Aholi daromadlari darajasi bilan o‘lchanmaydigan shunday xizmatlar ham
borki, bugungi hayot tarzini ularsiz tasavvur qilish qiyin. Ijtimoiy xizmatlar:
ta’lim, sog‘liqni saqlash, suv, kommunal xizmat va issiqlik bilan ta’minlash
xizmati shunday xizmatlar sirasiga kiradi. Ta’kidlash kerakki, bu jabhada
muayyan yutuqlarga erishilmoqda, ammo ularning ba’zilarida yaxshilanish,
ayrimlarida yomonlashuv kuzatildi. Ba’zi mamlakatlarda ta’lim olish sifati
standartlari pasayishi sezilmoqda[9].
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Mamlakat aholisi turmush darajasini baholash va bu boradagi izlanishlar XX
asrning 20-yillarida boshlanib, bu borada V.I. Rutgayzer, V.N.Salin,, V.F. Mayer.,
N.I. Buzlyakov va boshqalar ilmiy izlanishlar olib borgan. Ularning ilmiy
izlanishlarida aholi turmush darajasi o‘z mamlakatlari aholisini turmush tarzi,
ishlab chiqaruvchi kuchlarining joylashuvi hamda rivojlanishini hisobga olib,
ilmiy tadqiq etilgan. Bularning barchasi aholi turmush darajasini o‘rganish
sohasida bo‘layotgan izlanish su’ratlariga, ko‘rsatkichlar tizimini ishlab
chiqishga ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi.
Aholi turmush darajasini baholash muammolarini mahalliy olimlardan
N.M.Soatov,
YO.Abdullaev,
Q.Abdurahmonov,
N.Zokirova,
M.G.Nazarov,
X.Abulqosimov, A.Vahobov, G.Saidova, S.G‘ulomov, B.G‘oyibnazarov, E.Akramov,
X.Muxitdinov, A.O‘lmasov, R.Xasanov, SH.SHodmonov, M.Xakimova, D.Rahimova,
va boshqalar o‘z asarlarida keng bayon etganlar.
V.I. Rutgayzer Aholining pul daromadlarini tahlil qilish o‘z-o‘zidan ularning
moddiy ne’matlar va xizmatlardan foydalanish darajasi, pul jamg‘armalari
ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro aloqasini nazarda tutadi va bularga qiladigan
xarajatlarini
ham
statistiq
o‘rganishni
talab
etadi.
Bu
tahlilni
mukammallashtirish vazifasi aholi yoki oilaning turli maqsadlari uchun qilgan
xarajatlarini asosli ravishda ilmiy o‘rganishni talab etadi[10].
V.N.Salin, “Aholi turmush darajasi”- bu aholining iste’molini qondirilishining
moddiy imkoniyatlarini xarakterlaydi. U o‘z ichiga ijtimoiy hayotni turli ijtimoiy
jihatlarini: mehnat sharoiti, aholi daromadlari va xarajatlari darajasi va
tuzilmasi, bo‘sh vaqtdan foydalanish, sog‘liqni saqlash, madaniyat, san’at va
boshqalarning rivojlanish darajasini o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy hayotni bu ijtimoiy
tomonlarini miqdoriy tavsiflash ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlar yordamida
amalga oshiriladi hamda aholi turmush darajasi va ijtimoiy rivojlanishini
statistik o‘rganish predmeti hisoblanadi” deb ta’riflaydi [11].
N.M.Soatov tahriri ostida chop etilgan “Statistika asoslari” darsligida
mualliflar “Aholi turmush darajasi – bu sotsial-iqtisodiy kategoriya bo‘lib, u
kishilarning moddiy va madaniy maishiy ehtiyoji qondirilishi hamda sotsial
turmush sharoitining yaxshilanib borishi kabi tushunchalarni o‘z ichiga oladi”
deb ta’rif berishgan. [12].