7
O‘qituvchi tomonidan olimlarga tegishli fikrlar o‘qib boriladi. O’quvchilar esa
fikrlar qaysi mutafakkirga tegishli ekanligini topib ildirishadi. G‘olib
guruh
piramidaga to‘g‘ri solingan kartochkalar orqali aniqlanadi.
Ushbu metod o‘quvchilar o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan mavzular yoki yirik mavzular
doirasida o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun qulay metod sanaladi. Bu metodda
shaxslar o‘rniga atamalar yoki davlatlarni ham qo‘yish mumkin.
Afzalligi:
Mavzuni guruhlar aro yoki yakka tartibda mustahkamlash jarayonida
qo‘llanilsa aniq bir maqsadga erishiladi. Bu metodda o‘quvchilar mavzuni o‘qib
kelishlari talab etilsa, o‘qituvchidan mavzu doirasida kerakli va aniq ma’lumotlar
berilishi ko‘zda
tutiladi
Kamchiliklari:
O‘qituvchi tomonidan ma’lumot beriladigan bo‘lsa ortiqcha
vaqt
talab etilishi mumkin, o‘quvchilar tomonidan mavzu o‘qib kelinmasa
belgilangan maqsadga erishib bo‘linmaydi. O‘qituvchi mavzuga doir ma’lumotlar
berishda keragidan ko‘p ma’lumotlarni sodda tilda tushuntirishi va vaqt taqsimotiga
rioya etilishi kerak.
“
DOMINO
” o’yini metodi
Bu metodda o‘quvchilarga mavzu yuzasidan beriladigan savollar va ularning
javoblari aralashtirilib beriladi. O’quvchilar mavzu yuzasidan
berilgan har qaysi
savolning to‘g‘ri javobini topib, ketma ketligini to‘g‘ri joylashtirishlari kerak. Bu
metod o‘quvchilardan ziyraklikni, bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda ,
o‘z fikrini himoya qilishga o‘rgatadi.
Domino metodiga misol tariqasida 7-sinf O‘zbekiston
tarixi darsligidan
Movarounnahr va Xorazmning madaniy hayoti mavzusi misolida ko’rib chiqamiz.
Bunda o‘qituvchidan tarqatma materallar ya’ni tarqatma kartochka savollari va
Dostları ilə paylaş: