Aholi turmush darajasini oshirishning asosiy yo‘nalishlari
_______________________________________________________________________________________ “O‘zbekiston statistika axborotnomasi”
ilmiy-elektron jurnal 2023/1(15) 97 statmirror.uz
mablag‘larni boyroq jamiyatdan qambag‘alroq jamiyat foydasiga qayta
taqsimlash mexanizmi esa hali yo‘q. Ajratilishi mumkin bo‘lgan nafaqa to‘lovlari
hajmi yordamga muhtoj shaxslar soniga emas, balki har bir mahallaga ajratilgan
mablag‘lar umumiy hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Tizimning ushbu kamchiligi
maqsadli yordam ko‘rsatish bo‘yicha uning samaradorligini pasaytiradi.
Zaif aholini daromadlar bo‘yicha kam ta’minlanganlikdan himoya qilishga
ijtimoiy to‘lovlar samarasi, bunday to‘lovlar xarajatlari umumiy hajmiga,
maqsadli to‘lovlar mexanizmining samaradorligiga, to‘lovlar hajmi va qamroviga
bog‘liq bo‘ladi. Nafaqalar muntazam yaxshi moliyalashtiriladi, yaxshi hajmga va
qamrovga ega bo‘ladi. Biroq, ular o‘z maqsadli vazifasi bo‘yicha kam
ta’minlanganlarga yo‘naltirilmaydi. Ular kam ta’minlanganlikni yumshatish
rolini o‘ynaydi, biroq bu iqtisodiy samarali usul bo‘lmasligi mumkin. Boshqa
tomondan, moliyalashtirish, maqsadli yondashuv, kam ta’minlanganlikni
yumshatish uchun maxsus mo‘ljallangan moddiy yordam hajmi va qamrovini
yaxshilashi mumkin.
Ijtimoiy to‘lovlar tizimiga, shuningdek, ishsizlik bo‘yicha to‘lovlar ham
kiradi, ular ham, nafaqalar kabi kam ta’minlanganlikni kamaytirish imkoniyatiga
ega emas, biroq mehnatga layoqatli aholini ishini yo‘qotish bilan bogliq
daromadlarning qisqarishidan himoyalash maqsadida, xavfni boshqarish shakli
hisoblanadi. O‘zbekistonda mehnat bozoridagi mazkur vaziyatda ularning roli
etarli emas. Aslida, yuqorida aytib o‘tilganidek, turmush darajasi muammosi
ishsizlikdan emas, balki qisman ishsizlikdan (yoki noto‘liq bandlik) iborat[7].
Agar iqtisodiy qayta tarkibiy o‘zgartirishlar bilan birga xususiy sektorda ish
o‘rinlari sonining o‘sishi ham ro‘y berganida, ushbu moddiy yordam yanada
muhimroq rol o‘ynashi mumkin edi. Ushbu vaziyatda moddiy yordam, ish topish
davrida kafolat tayanchi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Biroq, har tomonlama
dinamik o‘sish bo‘lmagani kabi, ishsizlik bo‘yicha moddiy yordamlarning roli
ham minimal bo‘lib qolaveradi. Amalda, bandlik fondi moddiy yordam
ko‘rsatishdan faol chora-tadbirlarni moliyalashtirish, jumladan, ish o‘rinlarini
yaratish, tayyorlash va qayta tayyorlash, ish izlash va jamoat ishlarini tashkil
qilish uchun ham foydalaniladi. Byudjetning katta qismi ish o‘rinlarini yaratishga
(deyarli yarmi) past foizlarda kredit berish orqali sarflanadi. Biroq ishsizlar
uchun uzoq, muddatli va samarali bandlikni taklif etishda, ushbu chora-tadbirlar
samaradorligini qo‘shimcha baholash talab qilinadi[8].
Xorijiy mamlakatlarning aholining turmush darajasini statistik tahlil
qilishdan asosiy maqsad ulardagi turmush qiymatini, yashash minimumini
bilishga yo‘naltirilgan. Chunki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-
iqtisodiy islohatlar mamlakat aholisi uchun, uning turmush tarzini o‘zgartirishga
qaratilgan. Rivojlangan davlatlarda aholi turmush darajasini baholash - aholi
daromadlari, oziq-ovqat iste’moli, uy-joy shart-sharoitlari, ko‘rsatkichlarini tahlil
qilish orqali amalga oshiriladi.