Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə26/55
tarix17.04.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#99111
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari

О‘quvchini jamoa orqali tarbiyalash. Ilg‘or o‘qituvchilar tajribasining ko‘rsatishicha, o'quvchilar ahil jamoa bo‘lib uyushgandagina tarbiya ishlarida faol o'quvchilarga tayanish, o‘quvchilarni turli ishlarni birgalikda bajarishga odatlantirib, ularga jamoatchilik ruhini singdirib borish mumkin.
Tarbiya jarayoni o'z-o‘zini tarbiyalash jarayoniga o‘tganda yuksak darajaga erishiladi. Ayrim o'quvchilar va umuman jamoa o'z faoliyatini mustaqil rejalashtiradi, o'ziga va bir-biriga talablar qo‘yadi va o‘z-o‘zini nazorat qiladi.
Sinf rahbari va o‘quvchilar jamoasi o'z niyatlari va ishlarida birgadirlar. Jamoani shakllantirish yuzasidan olib boriladigan barcha ishlar juda qiziqarli bo‘lib, bu ish sinf rahbarining asosiy ishi bo‘lib hisoblanadi. Jamoaning rivojlanish darajasini aniqlashning eng ishonchli usul – o'quvchilami ular bilan darsda, darsdan tashqarida, maktabda, maktabdan tashqarida o'zaro faol hamkorlik qilish darajasida kuzatishdan iboratdir.
Tarbiyada bola shaxsini hurmat qilish.
O'qituvchi jamoaning kuchli va zaif tamoyillarini aniqlash uchun pedagogik vaziyatlar vujudga keltirishni qo'llaydi. Lekin bunda shuni esda tutish kerakki, o'quvchi kamchiliklarini hamma o‘rtasida yorqin namoyish qilish uni ma’naviy halok etishi, qalbini jarohatlashi mumkin. Shunday vaziyatlarni vujudga keltirish kerakki, ular salbiy tomonlarni emas, har bir bolada odatdagi sharoitda boshqalardan yashiringan ijobiy tomonlarini ham ochib bersin. Sinf rahbari jamoa rivojlanishining aniqlangan darajasiga qarab tarbiya usullarini tanlaydi. Bunda o'quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish qo'shimcha shart hisoblanadi. Bu haqda gapirmasa ham bo'lardi, chunki bu shart pedagogik tamoyillardan biridir. Shu bilan birga ishni endi boshlagan o'qituvchi, ayniqsa sinf rahbari tarbiya usullarini emas, balki shakllarini tanlashda o'z tarbiyalanuvchilari yoshini hisobga olishi muhimdir. Bunda bir xil usullar, talablar, topshiriqlar va hokazolar turlicha izohlanadi. Ta’lim jarayonida jamoa munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari sinf rahbarining katta e'tibor berishini talab etadi.
Jamoa faoliyatida ko'proq muomala qilishga bo'lgan ehtiyoj yotadi. Darslarda bu ehtiyoj kam qondiriladi. Agar darsdagi muomalaga bo'lgan ehtiyoj to'g'ri tushunilsa, uning negizida o'quvchilarning o'zaro yordami, darslarga birgalikda foydali tayyorgarlik ko'rish, qiziqishlar bo’yicha mashg'ulotlar tashkil etiladi. Ta’lim jarayonidagi jamoatchilik tuyg'usi ana shu, ya’ni birgalikdagi mehnat bolalarda katta qoniqish hosil qilish, ijobiy kechinmadan boshlanadi. Shu tariqa o'zaro yordam tashkil etish sinfdagi jamoa munosabatlarini shakllantirishning yo'llaridan biridir. O'qituvchi yana o'quvchilarning yosh xususiyatlarini, sinf jamoasining xususiyatlarini, uning shakllanganlik darajasini hisobga oladi, o'sha talablarida jamoa fikrining qo'llab- quvvatlanishiga tayanadi.
Jamoa rivojlanishining har qanday darajasida sinf rahbari muayyan usullardan foydalanib, jamoatchilik fikrini shakllantirish to'g'risida maxsus g'amxo'rlik qiladi. O'quvchilar jamoasini shakllantirish jarayonini past darajadan yuqori darajaga boradigan vaqt davomidagi harakat, ijtimoiy talablar avval shaxsan sinf rahbaridan, o‘qituvchidan faqat yakka bolalar, keyinchalik ko‘pchilik bolalar idrok etadigan va nihoyat, barcha uchun va har bir bola uchun hayot qonuni bo'lib qoladigan tarzda jo'n tushunib bo‘lmaydi. Hatto uyushgan jamoada ham jamoatchilik xususiyatlari zaif rivojlangan ayrim o'quvchilar bo‘ladi. Sinf rahbari jamoa va har bir alohida o'quvchining tarbiyasi uchun ma’suldir. Shuning uchun uning jamoa tarzidagi va yakka tartibdagi shakllarini qo'shib olib borishi tarbiyaviy ishdagi o'ziga xos xususiyatlaridan biridir. Jamoaning shaxsga nisbatan yuksak talabchanligi kuzatiladi.
Maktablar tajribasida faoliyat odatda ommaviy, jamoa, guruh va individulal shakllarda tashkil etiladi. Faoliyatni tashkil etishning ommaviy shakllari ham (ya'ni ularda o'quvchilaming muayyan guruhlari ishtirok etadi) o'z mohiyatiga ko'ra uni amalga oshirish jarayonida faoliyat maqsadga (masalan, ma’ruza, konsert va hokazo) erishish uchun qatnashchilarning o'zaro muomalasim nazarda tutmaydi. Biroq, bundan oldingi holda bo'lgani kabi, bu shakllarda bevosita tengdoshlar bilan birgalikda qatnashish ba’zi hollarda ularning faoliyatidagi ishtirokini faollashtiradi, boshqa hollarda aksincha bo'ladi. Bu ko'p jihatdan o'quvchilarning faoliyat mazmuniga munosabatiga (ijobiy, passiv yoki salbiy) bog'liq bo'ladi.
Faoliyatni amalga oshirish jarayonida uning maqsadiga erishish uchun o'quvchilarning o'zaro muomalaga kirishishlarini nazarda tutuvchi faoliyat shakllari jamoa shakllari deyiladi. Bu muomala jarayonida o'quvchilar o'rtasida jamoa aloqalari vujudga keladi. Bu shakllar obyektiv jihatdan o'zida muomala uchun muayyan shart-sharoitlarga ega bo'ladi. Ular o'quvchilarga ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun vazifalarni o'zaro taqsimlab chiqish imkonini beradi, qatnashchilar o'rtasida aloqa ta’sirining paydo bo'lishiga olib keladi.
Misol tariqasida o'quvchilaming bilish faoliyatini tashkil etishning jamoa shakllaridan biri – bilimlarning ijtimoiy ko'rigini qarab chiqamiz. U biror fan bo'yicha o'tkaziladi. Unda ikkita parallel sinf yoki bir sinfdan ikkita guruh ishtirok etishi mumkin. Ko'rikning dasturi ishlarning har xil turlaridan (yozma, og'zaki, grafik, masalalar yechish, topshiriqlarni bajarish va shu kabilar) tashkil topadi, ularni bajarish umuman olganda 40-60 daqiqadan oshmaydi. Ko'rik oxirida hay’at a’zolari har bir qatnashchiga va umuman guruhdagi o'rtacha bahoni e’lon qiladi. Bu o'rinda bilish faoliyati bilan bog'liq bo'lgan muomala ko'rikka hozirlik ko'rish vaqtidayoq boshlanadi va uni o'tkazish jarayonida juda samarali davom etadi. Bunga sabab shuki, ko'rikka doir dastlabki topshiriqlar jamoadan tayyorgarlik rejasini muhokama etishni, vazifalarni taqsimlashni yoki guruh bo'lib ishlashni talab qiladi. Ko'rik jarayonida muomala uning hamma qatnashchilari o'rtasida sodir bo'ladi, chunki ulardan har biri muayyan vazifaga ega bo'lib, o'z harakatlarini boshqa qatnashchilar bilan muvoflqlashtirgandagina vazifani muvaffaqiyatli bajarishi mumkin.
Guruhiy ish jarayonida o'quvchilarning muomalasi juda samarali bo'ladi. Bunga sabab shuki, birinchidan, guruh muayyan topshiriq oladi, ya'ni o'ziga xos yo‘l-yo‘riq oladi. U guruh a’zolari uchun maqbul bo'lgan maqsadlarni ma’lum qiladi, lekin bungacha bu maqsadlarni uning o'zi ilgari surmagan bo'ladi. Yo‘l-yo‘riq muammo, masala, topishmoqni o'z ichiga oladi. Bu hoi jamoa a’zolarida taxminiy-tadqiqotchilik javobini va ish maqsadiga intilishni vujudga keltiradi. Jamoadagi muomala munozara tusiga ega bo'ladi, bu hol qatnashchilardan ilgari surilgan qoidalarni isbotlashni talab qiladi, jamoaga muammoni to'g'ri hal etishga intilishga, tezda javob qilish, bir-birini tuzatish va to‘ldirish imkonini beradi.
Jamoa yetarli darajada obro‘ qozongan, jamoatchilik yo'nalishiga ega bo'lgan guruhga muayyan bir tadbirni tayyorlash va o'tkazishga boshchilik qilishni topshirsa bo'ladi. Qandaydir o'ziga xos qiziqishlari bor guruhga butun jamoa uchun bu qiziqishlarga mos keladigan ishning tashabbuskori va tashkilotchisi bo‘lish taklif etiladi va hokazo.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin