaxsning ijodiy-motivasion yo‘nalganligi.

  • bu - qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish;

  • ijodiy yutuqlarga intilish;

  • peshqadamlikka intilish;

  • o‘z kamolotiga intilish va boshqalar;

  • kreativlik.

  • bu - hayolot (fantastlik), faraz;

  • qoliplardan holi bo’lish, tavakkal qilish, tanqidiy fikrlash, baho bera olish qobiliyati, o’zicha mushohada yuritish, refleksiya;

Kasbiy faoliyatni baholash.

  • Bu - ijodiy faoliyat metodologiyasini egallash qobiliyati;

  • pedagogik tadqiqot metodlarini egallash qobiliyati;

  • mualliflik konsepsiyasi faoliyat texnologiyasini yaratish qobiliyati, ziddiyatni ijodiy bartaraf qilish qobiliyati;

  • ijodiy faoliyatda hamkorlik va o‘zaro yordam berish qobiliyati va boshqalar;

O’qituvchining individual qobiliyati.

  • Bu - ijodiy faoliyat surati;

  • shaxsning ijodiy faoliyatdagi ish qobiliyati;

  • qatiyatlilik, o‘ziga ishonch; ma’suliyatlilik, halollik, haqiqatgo‘ylik, o‘zini tuta bilish va boshqalar.

Innovatsion faoliyat tadqiqotlari o ’qituvchining innovatsion faoliyatga hozirligi me’yorlarini belgilashga imkon berdi (V.A. Slastenin):

  • innovatsion foliyatga bo’gan zaruriyatni anglash;

  • ijodiy faoliyatga jalb qilinishiga shaylik;

  • shaxsiy maqsadlami innovatsion faoliyat bilan moslashtirish;

  • ijodiy muvaffaqiyasizliklami yengishga shaylik;

  • innovatsion faoliyatni ijro etish uchun texnologik shaylik darajasi;

  • innovatsion faoliyatning kasbiy mustaqillikka ta ’siri;

  • kasbiy refleksiyaga bo’lgan qobiliyat.


Oliy maktabdagi innovatsiya jarayonlari xarakteri kiritilgan yangiliklar xususiyatlari, o‘qituvchilarning kasbiy imkoniyatlari, yangilik kiritish tashabbuskorlari va isbtirokchilarining innovatsion faoliyatlari xususiyatlari bilan belgilanadi. Innovatsion faoliyatda eng muhim masalalardan biri o ’qituvchi shaxsidir.
O’qituvchi - novator sermahsul ijodiy shaxs bo‘lishi, kreativlikni, keng qamrovli qiziqish va mashg‘ullikni, sevuvchi ichki dunyosi boy, pedagogik yangiliklaiga o’ch bo‘lishi lozim. O’qituvchini innovasion faoliyatga tayyorlash ikki yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim:

  • yangilikni idrok qilishga innovatsion shaylikni shakllantirish;

  • yangicha harakat qila olishga o‘rgatish.

Innovatsion faoliyatni tashkil etishda talabalarning o‘quv-bilish faoliyati va uni boshqarish alohida ahamiyatga ega. Innovatsiya jarayonlari, ulaming funksiyalari, rivojlanish qonuniyatlari, mexanizmlari va uni amalga oshirish texnologiyalari, boshqarish tamoyillarining pedagogik asoslarini o ’rganish oliy maktab o‘quv jarayonini zamonaviy pedagogika hamda psixologiya fanlari yutuqlari asosida jahon standartlari darajasida tashkil etish imkonini beradi.

Yüklə 9,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin