Atama mazmunini bilib oling
Finikiya
— Hozirgi Livan va Suriya davlatlari hududining bir qismida
mavjud bo ‘lgan qadimgi davlat.1
Savol va topshiriqlar
1. Nega qadimgi davrlarda ham savdo yo ‘llari ochilgan ?
2. « L a ’l y o ‘li» va «Shoh y o ‘li» haqida nimalarni bilib oldingiz?
3. Buyuk Ipak yo ‘lining ochilishi va uning dunyo xalqlari hayotida
tutgan о ‘rni haqida so ‘zlab bering.
4.
Qadimgi fin ik iyalik la r ochgan dengiz savdo yo ‘llari haqida nimalarni
bilib oldingiz?
MUSTAQIL TOPSHIRIQ
0 ‘zbekistonning bugungi kunda Xitoy davlati bilan
olib borayotgan tashqi
savdosida qanday yo‘llardan foydalanayotganligini aniqlab keling.
19-§. YANGI DENGIZ SAVDO YO‘LLARINING
OCHILISHI
Dengiz savdo yo‘llariga ehtiyojning o ‘sishi.
Milodning XV asri
oxiri va XVI asr boshlarida Yevropa qit’asi davlatlarida yangi
dengiz savdo yo‘llariga ehtiyoj yanada kuchaydi. Bunga nimalar
sabab bo‘ldi?
Birinchidan, XV asr oxiri — XVI asr boshlarida Yevropada tovar
ishlab chiqarish yuqori sur’atlarda o ‘sa boshladi.
Bu esa turli
xomashyolarga bo ‘lgan talabni oshirib yubordi. Biroq, Yevropa
qit’asining o‘zida xomashyo kamligi tufayli ushbu talabni qondira
olmadi.
Bundan
tashqari, Yevropada savdo -sotiqning rivojlanishi pulga
bo‘lgan ehtiyojni ham oshirib yubordi. Ko‘p miqdorda pul zarb etish
uchun ko‘plab oltin va kumush kerak edi. Yevropada esa bunday nodir
metallar kam bo ‘lgan. Shu tufayli yevropaliklar ularni boshqa qit’a
mam lakatlaridan olib kelishni o‘ylay boshladilar.
U larning ongini
o‘zga o ‘lka xalqlarining oltin-kum ushlari va boshqa boyliklarini
egallash chulg‘ab oldi. Biroq, yevropaliklar Buyuk Ipak yo‘lidan va
0 ‘rtayer dengizi orqali o ‘tadigan dengiz savdo yo‘lidan foydalana
olmas edilar. Chunki, bu yo‘naming nazorati
yevropaliklaming asosiy
1 0 ‘zM E. - Т.: «УзМЭ». 2008. 9-jild. 252-bet.
64
raqibi Usmoniylar davlati (Turkiya) qo‘lida edi. Binobarm, bu yoMlar
yevropaliklar uchun xatarli bo‘lib qoldi. Bunday sharoitda yangi dengiz
savdo yo‘llarini ochish zaruriyatga aylandi.
Bu davrda yevropaliklarda
yangi dengiz savdo yo‘llarini ochishga imkon beruvchi mustahkam
kemalar hamda o‘zlarini himoya qilishga imkon beruvchi zamonaviy
harbiy qurollar mavjud edi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: