Aholi turmush darajasini oshirishning asosiy yo‘nalishlari
_______________________________________________________________________________________ “O‘zbekiston statistika axborotnomasi”
ilmiy-elektron jurnal 2023/1(15) 95 statmirror.uz
inflyatsiya ko‘rsatkichlarining asosiy turlaridan biri – iste’mol narxlari
indeksidan (INI) foydalaniladi. Iste’mol narxlarining o‘zgarishi sababli o‘tgan
yilning mos davriga nisbatan aholi umumiy daromadlarining real
o‘sish sur’ati 109,7 % ni tashkil etdi.
Aholi pul daromadlarining asosiy manbaini 1980-1990-yillarda 80 foizini
ish haqi tashkil etib kelgan. Bozor munosabatlari sharoitida esa aholi pul
daromadlarini tadbirkorlikdan olingan daromadlar (qariyb 53,0 foizini), mehnat
haqi (38,6) va transfert daromadlari (14,7 foiz) tashkil etmoqda.
Bizning fikrimizcha, istiqbolda aholi pul daromadlarining oshirish va
ijtimoiy himoyalashni ta’minlovchi asosiy manbalar quyidagilardan iborat:
1. Aholining shaxsiy tomorqa uchastkalarini kengaytirish hisobiga oziq-
ovqat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish. Hech
kimga sir emas, bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida bozorlarni mo‘l-ko‘lligini
ta’minlab turgan va narx-navoni nisbatan past bo‘lishini ta’minlovchi manba
sifatida aholini shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari maydonga chiqmoqda. Bu esa
aholining umumiy daromadlarini, birinchi navbatda shaxsiy yordamchi
xo‘jaliklaridan olinadigan daromadlarini ko‘payishiga zamin yaratadi;
2. Byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalar hisobidan beriladigan
moddiy yordamlar orqali aholining kam ta’minlangan qatlami daromadlari
darajasini saqlab qolish;
3. Mehnat nafaqasi va oylik maoshlarini muntazam ravishda indeksastiya
qilish hisobiga aholining pul daromadi darajasini qo‘llab quvvatlash;
4. Ommaviy ishsizlikning oldini olish maqsadida norentabel ishlab
chiqarishda band bo‘lgan aholini ishdan bo‘shatishda extiyot bo‘lish siyosatini
qo‘llash;
O‘zbekistonda iqtisodiy islohatlarning 2-bosqichida ya’ni 1995-1999-
yillarda mamlakatdagi makroiqtisodiy vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgarishi yuz
berdi. Mustaqillikning beshinchi yilida ya’ni 1996-yilda birinchi marta (MDH
davlatlari ichida 2-o‘rinda) Armanistondan keyin (Armaniston 1994-yilda
1993- yilga nisbatan YaIM 104,3 foizga oshgan edi) YaIM xajmida yuksalish yuz
berib, YaIM joriy narxlarda 101,7 foizni tashkil etdi. 1997 yilga kelib, mamlakat
ijtimoiy hayotida ijobiy o‘zgarishlar berib, aholi jon boshiga YaIMni ishlab
chiqarish xajmi 3,3 foizga oshdi [4].
Bugungi kunda aholining kam ta’minlangan himoya qilinmagan qismiga
moddiy yordam berish ishlari maqsadli va yo‘naltirilgan tarzda shakllanib
bormoqda.
Mustaqillik yillarida respublikamizda aholi daromadlari xajmini tartibga
solish mexanizmi shakllandi. Uning asosiy elementlari quyidagilardan iborat:
1. Nafaqa va stipendiyalar minimal miqdorining hamda byudjet sohasidagi
ishchi-xizmatchilar oylik maoshlari miqdorining muntazam o‘sib borishi. Bunda
respublikada pensionerlar farovonligini ta’minlash maqsadida minimal mehnat