Tarmoqlar va sohalar



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/13
tarix17.05.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#115819
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Aholi turmush darajasini oshirishning asosiy yo‘nalishlari

_______________________________________________________________________________________
“O‘zbekiston statistika axborotnomasi” 
ilmiy-elektron jurnal 2023/1(15) 99 statmirror.uz 
YO.Abdullaev ta’kidlaganlaridek, Aholi daromadlari - bu oila a’zolari 
tomonidan muayyan davrda olingan pul va natural ko‘rinishdagi mablag‘lar 
qiymati yig‘indisini ifodalaydi. Har doim talabda-ehtiyojlar darajasi va tarkibi 
ortib, uning daromadlari miqdoriga bevosita bog‘liq ravishda ta’sir 
ko‘rsatadi[13]. 
Q.X.Abdurahmonov aholining turmush darajasiga quyidagicha ta’rif 
bergan: “Turmush darajasi deganda, aholining zaruriy moddiy va nomoddiy 
ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlanganlik darajasi, ularni iste’mol qilish 
darajasi tushuniladi” [14]. 
TADQIQOT METODOLOGIYASI 
Mazkur maqolada xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlarning aholi turmush 
darajasini statistik baholashga bag‘ishlangan ilmiy asarlari o‘rganilgan. Vazirlik 
va idoralarning aholi turmish darajasini ifodalovchi ma‘lumotlarining tahlilida 
statistik ma‘lumotlarni guruhlash, silishtirma tahlil, tanlanma kuzatuv 
usullaridan foydalanildi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida adabiyotlar qiyosiy 
tahlili, mantiqiy va tarkibiy tahlil qilish, statistik guruhlash, turli 
umumlashtiruvchi 
ko‘rsatkichlar 
va 
qiyosiy 
taqqoslash 
usullaridan 
foydalanilgan. 
TAHLIL VA NATIJALAR 
Bizning fikrimizcha, istiqbolda aholi pul daromadlarining oshirish va 
ijtimoiy himoyalashni ta’minlovchi asosiy manbalar quyidagilardan iborat: 
1. Aholining shaxsiy tomorqa uchastkalarini kengaytirish hisobiga oziq-
ovqat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish. Hech 
kimga sir emas, bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida bozorlarni mo‘l-ko‘lligini 
ta’minlab turgan va narx-navoni nisbatan past bo‘lishini ta’minlovchi manba 
sifatida aholini shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari maydonga chiqmoqda. Bu esa 
aholining umumiy daromadlarini, birinchi navbatda shaxsiy yordamchi 
xo‘jaliklaridan olinadigan daromadlarini ko‘payishiga zamin yaratadi; 
2. Byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalar hisobidan beriladigan 
moddiy yordamlar orqali aholining kam ta’minlangan qatlami daromadlari 
darajasini saqlab qolish; 
3. Mehnat nafaqasi va oylik maoshlarini muntazam ravishda indeksastiya 
qilish hisobiga aholining pul daromadi darajasini qo‘llab quvvatlash; 
4. Ommaviy ishsizlikning oldini olish maqsadida norentabel ishlab 
chiqarishda band bo‘lgan aholini ishdan bo‘shatishda extiyot bo‘lish siyosatini 
qo‘llash; 
O‘zbekistonda iqtisodiy islohatlarning 2-bosqichida ya’ni 1995-1999 
yillarda mamlakatdagi makroiqtisodiy vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgarishi yuz 
berdi. Mustaqillikning beshinchi yilida ya’ni 1996-yilda birinchi marta (MDH 


TARMOQLAR VA SOHALAR 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin