Jamoa va uni shakllantirish o’qituvchiik faoliyatining maqsadi hisoblanidi. Muhim tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega bo’lgan sub’ektlarning alohida namuna ko’rsatishlari jamoani shakllantirishning muhim vositasi bo’lib, ushbu vosita yordamida jamoaning barcha yoki muayyan a’zosini tarbiyalash ijobiy samaralar beradi.
Jamoa tomonidan hal etilishi ko’zda tutilgan yetakchi tarbiyaviy vazifa shaxsni har tomonlama tarbiyalash, unda ijobiy sifatlarni tarbiyalash hamda mustahkam hayotiy pozitsiyani qaror toptirishdan iboratdir.
Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida jamoani shakllantirish mas’uliyatli vazifa sanaladi.
Maktab jamoasi tarkibida eng barqaror bo’g’in - bu muayyan sinflar negizida shakllangan jamoalar sanaladi. Sinf jamoasi tarkibida o’quvchilar tomonidan amalga oshiriluvchi asosiy faoliyat o’qish faoliyati sanaladi. Aynan sinf jamoasida shaxslararo aloqa va munosabatlar tarkib topadi. SHuningdek, sinflar jamoalari negizida maktab jamoasi shakllanadi. Maktab jamoasi ikki muhim bo’g’in – o’qituvchilar jamoasi hamda o’quvchilar jamoasi asosida tarkib topadi. O’quv yurtlari jamoasi tarkibida o’quvchilar jamoasi asosiy qismni tashkil etadi. O’quvchilar jamoasi - bu ijtimoiy ahvoli shuningdek, umumiy saylov organlari oldidagi umumiy javobgarlik, barcha a’zolarning huquq va burchlari tengligi asosidagi o’zaro birlikka ega o’quvchilar guruhidir.
O’quvchilar jamoasi unga rahbarlikni olib boruvchi o’qituvchilar hamda bolalardan iborat jamoaning murakkab birlashmasi bo’lib, o’z-o’zini nazorat qilish hamda o’z-o’zini boshqarish huquqi, shuningdek, o’ziga xos psixologik muhit va an’analariga ega bo’ladi.
Nima deb o’ylaysiz: Sizningcha o’quvchilar jamoasini shakllanish bosqichma bosqiq yondashuvni talab etadimi?
2. O’quvchilar jamoasining shakllanish bosqichlari. Jamoaning vujudga kelish uchun to’rt bosqich zarur. Jamoaning shakllanish bosqichlarida dastlab o’qituvchi butun guruhga talab qo’yadi hamda mazkur jarayonda jamoa faollarining shakllanishiga alohida e’tibor qaratadi. Navbatdagi bosqichda muayyan darajada shakllangan jamoa faollari (aktivi) jamoa a’zolari oldiga ma’lum talablarni qo’yadi. Uchinchi bosqichda esa jamoa umumiy holda jamoaning har a’zosidan muayyan tarzdagi faoliyatni olib borishni talab qiladi. So’nggi (to’rtinchi) bosqichda esa jamoaning har bir a’zosi o’z oldiga mustaqil ravishda jamoa manfaatlarini ifoda etuvchi talabni qo’yish layoqatiga ega bo’ladi. Ushbu jarayon mohiyatini qo’yidagicha bayon etish mumkin: