Tarixdan hikoyalar umumiy o‘rta ta ’lim maktablarining


səhifə39/140
tarix07.01.2024
ölçüsü
#202531
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   140
5-Sinf Tarixdan hikoyalar darsligi [uzsmart.uz]

Semiramida osma bog‘lari. 
Qadimgi Yuno- 
niston tarixchisi G erodotning yozishicha,
Semiramida osma bog‘larini qadimgi Ossuriya 
podshohi — malika Semiramida (asli ismi 
Shammuramat) mil.avv. VIII asrda barpo 
ettirgan.1 Bog‘ supaga o‘xshash qilib qurilgan
supalarni ustunlar ko‘tarib turgan. Supalar ustiga 
tuproqlar tashlanib, unga rang-barang gullar, 
har xil ko‘chatlar o‘tqazilgan. Har bir qavatdagi 
bog‘ga zinapoyalar orqali chiqilgan. H ar kuni 
ko‘plab qullar tepaga suv tashishgan. Bog‘dagi 
so‘lim daraxtlar soyasi, tepadan pastga jilvirab 
oqayotgan suv salqini haqiqiy m o ‘jizaning 
o ‘zi b o ‘lgan. K eyinchalik bu bog‘ni Bobil

P. Zohidov.
«Semiramida — Shammuramat izidan». «Tafakkur» jurnali. 2-son. 
- Т.: 2011. 64—69-betlar.
Semiramida osma
bog‘lari.
Misr ehromlari.
51


podshosi Navuxodonosor II vayron qilib 
tashlagan.
Olimp xudosi Zevs haykali. 
Afsonalarga 
ko‘ra, yunon xudolari Olimp tog‘ida yasha- 
ganlar. Zevs xudolarning oliysi va odam- 
zotning «otasi» hisoblangan. Uning nomi 
«yorug‘ osmon» degan m a’noni anglatgan. 
Qudratli Zevs sharafiga yunonlar 4 yilda 
bir marta mashhur sport musobaqalari — 
Olimpiya o ‘yinlarini o‘tkazganlar.
Yunonlar Zevsga atab ibodatxona va 
haykal bunyod etganlar. Xudolar podsho­
si Zevs taxtda o ‘tirgan holda tasvirlan­
gan. 0 ‘ng qo‘lida — m a’buda Nikaning 
haykali, chap qo‘lida — muqaddas bur- 
gut o ‘rnatilgan podsholik hassasi, oltin 
libosga burkangan, tanasi fll suyagidan 
taroshlangan, ko‘zlari qimmatbaho tosh- 
lardan yasalgan Zevs haykalining baland- 
ligi 12 m etr edi. Haykal shu darajada 
mahorat bilan ishlanganki, uni tomosha 
qilgan kishining tashvishlari, g‘am-g‘ussalari 
tarqalib ketgan.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin