Tarmoqlar va sohalar



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/13
tarix17.05.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#115819
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Aholi turmush darajasini oshirishning asosiy yo‘nalishlari

_______________________________________________________________________________________
“O‘zbekiston statistika axborotnomasi” 
ilmiy-elektron jurnal 2023/1(15) 101 statmirror.uz 
Navoiy (27420,4 ming so‘m), Buxoro (21382,0 ming so‘m), Xorazm (19643,5 
ming so‘m) va Toshkent (18129,4 ming so‘m) viloyatlarida o‘rtacha respublika 
darajasidan yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilganligi kuzatildi. Aholi jon boshiga 
umumiy daromadlar hajmining eng quyi ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston 
Respublikasida (13253,4 ming so‘m), Farg‘ona (13607,9 ming so‘m) va 
Namangan (13880,7 ming so‘m) viloyatlarida qayd etildi 
(
1-rasm). 
1-rasm. Hududlar bo‘yicha aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmi, 
2022-yil bo‘yicha, ming so‘m [16] 
Quyidagi jadvalda 2022-yil holatiga ko‘ra aholi jon boshiga umumiy 
daromadlarning real o‘sishi 107,5 % ni tashkil etdi. Xuddishu ko‘rsatkich
2021-yilning yanvardekabr holatiga 110,7 % ni tashkil etgan. 
Aholining umumiy daromadlari hajmini sezilarli darajada o‘sishi asosan 
umumiy daromadlar tarkibida 61,6 % ulushga ega bo‘lgan mehnat faoliyatidan 
olingan daromadlar (yollanma ishchilarning daromadlari va mustaqil ravishda 
band bo‘lishdan olingan daromadlar) va 29,8 % ni tashkil etuvchi 
transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga 
kelgan (1-jadval).


TARMOQLAR VA SOHALAR 
_______________________________________________________________________________________
“O‘zbekiston statistika axborotnomasi” 
ilmiy-elektron jurnal 2023/1(15) 102 statmirror.uz
 
1-jadval 
Aholining umumiy daromadlari tarkibi [17] 
Daromad turlari 
2021-yil 
2022-yil 
Umumiy daromadlar –jami 
100,0 % 
100,0 % 
Mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 
65,0 %
65,0 %
Shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan 
xizmatlardan olingan daromadlar 
6,70 % 
6,3 % 
Mol-mulkdan olingan daromadlar 
2,1 % 
2,3 % 
Transfertlardan olingan daromadlar 
26,2 % 
29,8 % 
Aholining umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan 
daromadlar (yollanma ishchilar va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan 
daromadlar) sezilarli ulushni tashkil etdi. 
Mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning umumiy daromadlar 
tarkibidagi ulushi 2021-yil 65,0 %, 2022-yili esa 61,6 % ni tashkil etdi (2-rasm). 
2-rasm. Mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 
Mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning nominal o‘sish sur’ati 2021-
yili 123,4%, 2022-yili esa 115,% tashkil etdi. 2021-yilning mos davriga nisbatan 
115,9 % ni tashkil etdi hamda aholi umumiy daromadlari nominal hajmining 
10,3 % ga o‘sishini ta’minladi. 
Doimiy aholi soni – ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan vaqtda muayyan aholi punkti 
yoki hududda doimiy istiqomat qilayotgan aholidan iborat bo‘lib, bunga ushbu 
hududda doimiy ro‘yxatda turib, lekin vaqtincha yashamaydigan aholi ham 
kiritiladi.
Mehnat 
faoliyatidan 
olingan 
daromadlar 
Yollanma 
ishchilar 
daromadlari 
Mustaqil ravishda 
band bo‘lishdan 
olingan 
daromadlar


TARMOQLAR VA SOHALAR 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin