davlatlari ichida 2-o‘rinda) Armanistondan keyin (Armaniston 1994 yilda 1993
yilga nisbatan YaIM 104,3 foizga oshgan edi) YaIM xajmida yuksalish yuz berib,
YaIM joriy narxlarda 101,7 foizni tashkil etdi. 1997 yilga kelib, mamlakat
ijtimoiy hayotida ijobiy o‘zgarishlar berib, aholi jon boshiga YaIMni ishlab
chiqarish xajmi 3,3 foizga oshdi.
Respublikamizda 1996-yildan buyon YaIM o‘sish xarakteriga ega
bo‘lmoqda.
Bugungi kunda aholining kam ta’minlangan himoya qilinmagan qismiga
moddiy yordam berish ishlari maqsadli va yo‘naltirilgan tarzda shakllanib
bormoqda.
Mustaqillik yillarida respublikamizda aholi daromadlari xajmini tartibga
solish mexanizmi shakllandi. Uning asosiy elementlari quyidagilardan iborat:
1. Nafaqa va stipendiyalar minimal miqdorining hamda byudjet sohasidagi
ishchi-xizmatchilar oylik maoshlari miqdorining muntazam o‘sib borishi. Bunda
respublikada pensionerlar farovonligini ta’minlash maqsadida minimal mehnat
nafaqasi miqdori minimal ish haqiga nisbatan tez oshirilmoqda. Agar 1990-yilda
minimal ish haqi va mehnat nafaqasi miqdori teng bo‘lsa, hozirgi kunda minimal
mehnat nafaqasi miqdori minimal ish haqi miqdoridan qariyb 2 barobar ortiq.
2. Kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarga yo‘naltirilgan ijtimoiy yordam
sifatida muntazam berib boriladigan nafaqa pullar:
- vaqtincha ishsiz qolgan shaxslarga ishsizlik nafaqasi sifatida moddiy
yordam
berish,
mutaxassislikka
tayyorlash
jarayonida
kasb
hunar
o‘rganuvchilarni stipendiyalar berib o‘qitish va ishsizlik nafaqasiga ishsizning
qaromog‘ida bo‘lgan va har bir jon uchun 10 foizdan qo‘shimcha mablag‘ qo‘shib
berish;
- daromadni o‘sib borishi darajasiga qarab jismoniy shaxslardan soliq olish
va xakozo (oylik darajasi bir minimal maosh miqdorida bo‘lgan shaxslardan
soliq olinmaydi).
Jahon iqtisodiyotiga globallashuv sharoitida aholi daromadlarini
indeksastiyalash muxim ahamiyatga egadir, chunki bu aholi daromadlarini
oshishiga yordam beradi.
Indeksastiya - bu fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha davlat
umumsiyosatining bir turi bo‘lib, aholining ayniqsa, qashshoq qatlamdagi
aholining (pensionerlar, nogironlar, ko‘p bolali oilalar, talabalar) pul
daromadlarini va ularni sotib olish qobilyatini saqlab qolishga qaratilgan.
Indeksastiyani amalga oshirishda iste’mol buyumlariga bo‘lgan baxo indeksi asos
qilib olinadi. Indeksastiyani amalga oshirishda eng kam iste’mol savati aniqlanadi.
“Iste’mol savati” insonga zarur bo‘lgan oziq-ovqat, sanoat mollari va
xizmatlarining tirikchilik uchun kifoya qiladigan xajmidir.
Quyidagi
rasmda
2022-yil
holatiga
ko`ra
aholi
jon
boshiga
umumiy daromadlar hajmida Toshkent shahrida (37518,0 ming so‘m) hamda