Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiyasi


Psixik taraqqiyotning bosqichliligi



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə15/63
tarix10.09.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#63536
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   63
Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiyasi (1)

Psixik taraqqiyotning bosqichliligi. Psixikaning irratsional (aqliy bilish jarayonlaridan boshqa) tarkibiy qismlari: emotsiya, mayl yordamida shaxsning xulkini tqahlil qilluvchi nazariya psixadinamika deyiladi. Bu nazariyaning yirik namoyandalaridan biri amerikalik psixolog E.Eriksondir. U insonning umrini o’ziga xos betakror xususiyatlarga molik 8 ta davrga ajratadi.
Birinchi davr — gudaqlikda tashqi dunyoga ongsiz "ishonch" tuygusi vujudga keladi. Buning bosh sababi ota-onaning mehr- muxabbati, gamxo’rligi va jonkuyarligidir. Agar go’dakda ishonchning negizi paydo bo’lmay, borliqqa ishonchsizlik hissi tug’ilsa, voyaga etgan odamlarda maxdudlik, umidsizlik vujudga kelishi shubhasizdir.
Ikkinchi davr — ilk bolalikda yarim mustaqillik va shaxsiy qadr-qimmat tuygusi shakllanadi yoki, aksincha, ularning teskarisi — uyat va shubha hissi hosil bo’ladi. Bolada mustaqillikning usishi unga uz tanasini boshqarish uchun keng imkoniyat yaratib, bo’lgusi shaxs xususiyatlaridan tartib va intizom, mas’uliyat, javobgarlik, xurmat tuygulari tarkib topishiga zamin xozirlaydi.
Uchinchi davr — o’yin yoshi deb ataladi va unga 5—7 yoshli bolalar kiradi. Bu davrda tashabbus tuygusi, qandaydir ishlarni amalga oshirish, bajarish mayli tarkib topadi. Mabodo boladagi xox,ish- istakni ruyobga chiqarish yuli tusib qo’yilsa, buning uchun u o’zini aybdor deb hisoblaydi. Mazkur davrda davra, ya’ni gurux o’yinlarga, tengkurlari bilan muloqotga kirishish muhim atamiyat kasb etadi: bola turli rollar bajarib ko’rishiga, uning xayoloti o’sishiga imkon yaratiladi. Xuddi shu davrda bolada adolat tuygusi, uni tushunish mayli tug’ila boshlaydi.
Turtinchi davr — maktab yoshi boladagi asosiy o’zgarishlar: ko’zlagan maqsadiga erishish uchun intilish, uddaburonlik va tirishqoqlik bilan ajralib turadi. Uning eng muxim qadriyati omilkorlik va maxsuldorlikdan iboratdir. Bu yosh davrining salbiy jihatlari (illatlari) ham bo’lib, ular ijobiy xislatlari yetarli bo’lmasligi, ong xdyotning barcha qirralarini kamrab ololmasligi, muammolarni hal qilishda aql-zakovat darajasining pastligi, bilimlarni uzlashtirishdagi qoloqlik va hokazolardir. Xuddi shu davrda shaxsni mehnatga munosabati shakllana boshlaydi.
Beshinchi davr o’spirinlik betakror xislati, o’ziga xosligi, boshqa odam parami ichkip farqlanishi bilai tavsiflanadi. Shuningde, o’spirinlik shaxs sifatida noaniqligi muayyan rolni uddalamaslik qatiyatsizlik singari salbiy sifatlarga ham egadir. Mazkur davrning eng muhim xususiyati "rolini kechiktirish"ning o’zgarishi hisoblanadi U ijtimoiy xayotda bajarayotgan rollarning ko’lami kengayadi, lekin ularning barchasini jiddiy egallash imkoniyatiga ega bo’lmaydi, shuningdek, rollarda o’zini sinab kurish bilan cheklanadi, xolos. Erikson uspirinlarda o’zini o’zi anglashning psi xologi k mexanizmlarini batafsil taxlil qiladi, unda vaktni yangicha xis qilish, psixoseksual qizikish, patogen (kasallik qo’zg’atuvchi) jarayonlarni va ularning turli kurinishlari namoyon bo’lishini bayon qiladi.
Oltinchi danr — yoshlik boshqa jinsga psixologik intim yaqinlashuv k,obiliyati va ehtiyoji vujudga kelishi bilan ajralib turadi. Bunda ayniqsa, jinsiy mayl alohida urin tugadi. Bunlan tashqari, yoshlik tanholikni yoktirish va odamovilik kabi yok,imsiz xususiyat bilan ham farqlanadi.
Ettinchi davr — etuklik davrida xayotiy faoliyatning barcha soxalarida (mehnatda, ijodiyotda, gamxo’rlikda, pusht krldirishda, tajriba uzatish va boshqalarda) maxsuldorlik tuygusi uzluksiz xamrox, bo’ladi va ezgu niyatlarning amalga oshishida turtki vazifasini bajaradi. Shuningdek, mazkur davrda ayrim jixatlarda turgunlik tuygusi salbiy xususiyat sifatida xukm surishi x,am mumkin.
Sakkiziichi davr, ya’ni qarilik inson sifatida uz burchini uddalay olganligidan, turmushning keng qamrovliligidan qanoatlanish tuygulari bilan tavsiflanadi. Salbiy xususiyat sifatida esa hayot faoliyatidan noumidlilik, kungil sovish tuygularini aytish mumkin. Donolik, soflik, gunohlardan forig bo’lish, har bir holatga shaxsiy va umumiy nuk,tai nazardan qarash bu yoshdagi odamlarga xos eng muhim jixatlardir.
E.Shpranger "Uspirinlik davri psixologiyasi" nomli asarida bu davrga 13—19yoshli qizlarni, 14—22yoshli yigitlarni kiritishni tavsiya qiladi. Uningcha, bu yosh davrida yuz beradigan asosiy o’zgarishlar: a) shaxsiy "Men"ni kashf qilish; b) refleksiyaning (o’zini o’zi va uzgalarni anglash) usishi; v) o’zining individualligini anglash va shaxsiy xususiyatlarini e’tirof qillish; g) ,hayot iy ezgu rejalarning paydo bo’lishi; d) uz shaxsiy turmushiii ongli holda kurishga intilish va xokazolardir. 14—17 yoshlarda vujudga keladigan inqiroz Usmirlarda uzlariga kattalarning (bolalarcha munosabati doirasidan qutulish tuygusi paydo bo’lishidan iboratdir. 17—21 yoshlilarning yana bir xususiyati ularda teng- kurlaridan "ajralish" intsirozi va tanxolik istagining paydo bo’lishidir. Bu holat tarixiy sharg-sharoitlardan kelib chikadi.
E.Shpranger, K.Byuler, A.Maslou va boshqalar personologik nazariyaning yirik namoyandalari hisoblanadilar.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin