Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiyasi (1)
Umrga oid psixologiyada metodlarni qo`llashning o`ziga xos xususiyatlari. Metodlar klassifikatsiyasi. Umuman, psixologiyada inson psixikasini tadqiq, qilish metodlarining turli tasnifi mavjud. Shular togrisida umumiy psixologiya kursida keng malumotlar berilgan. Ontogenez va differentsial psixologiya fani psixologiyaning boshqa soxalari singari oziga xos ilmiy tadqiqot metodlariga ega. Quyida sobiq, ittifoq psixologi B.G.Ananev tavsiya qilgan klassifikatsiyasiga asoslangan holda mazkur metodlarning xususiyatlarini yoritishga harakat qilingan.
B.G.Ananev psixikani organish metodlarini tort guruhga ajratib, ularni tashqilliy, empirik (amaliy), natijalarni qayta ishlash yoki statistik natijalarni sharxlash metodlari deb nomlagan. Bu guruhlar ozining maqsad va vazifasi boyicha yana bir nechta toifa hamda turlarga bolinadi. Quyida mazkur metodlarning umumiy va oziga xos xususiyatlari hamda qiyosiy tavsifi berildi.
Tadqiqot metodlarining birinchisi, yani tashqilliy guruhni oz ichiga qiyoslash, longityud (uzluksiz), kompleks (kopyoqlama) deb atalgan turlarni taqqosslash metodidan umumiy psixologiya, sotsial psixologiya onta kichik guruhlarni hamda ularning har xil toifalarni, tibbiyot psixologiyasi (soglom va bemor kishilarning psixik xususiyatlarini taqqoslash), sport psixologiyasi (sportchilarning holati, oquvliligi va ishchanligini ozaro taqqoslashi) kabilardan unumli foydalanilishi.
Ontogenez psixologiyasida esa qiyoslash metodi turli yoshdagi insonlarni (shaxs jarayonlari, shaxs xususiyatlari, bilimlarni, aqliy qobiliyati, salohiyati, rivojlanish dinamikasi, tofovutlari va oziga xosligi kabilarni organishda qollaniladi. Psixologlardan L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, A.A Smirnov, B.G.Ananev, D.B.Elkonin, P.Ya.Galperin va ularnish shogirdlari olib borgan tadqiqotlar (chaqaloqlik, godaklik, ilk bolalik, kichik maktab yoshi, osmirlik, ospirinlik yosh davrlarini ozaro solishtirish) shu metoddan foydalanib amalga oshirilgan. Keyingi yillarda xalq talimi tizimi va ishlab chiqarishda «inson omili» muammosining kotarilishi, vaqt taqchilligi, ishchanlik imkoniyati, psixologik moslik masalalarining alohida ahamiyat kasb etishi mazkur metodni keng kullashni taqazo etmoqda. Bundan tashqari, tajribada olingan malumotlarning ishonchliligini oshirishda ham qiyoslash metodi qollanadi. Ayniqsa, sinaluvchilardagi ozgarishlarni ajratib olib qarash, tadqiqotning bosqichlarini alohida-alohida tahlil qilish, masalan, tajribaning birinchi bosqichi turli yoshdagi va jinsdagi odamlarga qanday tasir etganini aniqash va hokazolar bu metodga diqqat etibor ortib borayotganidan dalolatdir.
Ontogenez psixologiyasida qiyoslash metodi bilan bir davrda longityud (uzluksiz) metodi xdm qollanadi. Uning boshqa metodlardan farqi bir yoki bir nechta sinaluvchilar uzoq muddat, hatto, on yillab tekshirilishidir. Longityud metodidan psixologlardan nemis V.Shtern, fransuz R.Zazzo, rus psixologlari N.A.Menchinskaya, A.N.Gvozdev, N.SLeytis, V.S.Muxina va boshqalar kop yillardan beri foydalanmoqdalar.
Mazkur metod orqali bir xil jinsli (Xasan-Xusan, Fotima- Zuxra) yoki aralash jinsli (Xasan-Zuhra, Fotima-Xusan) egizaklar kuzatilgan. Shuning uchun qator tadqiqotlarning "ona kundaligi" (N.A.Menchinskaya, V.S.Muxina) deb nomlanishi bejiz emas. Uzoq, vaqt bir shaxsni (kichik guruxni) kuzatish unda paydo bolayotgan yangi fazilatlarning rivojlanish dinamikasini, xulq-atvoridagi ozgarishlarni (xatti-harakat) va ularning oldini olish tadbirlarini, murakkab psixologik munosabatlari, ichki boglanish qonuniyati, mexanizmi togrisida mukammal, ishonchli, barqaror malumotlar olchash imkonini yaratadi.
Longityud metodi yordamida subektiv omillarning oziga xosligini, obektiv shart-sharoitlar va ijtimoiy muhitning sinaluvchiga tasiri organiladi. Chunonchi, egizaklarning oxshashligini tafovuti, tasirlanishi, his-tuygusining ozgarishi, kishilar ortasidagi individual farqlar (ishchanligi, temperamenti, oliy nerv faoliyati tizimi va hokazalar) boyicha malumotlar olish longityud metodi bilan amalga oshadi.
Hozirgi davrda fan va texnika taraqqiyoti psixologik tekshirishlarning ilmiyligini yanada oshirish uchun (subektiv omillarning tasirini kamaytirish maqsadida) yaxlit dastur asosida boshqa fanlar (tibbiyot, fizika, fiziologiya, biologiya, sotsiologiya, kibernetika, statistika, falsafa, mantiq, va hokazolar) bilan birgalikda tadqiqot ishlari olib borishni taqozo etmoqda. Amaliy yosindagi ilmiy-tadqiqot ana shu kabi qirrali (kompleks) yondashishni talab qiladi. Psixologiya sohalarida (psixofiziologiya, kosmos, tibbiyot psixologiyasi, muhandislik yoki aviatsiya psixologiyasida, tadqiqot obektiga tizimli yondashish tamoyili amalga oshirilmoqda. Kompleks metod yordamida oganilayotgan obektdagi ozgarishlar turli nuqtai nazardan tahlil qilinadi yoki ularga har xil yondashiladi. Masalan, bolada oddiy bilimlarni ozlashtirish xususiyati psixologik jihatdan tekshirilayotgan bolsa, kompleks yondashish tasirida ana shu uzlashtirishning falsafiy, mantiqiy, fiziologik, ijtimoiy, biologik xususiyatlari yoritiladi. Aytaylik, keksayishning biologik omillarini organish uning psixologik, fiziologik, mantiqiy jihatlarini yoritishga xizmat qiladi.
Kompleks dastur yordamida amalga oshirilgan tadqiqot natijalari ilmiy ahamiyatga molik bolib, insonshunoslik muammolarini hal qillishda katta yordam beradi.
Ilmiy tadqiqot metodlarining ikkinchi guruhi empirik metodlardan iborat bolib, bu guruhga kuzatash (ozini ozi kuzatish), eksperiment (tabiiy, laboratoriya), test, anketa, surov, sotsiometriya, suhbat, intervyu, faoliyat jarayoni va uning mahsulini tahlil qilish, tarjimai hol (shaxsiy guvohnoma, xujjat, turmush faoliyati voqealarini tahlil qilish) kabilar kiradi va ular sinash, tekshirish. diagnoz (aniqash) va prognoz (oldindan belgilash) vazifalarini bajaradi. Insonda tugilganidan umrining oxirigacha sodir boladigan psixologik ozgarishlarni chuqurroq va obektiv tadqiqini umum empirik metodlardan navbati bilan foydalanish yaxshi natija beradi.
Ilmiy tadqiqot metodlarining uchinchi guruxi natijalarni qayta ishlashiga moljallangan bolib, ular statistik (miqdor) va shixologik (sifat) taxlil turlariga bolinadi. Psixologik- fiziologik tadqiqotlarda kopincha quyidagi statistik metodlar qollanadi.
Ilmiy tadqiqot metodlarining tortinchisisharxlash guruhi genetik va donalash metodlaridan iboratdir. Genetik metod bilan tadqiqot davomida toplangan malumotlar yaxlit holda maqsadga muvofiq, yosinda sharxlanadi. Bu metoddan foydalanishning asosiy maqsadi sinaluvchida vujudga kelayotgan yangi shaxs fazilatlarining rivojlanishi va bilish jarayonlarining ozgarishiga tajriba natijasiga suyangan holda tarif xamda tavsif berishdir. Shuningdek, bunda mazkur fazilat va xususiyatlarning namoyon bolish davri, bosqichi hamda bazi mashaqqatli davrlarga, paytlarga qoshimcha sharhlar berish imkoniyati tutiladi.
Genetik metodga asoslanib psixik ozgarishlar bilan rivojlanish bosqichlarining bevosita bogliqligining ildizi aniqlanadi. Tanlash metodi bilan tadqiqot obektiga kirgan shaxs psixikasidagi barcha ozgarishlar, oziga xoslik, ozaro aloqa, ozaro tasir va uygunlikning ozaro boglanishlari organiladi. Jumladan, inson nutqini idrok etilish uchun sezgi, idrok, xotira, tafakkur jarayonlarining bir paytda birgalikda qatnashishi bunga yorqin misoldir. Bunda har bir bilish jarayonining ulushi ifodalanadi yoki uning ahamiyati alohida takidlanadi, ularning ozaro bogliqligi asoslab beriladi.
Lekin tajribadan olingan malumotlarni sharxlash uchun yuqoridagi metod tushunarli emas. Buning uchun uzilishlarga yol qoymaslik maishiy ish degan materiallar maxsus bosqichlarga ajratib sharxlanadi. Tadqiqotning birinchi tayyorlov bosqichida kashf qilingan psixologik qonun yoki qonuniyat togrisida toxtalinadi. Tadqiqotning ikkinchi bosqichida uni mazmuni orni, sharoiti, obektiv xususiyat omillar boyicha mulohaza yuritiladi. Uchinchi bosqichlar esa olingan miqdoriy natijalar ishlanadi va bu ham oz navbatida tort pogonaga bolinadi empirik materialni birlamchi tahlil qilish: alohida olingan shaklni ( III omil, alomat, korsatkich, mexanizm, xususiyat sharxlanadi.) tahlil qilingan miqdoriy materiallar bilan tadqiqot gipotezasi alohida sharhlanadi; v) ikkillamchi tashkil; barqaror, ustun dalillar ajratiladi; g) ikkillamchi sintez: psixologik qonun, qonuniyat, tuzilgan, omil bilan tadqiqot gipotezasini birlashtirib maxsus xulosa chiqariladi.
Tortinchi bosqich sharxlashda har bir fakt, alomat, korsatkich, mexanizm, xossa psixologik jihatdan soz-mantiq orqali tahlil qilinadi. Barcha ilmiy-amaliy mulohazalar isbotlanadi, buning natijasida hech bir shubhaga, etirozlarga orin qolmaydi. Ana shu bosqichda tadqiqot yakunlanadi, zarur xulosalar chiqariladi, amaliy tavsiyalar beriladi, organilishi zarur muammoning ahamiyati va istiqboli togrisida mulohaza qilinadi.
Endi tajribada eng kop qollanadigan empirik metodlar haqida kengroq, malumot beramiz.