Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiyasi


Asosiy tushunchalar. Umrga oid psixologiya fani vazifalari



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə2/63
tarix10.09.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#63536
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiyasi (1)

Asosiy tushunchalar. Umrga oid psixologiya fani vazifalari.
Ontogenez psixologiyasi fanining mavzu baxsi turli yoshdagi odamlarning (bolalar, o’quvchilar, kattalar, erkaklar, ayollarning) (ontogenezda) tug’ulganidan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi xamda o’zaro munosabati qonuniyatlarini o’rganishdan iboratdir. Ontogenez psixologiyasi insonda turli psixik jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol va hokazolar) rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlarini, uning xar xil faoliyatini (o’yin, o’qiish, mehnat kabilar), erkak va ayolning jinsiy tafovutlarini, shuningdek, inson shaxsining tarkib topishini ilmiy jihatdan tadqiq qiladi.
Inson psixikasining rivojlanish davrlarini aniqlash, shu soxadagi ma’lumotlarni to’plash xam mazkur psixologiyaning mavzu baxsiga kiradi. Bolaning tug’ilishidan to voyaga yetgunicha xar tomonlama rivojlanishi, jamiyatning teng xuquqli a’zosi bo’lgunicha ulg’ayishi va shaxsining tarkib topishi muammolarini, bularning psixologik mexanizmlarini aniqash va sharxlash ontogenez psixologiyasi soxasining muxim jixatidir.
Xar bir fanning o’z predmeti borligi singari bolalar psixologiyasining ham o’zi tekshiradigan sohasi xamda tadqiqot metodlari bor.
Umumiy psixologiya psixika va uning zohir bo’lishi, rivojlanish qonuniyatlari haqidagi fan bo’lsa, yosh davri yoki ontogenez psixologiyasi turli yoshdagi insonlarning (jinslarning) psixik taraqqiyoti, psixik xususiyatlari va bularning o’ziga xos omillari, mezonlari hamda mexanizmlari xaqidagi fandir. Shuningdek, u muayyan yoshdagi insonlarning faqat o’ziga xos xususiyatlarini xam o’rganadi. Shuning uchun ijtimoiy xayotda, ta’lim va tarbiyada, gurueutar hamda jamoalarda, ishlab chiqarishda, oilaviy munosa- batlarda ontogenez psixologiyasi alohida o’rin tutadi. Inson shaxsining tarkib topishi va bilish jarayonlarining rivojlanishi muammosini shaxs psixikasining taraqqiyoti qonunlarini hisobga olmay oqillona hal qilib bo’lmaydi. Shuning uchun XXI asrga kelib «inson omili» masalasi dolzarb mavzuga aylandi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin