2.2. O`zbek va nemis tillarida ritorik so’roq gaplar. Bu gapning kesimiga -mi elementini qo‘shsak, unda so‘roqning Dastlabki to‘rt so‘zdan biriga tushishi uchun, odatda, elementlarning tartibini o‘zgartirish lozim bo‘ladi (bu haqda “gap bo‘laklarining tartibi” bahsida so‘zlanadi). So‘roqning intonatsiya yordami bilan ifodalanishiga ko‘pincha so‘roq yuklamasi bilan tuzilgan so‘roq gapning boshqa yo‘l bilan (ayrim ottenka bilan) berilishini ko‘rsatadi. Mustaqil so‘roq so‘zlarning ma’nosini, odatda, yolg‘iz intonatsiya bilan ifodalab bo‘lmaydi: so‘roq olmoshi shunga mazmuni mos keladigan so‘zni— javobni talab qiladi:— kim keldi? Student.— Qayoqqa ketdi?—Institutga. Lekin bormadingiz? Tipidagi so‘roq gaplarda intonatsiyaning roli ayrimdir (ottenka boshqacha). Grammatik vositalar ishlatilmay, intonatsiyaning o‘zi bilan tuzilgan so‘roq gapni har vaqt -mi elementi yordami bilan tuzilgan so‘roq gapga almashtirib bo‘lmaydi: so‘roq gapning ba’zi turlarida -mi elementini qo‘llab bo‘lmaydi. So‘roq intonatsiyaning o‘zi bilan bildiriladigan gaplarda:
1) ba’zan so‘roqni bildiradigan so‘z aytilmaydi, lekin gap intonatsiya yordami bilan so‘roq gap bo‘la beradi. Misollar:— otingiz? (otingiz nima?)—ahvolingiz? (ahvolingiz qalay?)—bola-chaqa? (bola-chaqa qalay?);
2) ba’zan kesimi buyruq mayli formasidagi fe’l bilan ifodalangan buyruq gap (bunday gapning ham mazmun ottenkalari ko‘p) intonatsiya yordami bilan so‘roq gapga o‘tadi. Masalan: ...yo‘l bo‘lsin? Aniqki, bu o‘rinda so‘roq intonatsiyasi -mi yuklamasining funksiyasini bajarmaydi. So‘roq gaplarda logik urg‘uli bo‘lak ba’zan ega-kesim tartibining o‘zgarishini talab qiladi. Chog‘ishtiring:— bu nima?— nima bu? Demak, so‘roqning turli ottenkalarini ifodalashda so‘z tartibining ham roli bor, logik urg‘u tartib bilan ham bog‘liqdir.
So‘roq gapning intonatsiyasi darak gapnikiga nisbatan yuqori bo‘ladi. Gapdagi eng so‘nggi elementning keyingi bo‘g‘ini darak gapda tushuvchi ohang bilan aytilsa, so‘roq gapda ko‘tariluvchi ohang bilan aytiladi (u aytdi gapi so‘roq va darak gaplar tusiga kiritib aytilsa, bu holat ochiq ko‘rinadi). So‘roq gap maxsus so‘z — element orqali ifodalanganda, bu gapning ohangi darak gapning ohangiga bir oz yaqinlashadi (bunda ohang so‘roqni ifodalashda bosh rolni o‘ynamaydi). Lekin shunda ham gapning oxiridagi ohang darak gapdagidek, u bilan tenglasharli darajada past bo‘lmaydi.
So‘roqni bildiruvchi so‘z gapning oxirida bo‘lmagan vaqtda bu element boshqa so‘zlarga nisbatan kuchli aytilib, qolganlari bunga qaraganda past ohang bilan aytiladi (U shunday kitoblar olgan edi? Gapini aytib ko‘ring). Buyruq gaplar Buyruq gap tinglovchini biror narsaga — biror ishni bajarishga buyurish, qistash mazmunini, shu bilan bog‘langan boshqa ma’nolarni ham ifodalaydi. Bu mazmunning turli ko‘rinishlari bor (do‘q, qat’iy buyruq, iltimos, yalinish, nasihat, taqiqlash, ogohlantirish, ruxsat, chaqirish, taklif, tilak-istak va boshqalar). Shunga qarab, buyruq gap o‘z ichida har xil ko‘rinishlarga ega bo‘ladi:
1. Sof buyruqni bildiradi (Tez bor!).
2. Ba’zan shu ishni bajarishga undash, qistash ottenkasiga ham ega bo‘ladi (tezroq olsang-chi!).
3. Ba’zan bu mazmun iltimos yo‘li bilan beriladi (menga so‘z bering).
4. Buyruq maslahat tariqasida bo‘lishi mumkin (yaxshisi, bugun kutubxonaga bor).
5. Bunday gap so‘zlovchining istagini, tilak-maqsadini anglatishi mumkin: yashasin dunyoda doim ishchi-dehqon birligi! Bugun bir muzeyga boray.
6. Ba’zan chaqirish-undash ottenkasi bilan bog‘lanadi (fan cho‘qqilari tomon olg‘a!) va b. Bu turlar so‘zlashuv nutqida intonatsion jihatidan bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. Intonatsiya o‘sha gaplarning ichki turini, har xil ottenkalarini ko‘rsatishda katta ahamiyatga ega: har bir ko‘rinishning, ottenkaning o‘ziga xos intonatsiyasi bor. Buyruq gapning grammatik, intonatsion xususiyatlari:
1. Gapning bu turi buyruq intonatsiyasiga ega bo‘ladi. Bu intonatsiya darak gapnikiga nisbatan kuchli bo‘ladi. Keskin buyruq, do‘q bildiradigan gaplarda intonatsiya ayniqsa kuchli — yuqori bo‘ladi: buyruqni ifodalaydigan bo‘lak kuchli aytiladi. Buyruq gapning mazmunidagi har xillikka qarab, uning intonatsiyasi ham turlicha bo‘ladi. Misol uchun quyidagi gaplarning intonatsiyasini solishtiring: “Biqin zolim boylar! Maydonga chiq, ishchilar! Ishchilar, uyg‘on, uyg‘on! (H. H.) Suhbat aylaylik, kelinglar, jo‘ralar, o‘rtoqlar. (M.) Nomimni tilingga olma, e 18 olchoq! (G‘.G‘.) Paxta tersang, toza ter! Chanog‘ida qolmasin! (ashuladan.) O‘ltirishga bir hikoyat aylayin. O‘rtoq lenin ishin so‘zman boshlayin. (E J.) So‘zlab beray zaynab va omon sevgisidan yangi bir doston. (H.O.) Opa, shu hikoya kitobini menga bering. («erkatoylar orasida» ocherkidan.)” 6 Iltimos, yalinish, maslahat, ruxsat etish, istak-orzu kabi ma’nolar bilan bog‘langan buyruq gaplarning intonaqiyasi sof darak gapning ohangiga juda yaqin bo‘ladi. Demak, bunda intonatsiya mazmundagi turli ottenkalarni, har xilliklarni ko‘rsatish vositasi bo‘ladi: ber! (buyruq).— ber (iltimos, maslahat, yalinish). Bunday ottenkalarni ifodalashda ba’zan ayrim yuklamalar ham qatnashadi. Misollar: Dasturxonni menga ber-chi! Qani, menga musht ko‘tarib ko‘r-chi!
2. Bu tipdagi gapning kesimi, odatda, buyruq maylining ikkinchi shaxsi formasidagi fe’ldan bo‘ladi. Misollar: Ayting, nega meni onam tug‘madikan ilgari, million-million ko‘ngillilar, partizanlar singari. (G‘.G‘.) Fanlar o‘lkasidan oshing dovonlar. (O.) Qo‘lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot, yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot. (F. Y.) Kesim birinchi shaxsni ko‘rsatuvchi istak maylida bo‘lganda, istak-qat’iylik (birlikda), ishni bajarishga boshqalarni ham undash, iltimos (ko‘plikda) kabi ma’nolar ifodalanadi. Misollar: Men aytayin ko‘rganim ham bilganni. (E. J.) Kesim buyruq maylining uchinchi shaxs formasidagi fe’ldan bo‘lganda, ikkinchi shaxs orqali aytilgan buyruq yoki istak mazmuni ifodalanadi. Misollar: U borsin! O‘rtoq komandir, men keksani quvontirdingiz, umringiz uzoq bo‘lsin. Partiyamiz, jonajon, doimo bo‘lsin omon! (M. B.)
3.Buyruq maylining uchinchi shaxs (birlik) formasidagi fe’l kesim majhul nisbatda bo‘lganda, odatda, umumiy buyruq mazmuni kelib chiqadi (chog‘ishtiring: borsin, kelsin kabi xollarda ikkinchi shaxs orqali uchinchi shaxsga qaratilgan buyruq ma’nosi kelib chiqadi. Ba’zan bu ham ikkinchi. shaxs uchun qo‘llanadi). Misollar: zalda chekilmasin! Tartib saqlansin! Bu forma ayrim stilistik talab bilan ikkinchi shaxsga qaratilishi ham mumkin. Misol: Sobirjon, nega qarab turibsiz? Muzikani boshlash haqida komanda berilsin.
4.Bunday gaplarning kesimi ba’zan shart mayli formasida bo‘ladi. Misollar: Shu kunlarda bir yomg‘ir yog‘sa (yog‘sa edi). Majlis ertaga qoldirilsa (qoldirilsa, edi). Bu tipdagi gap, odatda, istak, iltimos ma’nolarini anglatadi va darak gapga yaqin intonatsiyaga ega bo‘ladi. Bu tip shartli ravishda buyruq gapga kiritiladi.
5.Aniqlik maylidagi yaqin o‘tgan zamon fe’li ba’zan intonatsiya yordami bilan buyruq gap hosil qilishi mumkin. Misollar: Qani, ketdik! Qani, ishga tushdik!
6.Buyruq gapning kesimi ko‘pincha buyruq maylidagi fe’ldan bo‘ladi, shunga ko‘ra bu gap undov intonatsiyasi bilan bog‘langan bo‘ladi. Anglashiladiki, buyruq gaplarning kesimi vazifasidagi fe’l buyruq mayli formasida bo‘lganidek, boshqa maylda ham kela oladi.
7. Buyruq gap ko‘pincha undalmali va undovli bo‘ladi. Masalan: Hoy, tezroq yuringlar! Kolxozchilar, g‘alabangiz muborak! Kel, shu kampirning so‘zini ham eshitaylik. Bu gapdagi kel so‘zi undovga ko‘chgan fe’ldir.
8.Boshqa vositalar bo‘lmaganda, buyruq gap intonaqiya yordami bilangina tuziladi. Bunday vaqtda intonatsiya orqali shu gap ikkinchi shaxsga nisbatan buyruq ma’nosini ifodalaydi.
Misollar: Qo‘ng‘iroqni chalish kerak! (qo‘ng‘iroqni chaling!) Maktabga! (maktabga yig‘ilingiz!) Olg‘a! (olg‘a bosingiz!) Bolg‘a! (bolg‘ani bering!) Qattiqroq! Qattiqroq! (qattiqroq gapiring!) Ko‘rinadiki, buyruq gapning bu turlari to‘liqsiz gap bilan ham bog‘lanadi. Bu gaplar kuchli ohang bilan aytiladi. Xulosa o‘rinida shuni aytish mumkinki, ritorik so‘roqda javob gapning o‘zidan anglashilib turadi, so‘zlovchining o‘zi javob beradi. Masalan: Shunday go‘zal vatan bormi jahonda?! E, uka, inson qila olmaydigan ish bor ekanmi?! Ritorik so‘roq gaplarda javob talab qilmaydi. Bunda so‘roq yo‘li bilan tasdiq mazmuni beriladi (yashirin tasdiq). So‘roq gapning bu turi fikrni emotsional tusda, kuchli, ifodali, ta’sirli qilib beradi. Masalan: Bolani kim sevmaydi?! (“hamma sevadi”). Yashirin inkor mazmuniga ega bo‘lgan so‘roq-inkor gaplar ritorik so‘roq gapning bir ko‘rinishidir
Xulosa 1. Sof so‘roq gaplar (asl so‘roq gaplar). Bular javob talab qiladigan so‘roqni ifodalaydi. Masalan: Bugun qayerga borasan? Bunday so‘roq gaplar shubha, taajjub kabi ottenkalarga ham ega bo‘la oladi. Bunday ottenkani og‘zaki nutqda intonatsiya ko‘rsatadi.
2. Ritorik so‘roq gaplar. Bunday gaplar javob talab qilmaydi. Bunda so‘roq yo‘li bilan tasdiq mazmuni beriladi (yashirin tasdiq). So‘roq gapning bu turi fikrni emotsional tusda, kuchli, ifodali, ta’sirli qilib beradi. Masalan: Bolani kim sevmaydi?! (“hamma sevadi”). Yashirin inkor mazmuniga ega bo‘lgan so‘roq-inkor gaplar ritorik so‘roq gapning bir ko‘rinishidir. Masalan: Bolani sevmaydigan odam bormi? (“yo‘q”) ertalab gimnastika qilmay bo‘ladimi? (“bo‘lmaydi”) ritorik so‘roq gapda: a) yashirin javob, uning konkret mazmuni shu gapning o‘zidan bilinib turadi. (Bolani kim sevmaydi?!—“hamma sevadi”); b) ba’zan shu tasdiq eslatiladi, lekin uning konkret mazmuni yana bir gap keltirish bilan ochiladi. Masalan: Men senga nima degan edim?! “Majlisga kechikma!”— degan edim-ku!
2. Nemis tilidagi savollar maxsus bo'lishi mumkin, ya'ni gapning har qanday alohida a'zosiga qaratilgan. Bunda gapda birinchi o`rinni so`roq olmoshi, ergash gap yoki ergash gap bilan ifodalangan so`roq so`z, undan keyin ergash gap (qo`shma gapda, uning bog`langan qismi) egallaydi. Gapning qolgan a'zolari odatdagi bildiruvchi gapdagi kabi o'rinlarni egallaydi. Misol uchun: