Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiyasi


Ma’ruza: Тараққиёт психологияси фани предмети



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə5/63
tarix10.09.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#63536
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiyasi (1)

Ma’ruza: Тараққиёт психологияси фани предмети
Тараққиёт психологияси бўлимлари: перинатал психология, болалар психологияси, ўсмирлик ва ўспиринлик даврлари психологияси, етуклик даври психологияси, геронтопсихология. Тараққиёт психологиясининг назарий ва амалий вазифалари: инсон психик тараққиётини ҳаракатлантирувчи кучлари, механизм ва омилларини ўрганиш, онтогенезда психик тараққиётни даврлаштириш, ҳар бир босқичда психик тараққиётнинг сифат жиҳатидан ўзига хослигини ўрганиш, психик тараққиётни таълим ва тарбия имкониятлари асосида коррекция қилиш ва муътадиллаштириш Тараққиёт психологиясининг замонавий илмий билим тизимидаги ўрни.
Психик тараққиёт қонуниятлари. Психик тараққиёт бутунлиги, тузилмавийлиги ва босқичлилиги. Тараққиёт босқичларининг кетма-кетлиги. Тараққиётда гетерохронлик ва номутаносиблик. Акселерация ва ретардация. Тараққиётда сенситив ва инқирозли даврлар. Инсон умрида норматив инқирозлар.
Умр тараққиёти динамикасини ўрганиш методлари. Тадқиқотнинг методологик принциплари. Умр даврлари психологиясида қўлланиладиган асосий методлар. «Метод» ва «методика» тушунчалари. Тадқиқотлар ўтказишнинг асосий тамойиллари ва босқичлари. Тараққиёт психологияда методларни қўллашнинг ўзига хос хусусиятлари. Методлар классификацияси.
Mazkur fan sohasi o’zining predmeti xamda vazifasini umumiy nsixologiyaning asosiy printsiplari va qoidalariga tayangan xolda belgilaydi. Ontogenez psixologiyasi quyidagi printsiplarga rioya qiladi: Ilmiy dialektika ta’limotiga binoan psixika yuksak darajada tashqill topgan materiyaning xususiyati yoki miyaning maxsulidir. Odatda psixika tashqi dunyoning sezgi organlari orqali insonning miyasiga bevosita ta’sir etishi asosida vujudga kelib, sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, nutq, xayol kabi bilish jarayonlarida, shuningdek, shaxsning xususiyatlari va holatlarida, diqqati, xis tuyg’usi va xarakter xislatlarida, qiziqishi va ehtiyojlarida o’z ifodasini topadi.
Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyati yotadi. Tashqi dunyodan kirib keladigan qo’zg’atuvchilarga ichki yoki tashqi biologik organlar javob reaksiyasini bildiradi. Bosh miya katta yarim sharlarida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog’lanishlari psixik xodisalarning fiziologik asoslari hisoblanadi va ular tashqi ta’sir natijasida hosil bo’ladi. Bosh miya po’stlog’ida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog’lanishlari I.P. Pavlovning nerv jarayonlarining irradiatsiyasi, kontsentratsiyasi hamda induktsiyasi qonunlari zamirida ro’y beradi. Bu qonunlar turli yo’sindagi muvaqqat bog’lanishlar, assotsiatsiyalar qanday yuz berayotganini, qanday shart-sharoitda tormozlanishini (qo’zg’alishini), muvaqqat bog’lanishlarning yuksalayotgani yoki paydo bo’layotganini tushuntirish imkonini beradi.
Psixofiziologik qonuniyatlarga binoan miyaning funktsiyasi muvaqqat nerv bog’lanishlarining birlashish mexanizmi hamda analizatorlar faoliyati mexanizmlari ta’sirida hosil bo’ladi. Yuqoridagi ta’limotga ko’ra, har ikkala mexanizm hayvonlarning tashqi olamga munosabatini aks ettiradi. Shuning uchun psixik faoliyat voqelikni aks ettirishdan, oliy nerv faoliyatining tashqi olamni timsollar sifatida ifodalashdan iboratdir.
Psixikani tadqiq etish insonning butun (ontogenezidagi) ongli faoliyatini — uning ham nazariy, ham amaliy hayot faoliyatini u o’rganishdir. Odam zotining ongliligi uning turli-tuman faoliyatida (o’yin, mehnat, o’qishda), xatti-xarakatlarida namoyon bo’ladi. Har xil shakl va mazmunga ega bo’lgan nazariy hamda amaliy faoliyatlarda tarkib topa boradi. Bunda muhit, irsiy belgilar, shaxslararo munosabatlar, tarbiya asosiy omillar xisoblanadi.
Inson shakillanish davrni, moddiy turmushni aks tug'diradi, ijtimoiy ichki muhit ta’siri ostida bilimlarni o’zlashtirib boradi, ijtimoiylashadi tarixan o’zgaradi. Ontogenezda uning xis-tuyg’ulari qarashi, qobiliyati, iqtidori, iste’dodi, tafakkuri, maqsadlari, uni faollikka da’vat qoluvchi xarakat mashg’ulotlai, tilaklari, xoxishlari, pozitsiyasi xam asta- sekin uyg’unlashib borodi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin