Taraqqiyotining poydevori


National University of Uzbekistan



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix22.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#190081
1   2   3   4   5
konsultatsiya-jarayonida-psixolog-mutaxassisligiga-qo-yiladigan-kompetensiyaviy-talablar

National University of Uzbekistan 
Volume 4 | NUU Conference 3 | 2023
Quality education – the foundation of 
Uzbekistan's development 
Sifatli ta’lim – O‘zbekiston 
taraqqiyotining poydevori 
 
 
 
 
279
 
May 6, 2023 
https://nuu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference 
tatbiqisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ta’limning muvaffaqiyati esa tashkil etilgan 
o‘quv faoliyatining har bir o‘quvchi shaxsiga, uning ijtimoiy taraqqiyotiga qo‘shgan 
hissasi bilan belgilanadi. Bu mas’uliyatli vazifani, ayniqsa, bugungi kunda psixologik 
xizmatsiz amalga oshirish qiyin. Qolaversa, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda, 
o‘quv topshiriqlarini takomillashtirishda, o‘quvchilarni u yoki bu kasbga 
yo‘naltirishdagi o‘ziga xos individual psixologik xususiyatlarini va qiziqishlarini 
aniqlashda, ularning o‘z-o‘zini anglashlarida, o‘quv jarayoni, o‘quvchilar jamoasi, 
o‘quvchi-o‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq barcha muammolarni bartaraf etish 
yo‘llarini izlashdagi psixolog olimlarning bugungi yutuqlari haqida etarli dalillar 
mavjud. Masalan, I.V.Dubrovina tadqiqotlarida psixologik xizmatni tashkil etishdagi 
nazariy va amaliy jihatlarning asoslanishi, L.I.Bojovichning o‘quvchi shaxsi va uning 
maktab yoshidagi shakllanish bosqichlarini psixologik tasniflovchi empirik 
ma’lumotlari, A.G.Asmolovning o‘quvchi faoliyati va ustanovka uyg‘unligini izohlab 
beruvchi tadqiqotlari, D.I.Feldshteynning ontogenezda rivojlanuvchi shaxs ijtimoiy 
taraqqiyotining psixologik qonuniyatlarini ochib berishga qaratilgan qator ilmiy-
tadqiqiy ko‘rsatmalari, E.A.Klimovning o‘quvchini kasbga yo‘naltirishdagi 
individual 
uslubni 
o‘zida 
mujassamlashtirgan 
psixologik 
ishlanmalari, 
V.S.Merlinning o‘quvchi shaxsidagi individual va sotsial tipik xususiyatlar 
psixologiyasini izohlab berishga qaratilgan asarlari, E.G‘.G‘ozievning ta’lim 
muassasalaridagi psixologik xizmat vazifalarini qayd etishga bag‘ishlangan 
ko‘rsatmalari, M.G.Davletshinning O‘zbekistondagi psixologik xizmatning bugungi 
holati va vazifalarini talqin qilishga qaratilgan ilmiy-amaliy fikr-mulohazalari, 
G‘.B.SHoumarovning Xalq ta’limi tizimida psixologik xizmatning joriy etilishi bilan 
bog‘liq yangiliklar, muammolar va echimlarga bag‘ishlangan nazariy-ilmiy va 
ijtimoiy-amaliy ahamiyatga molik fikrmulohazalari, Sh.R.Barotovning ta’limda 
psixologik xizmat amaliyotiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot natijalari, 
B.R.Qodirovning O‘zbekistondagi iqtidorli va iste’dodli bolalarni tanlash va 
tarbiyalashga qaratilgan qator nazariyilmiy va amaliy-uslubiy asarlari shular 
jumlasidandir. Ayniqsa, bugungi kunda o‘zbekistonlik psixologlar guruhi tomonidan 
“O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimida psixologik xizmat, xalq ta’limi 
tizimida ishlaydigan psixologlarning malakasini oshirish va ularning attestatsiyasi 
haqidagi Nizom”ning ishlab chiqilishi va uni Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 
tasdiqlanishi O‘zbekistondagi psixologik xizmat tizimining rasmiy tarzda 
“jonlanishi” va taraqqiy etib borishi uchun muhim ijtimoiy 
ahamiyat kasb etadi. Tabiiyki, ushbu “Nizom” ta’lim 
muassasalarida tatbiq etilajak psixologik xizmat tizimining asl 



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin