18-§. SAVDO YO‘LLARI Qadimgi karvon savdo yo‘llari. Savdo-sotiq ishlari barcha
davrlarda kishilar hayotida m uhim ahamiyatga ega b o ‘lgan.
Savdo-sotiq davlat iqtisodiy taraqqiyotiga ham katta ta ’sir
ko‘rsatgan. Shu tufayli ham turli mamlakatlar o‘zaro foydali savdodan
juda manfaatdor bo‘lganlar.
Bu esa qadimda ham muhim savdo yo‘llari ochilishiga olib keldi.
0 ‘z hududidan savdo karvonlari o‘tadigan mamlakatlar yo‘l atroflariga
savdogarlar uchun barcha zarur qulayliklarni yaratib berganlar.
0 ‘zlarining va mollarining xavfsizligini ta ’minlash choralarini
ko‘rganlar.
Qadimgi karvon savdo yo‘llaridan biri «La’l yo‘li» deb atalgan. Bu
yo‘l miloddan avvalgi 3—2-ming yilliklarda ochilgan.
Yodda tuting! Yo‘lning «La’l yo‘li» deb atalishiga bu yo'ldan qimmatbaho la’l toshining
tashilishi sabab b o ‘lgan. U lojuvard deb ham ataladi.
«La’l yo‘li» Pomir tog‘idan boshlanib, Eron, Mesopotamiya va
Misr orqali o‘tgan. La’l toshlaridan yasalgan buyumlar hatto Misr
fir’avnlari maqbaralari (ehromlari)dan ham topilgan.
Qadimgi m ashhur savdo yo‘llaridan yana biri «Shoh yo‘li» deb
ataladi. Unga Eron shohi Doro I asos soldi. U ni Eron shohlari
nazorat qilishgan. «Shoh yo‘li» ikki yo‘nalishli b o ‘lib, birinchisi
0 ‘rtayer dengizi b o ‘yidagi turli shaharlarni Eron bilan bog‘lagan
b o ‘lsa, ikkinchisi Eron va Baqtriya orqali o ‘tib Oltoy va Hindis-
tongacha borgan.
Buyuk Ipak yo‘li. Uzunligi 12000 km b o ‘lgan Buyuk Ipak yo‘li
miloddan avvalgi II asrda ochildi. Bu yo‘l faqat savdo yo‘li emas edi.
U, ayni paytda, dunyo xalqlari o‘rtasida madaniy ham da davlatla-
raro aloqalar yo‘li sifatida ham xizmat qildi. Yo‘l Xitoyning Xuanxe
daryosi bo‘yida joylashgan Sian shahridan boshlanib, ikki yo‘nalishli
bo‘lgan.
Birinchi yo‘nalish — Xitoydan Samarqandgacha bo‘lgan yo‘nalish
edi. Samarqandda yo‘l yana ikkiga bo‘lingan.
61