Tarixdan hikoyalar umumiy o‘rta ta ’lim maktablarining


səhifə47/140
tarix07.01.2024
ölçüsü
#202531
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   140
5-Sinf Tarixdan hikoyalar darsligi [uzsmart.uz]

« Buyuk Ipak yo‘li
Boshqa savdo
yo‘llari
Buyuk Ipak yo‘li.
Biri Eron orqali 0 ‘rtayer dengizigacha, ikkinchisi Shimoliy Kavkaz 
orqali Qora dengizgacha yetib borgan.
Ikkinchi yo‘nalish Xitoydan boshlanib, Pomir — Tyan-Shan tog‘ 
tizmalaridan o ‘tib, Afg‘onistonga, undan Hindistonga olib chiqqan.
Yodda tuting!
«Buyuk» so‘zi yo‘lning juda uzun bo ‘lganligini hamda juda ko‘p 
xalqlar taqdiriga aloqador bo‘lganligini anglatadi, «ipak» so‘zi esa yo‘lning, 
asosan, ipak savdosiga xizmat qilganligini bildiradi.
Ipak mahsulotlari Yevropa xalqlarini juda maftun etgan. U zamon- 
larda Yevropa ipak nimaligini bilmagan. Bizning bobolarimiz va 
xitoyliklar ipakdan ajoyib matolar to ‘qiganlar. Bu matolar yevropalik- 
larni lol qoldirgan. Ba’zi yozma manbalarda yozilishicha, hatto bir 
vaqtlar ipak mato o‘rami pul o‘mida ham ishlatilgan. Buyuk Ipak yo‘li
62


Buyuk Ipak yo‘lidagi bozor.
qaysi davlat hududidan o ‘tgan bo ‘lsa, shu davlat hukmdorlari yo‘l 
yoqasida bekatlar, karvonsaroylar qurdirganlar. Yo‘lning xavfsiz bo‘lishi 
choralarini ko‘rganlar.
Chunki, bu yo‘l tufayli shu davlatning ham savdo-sotiq ishlari 
rivojlangan. Qolaversa, savdo karvonlarining egalari boj ham to‘lagan lar. 
Bu esa davlat xazinasiga katta daromad keltirgan. Buyuk Ipak yo‘li 
yurtimiz tarixida ham katta iz qoldirdi. Buyuk Ipak yo‘li dunyo 
xalqlariga o ‘n yetti asr davomida xizmat qildi.
Qadimgi dengiz savdo y o ‘li. 
Qadim gi davrlarda dengiz savdo 
yo‘llari ham mavjud bo‘lgan. Shulardan biri 0 ‘rtayer dengizining 
sharqiy sohilida yashagan qadim gi finikiyaliklar ochgan dengiz 
savdo yo‘li edi.
Finikiyaliklar o ‘z davrining jasoratli dengizchilari b o ‘lganlar. 
Finikiyaliklar birinchi b o ‘lib 0 ‘rtayer dengiziga yo‘l ochganlar. 
U lar shimolda, G ibraltar b o ‘g‘ozi orqali Britaniya orollarigacha, 
Qizil dengiz orqali H ind okeaniga suzib borganlar. Finikiyaliklar 
o ‘sha davr u ch u n m ustahkam savdo kem alari yasaganlar. U lar 
yelkanlar yordam ida yurgan va k o ‘p yuklarni tashiy olgan. F i­
nikiyaliklar kechalari yo‘ldan adashib ketmaslik uchun yulduzlarga 
qarab suzishni bilganlar.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin