Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiyasi


Shaxsning ontogenezda rivojlanish dinamikasi



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə3/63
tarix10.09.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#63536
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiyasi (1)

Shaxsning ontogenezda rivojlanish dinamikasi.
Ontogenez psixologiyasi — inson psixikasining rivojlanish qonuniyatlari va xususiyatlari hamda shu taraqqiyotning bosqichlari to’g’risidagi fandir.
Mazkur psixologiya fanining soxasi aloxida predmet sifatida XIX asrning boshlarida vujudga kelgan, lekin dastlabki ildizi qadimgi yunon madaniyatiga borib tatsaladi. Uning predmeti va qonuniyatlari to’g’risida jahon psixologiyasi olamida turli qarashlar, nazariyalar mavjud. Ularning juda keng tarqalganlari biogenetik (I.Shtern), sosiogenetik (KLevin), bixevioristik (E.Torndayk), psixoanalitik (Z.Freyd) nazariyalardir.
Tarbiya va ta’limning yosh xususiyatlariga bog‘liq jihatlari qadimgi davrlardan buyon o‘rganiladi. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya fan sifatida XIX asrning ikkinchi yarmida shakllandi. Bu psixologiya faniga genetik g‘oyalarning kirib kelishi bilan bog‘liqdir. Rivojlanayotgan psixologik–pedagogik fikrga mashhur rus pedagogi K.D.Ushinskiy va, birinchi navbatda, uning «Chelovek kak predmet vospitaniya» («Inson – tarbiya predmeti sifatida») degan asari katta hissa qo‘shgan edi. Yosh psixologiyasi fanining rivojlanishiga ingliz olimi Charl’z Darvinning evolyusion g‘oyalari jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Psixologiya tomonidan o‘rganiladigan omillarining reflektor mohiyatini tushunish uchun psixik faoliyat ahamiyatini mashhur fiziolog olim I.M.Sechenov ham ta’kidlab o‘tgan. Yosh va pedagogik psixologiyada Veber va Fexnerning psixofizik kashfiyoti, Ebbingauzning xotiraga oid tadqiqoti, G.Gelmgolsning sezgi organlarining psixofiziolo-giyasiga oid ishi, Vundt tomonidan fiziologik psixologiya hissiyoti va harakatlarining o‘rganilishi va boshqalar asosiy ahamiyatga ega.
XX asr boshida yosh va pedagogik psixologiya sohasida ikki asosiy: biologik va ijtimoiy yo‘nalish ajratilgan.
Biologik, biogenetik yo‘nalishga xos narsa – tug‘ma xususiyatlar, «irsiyat»ga yo‘naltirilish, bola xulqi va rivojlanishini sodda-mexanik tushunishga intilishdir. Bola rivojlanishidagi irsiy omillarni ortiqcha baholash va biogenetik qonuniyatlarni psixologiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirish mazkur yo‘nalishning o‘ziga xos kamchiligi bo‘lib hisoblanadi. Psixologiyadagi biogenetik qonuniyat – Gekkel tomonidan XIX asrda shakllantirilgan mashhur evolyutsiya qonunlarini yosh psixologiyasi sohasiga ko‘chirishga urinishdir. Homila ona qornidaligida bir hujayrali mavjudotdan inson bo‘lgunga qadar barcha rivojlanish davrlarini bosib o‘tgani kabi, bola ham insoniyat tarixidagi asosiy bosqichlarni qayta bosib o‘tadi. Shunday qilib, bola bosib o‘tadigan besh bosqich ajratilgan: yovvoyilik davri, ov davri, chorvachilik davri, dehqonchilik davri va sanoat davri. Mazkur davrlashtirishga ko‘ra, bola yovvoyi holda tug‘iladi, barcha bosqichlarni birin-ketin bosib o‘tib, oxirida unda pul, savdo, almashinishga qiziqish paydo bo‘ladi.
Biogenetik qonuniyat asosida bolaning psixik rivojlanishi sirtqi ta’sir emas, ichki sabab natijasida Yuzaga keladi degan g‘oya yotadi. Tarbiyaga qaramay, u tashqi omil sifatida namoyon bo‘ladi, ba’zi tabiiy, irsiy–shartli psixik sifatlarining namoyon bo‘lish jarayonini sekinlashtiradi yoki tezlashtiradi. Biogenetizm o‘qituvchi, tarbiyachilarsiz – «erkin tarbiya» pedagogik nazariyasi-ning psixologik asosi bo‘lib qoldi. Pedagogik psixologiyadagi biogenetik yo‘nalishning g‘ayriilmiy mexanik xususiyatini pedagog va psixologlar XX asrning 30-yillarida anglab etishdi.
Pedagogik psixologiyadagi ijtimoiy genetik yo‘nalish ham xatolardan xoli emas edi. Turlicha bo‘lib tuyulgan bu nazariyalar ko‘p hollarda bir-biriga yaqin. Bu yo‘nalish tarafdorlarining fikricha, bola rivojlanishida fatal (taqdir) omil sifatida namoyon bo‘ladi va shuning uchun ham insonni o‘rganish uchun uning muhitini tahlil qilishning o‘zi kifoya: o‘rab to’rgan muhit qanday bo‘lsa, inson shaxsi batamom o‘shanday bo‘ladi.
Biogenetizm xulq rivojlanishini gentik moyillikning amalga oshishiga taqab, shaxsiyat faolligini inkor qilgani kabi, ijtimoiy genetika ham hamma narsani ijtimoiy muhitga taqab, shaxs faolligini inkor qildi.
Psixologiyadagi biogenetik va ijtimoiy genetik yo‘nalishlar XX asrning 30-yillaridayoq psixolog va pedagoglar uchun tanqid ob’ektiga aylanib qoldi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin