36-§. MO‘G‘ULLAR DAVLATI Ijtimoiy tuzum. Mo‘g‘ul qabilalari qadimdan Janubiy
Sibir, Manchjuriya va Mo‘g‘uliston
hududlarida yashab kelgan. Ularning
ko‘pchiligi ko‘ch
manchi chorvachilik
bilan shug‘ul
langan, o‘r
monda yasha-
gan ayrim urug‘lar ovchi
lik va ba-
liqchilik bilan kun ke
chirgan.
Mo‘g‘ullar hayotida qadimgi
udum
lar, diniy tasavvurla
rida esa
ajdodlar ruhiga sig‘inish, sho
monlik
e’ti
qodlari yaxshi saqlanib qolgan.
Lekin XII asrning ikkinchi yar-
midan boshlab mo‘
g‘ullar ijtimoiy
munosabatla
rida yangi xususiyat –
mulkiy taba
qalanish kuchaya boshlaydi. Urug‘chilik ja-
moalari alohida ko‘ch
manchi xo‘jalik –
ayl larga bo‘linib,
har bir ayl endilikda o‘z xo‘jaligi – chorvalarining egasi-
ga aylanadi. Urug‘-qabilalarda boy xonadonlar, bo‘lajak
mo‘g‘ul zo
dagonlari shakllana boradi. Aksari urug‘ bosh-
liqlari no‘yonlar o‘z urug‘doshlaridan navkarlar olib harbiy
bo‘linmalar tu
zadilar. Mulkiy tabaqalanish sharoitida ha-
yotning o‘zi ularni harbiy qabila ittifoqlariga birlashishga
maj
bur qiladi; ularni
xonlar boshqaradi. Kuchli qabila
ittifoq
lari o‘zlariga tobe etilgan qo‘shnilardan boj-to‘
lovlar
olib turishadi.
Shomonlik –
yovuz va ezgu ruhlarga, ularning in-
son hayotiga ta’sir ko‘rsatishiga ishonish shomonlik-
ning asosini tashkil etadi.
105-rasm. Mo‘g‘ullar
hayotidan
126
V BOB. OSIYO, AMERIKA VA AFRIKA XALQLARI Bu qabila ittifoqlari o‘z yig‘inlari, qurultoylarida eng
muhim: urush, sulh, ittifoq tuzish, xonni saylash kabi
ma
salalarni hal etardilar.