Tarixdan hikoyalar umumiy o‘rta ta ’lim maktablarining


Sanoatda ishlab chiqarish texnika-


səhifə51/140
tarix07.01.2024
ölçüsü
#202531
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   140
5-Sinf Tarixdan hikoyalar darsligi [uzsmart.uz]

Sanoatda ishlab chiqarish texnika-
sining paydo bo‘lish sabablari. 
Sanoat 
xo‘jalikning texnika yordamida xom- 
ashyodan tayyor mahsulot ishlab chi- 
qaradigan sohasidir. Sanoatda ishlab 
chiqarish texnikasining qo‘llanishi 
XVIII asrga kelib dastlab Angliyada 
yuz berdi. Bunga qanday omillar 
sabab bo ‘ldi? Bu davrda Angliyada 
ishlab chiqarish tez suratlar bilan 
rivojlandi. U yirik harbiy dengiz va 
savdo flotiga ega edi. Bu hoi unga chet ellarga katta miqdorlarda 
tovarlar chiqarib sotish imkonini berdi. Angliya sarmoyadorlari chet 
ellarga yanada ko‘proq, birinchi navbatda eng xaridorgir to ‘qimachilik 
sanoat mahsulotlarini olib chiqib sotish va undan katta boylik orttirishga 
intildilar. Ayni paytda, Angliya o‘zi bosib olgan olkalar hisobiga ulkan 
xomashyo manbalariga ham ega bo‘lib oldi. Buning natijasida Angliya 
sarmoyadorlarining boyliklari tobora ortib bordi. Bora-bora ularning 
qo‘lida ko‘plab ist’emol tovarlari ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan 
fabrikalar qurish va ularda ilg‘or texnika yutuqlaridan foydalanish 
imkonini beradigan darajada pul mablag‘i to ‘plandi. Shu tariqa, 
Angliyada ishlab chiqarish texnikalari (mashinalar) ixtiro qilish davr 
talabiga aylandi.
Buyuk ixtirolarning boshlanishi. 
Angliyada ishlab chiqarish tex- 
nikasidagi ixtirolar dastlab to ‘qimachilik sohasida boshlandi. Bunga 
sifatli matolarga talabning tobora ortib borishi sabab bo‘ldi. Bu talab­
ni faqat ishlab chiqarish texnikasi (mashinalar) yordamidagina qon- 
dirish m um kin edi. Dastlabki ixtiro XVIII asrda amalga oshirildi. 
Chunonchi, 1733-yilda mexanik va to ‘quvchi Jon Key to ‘quv dastgo-
«Jenni» mexanik ip yigirish
mashinasi.
68


hini ixtiro qildi. Bu ixtirogacha to ‘quvchi o ‘rmakni g‘altak iplari 
orasidan o‘zi o‘tkazib turishga majbur bolayotgan edi. Ixtirodan so‘ng 
esa to‘quvchi bu ishni oyoq qurilmasini bosib turish orqali bajaradigan 
b o ‘ldi. Shu tariqa, Jon Keyning ixtirosi m ehnat unumdorligini ikki 
marta oshirishga imkon berdi. Bu davrda Angliyada yigirilgan ipga 
ham talab oshib bordi. Bu esa, o‘z navbatida, Jeyms Xargrivs tomoni­
dan bir vaqtning o‘zida 15—18 yigirgich ishlaydigan mexanik urchuq 
ixtiro qilinishiga olib keldi. U o ‘z ixtirosini qizining nomi bilan 
«Jenni» deb atadi. Endi fabrika egalari uchun yigirilgan iplardan 
mato to‘quvchi texnika ham kerak edi. Bu muammoni Edmund Kart- 
rayt hal etdi. U mexanik to ‘quv texnikasini ixtiro qildi. Bu texnika 
to ‘quvchining m ehnat unumdorligini 40 baravar oshirdi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin