National University of Uzbekistan Volume 4 | NUU Conference 3 | 2023 Quality education – the foundation of Uzbekistan's development Sifatli ta’lim – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori 281 May 6, 2023 https://nuu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference 7 O‘quv faoliyati talablarini muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlashga xizmat qiluvchi
o‘quvchi shaxsi faolligi bilan bog‘liq individual uslub imkoniyatlarini o‘rganish va
qaror toptira borish.
8. Har bir o‘quvchini maktabga qabul qilishda u yoki bu fan bo‘yicha chuqur
o‘zlashtiruvchi sinflarga jalb etish orqali kasb tanlashga yo‘llashda tegishli ilmiy
amaliy tavsiyalar berib borish.
9. K.Platonovning “Shaxs strukturasi” usuli asosida va unga Sh.Baratov tomonidan
ayrim o‘zgartirishlar kiritilgan holda qayta ishlab chiqilgan “Shaxs kartasi” ustida ish
olib borish (har bir o‘quvchi bilan, albatta).
10. E.A.Klimovning kasblarni tanlashga oid ishlab chiqqan metodikasining
Sh.Baratov tomonidan o‘zbek tiliga moslashtirilgan variantini qo‘llash asosida har bir
o‘quvchi uchun tegishli tavsiyalarni ishlab chiqish.
11. E.G‘.G‘oziev tomonidan tavsiya etilgan “Ta’lim muassasalari psixologining
vazifalari” asosida ilmiy-amaliy ish faoliyatini rejalashtirish.
12.Umumiy psixologik xizmat Nizomi asosida psixoprofilaktik, psixodiagnostik va
psixokorreksion ishlarni tizimli ravishda amalga oshirish. Maktab amaliyotchi
psixologlari faoliyati muayyan talab asosida ishlab chiqilgan tegishli yo‘l-yo‘riqlar,
ko‘rsatmalar va ilmiy-amaliy tavsiyalar asosida tashkil etiladi.
Mazkur yo‘nalishlarning har biri haqida qisqacha izoh berish mumkin:
• bilim, tushuncha va tassavurga ega bo‘lish;
• o‘quvchi shaxsiga psixologik yondashuv uchun samarali foyda bera oluvchi
psixologik usullar, tamoyillar va metodikalarni ajrata olish;
• umumiy psixologiya, yosh va pedagogik psixologiya, tibbiy psixologiya fanlari
bo‘yicha tegishli bilimlarni o‘zlashtirish;
• O‘zbekistondagi psixologik xizmat konsepsiyasi haqida axborotga ega bo‘lish;
• o‘z-o‘zini ilmiy-nazariy jihatdan takomillashtirish bilan bog‘liq kunlik, haftalik,
oylik va yillik ish rejalarini tuzish va bajarish.
Ilmiy-tashkiliy faoliyat yo‘nalishlari quyidagi vazifalarni bajarishni o‘z ichiga
oladi: har kunlik, haftalik, oylik va yillik taqvimiy ish rejasi tuzish, uni hududiy
psixologik xizmat markazi tomonidan tasdiqlatish; psixologik xizmat xonasini kerakli
jihozlar, ko‘rgazmalar va boshqa barcha materiallar bilan to‘ldirish; Maktabdagi har
bir o‘quvchi uchun “Shaxs psixologik kartasi”ni tuzish va shu ma’lumotlar
(ko‘rsatkichlar) asosida tegishli psixologik tadbirlarni belgilash; ota-onalar, sinf
rahbarlari, fan o‘qituvchilrivamaktabrahbarlari bilan bajariladigan
ishlar rejasini tuzish; har bir sinfdagi o‘quvchilar guruhi, alohida
referent, rasmiy va norasmiy guruhlar, liderlar va ayrim “ajralib