Tasavvuf va badiiy ijod


) tasavvuf – tajriba orqali his qilib, yashab, anglashiladigan xos ilmdir



Yüklə 169,43 Kb.
səhifə3/40
tarix24.12.2023
ölçüsü169,43 Kb.
#193661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Tasavvuf va badiiy ijod-fayllar.org

1) tasavvuf – tajriba orqali his qilib, yashab, anglashiladigan xos ilmdir;
2) tasavvuf amalda qo’llanadigan bir ilm bo’lgandan murshid yoki shayx (ustoz) xuzurida va uning tarbiyasi ostida o’rganiladi;
3) tasavvuf ilmining mavzusi ma’rifotullohdir;
4) tasavvuf – sirlarini o’rgangan murshid yoki shayx (ustoz) hazrati Payg’ambarimizga ulanib, uzilib qolmagan bir silsilaga sohib bo’lish kerakdir;
5) tasavvuf kitobiy bir ilm emas, ya’ni, biror kishi tasavvufga doir yozilgan kitoblarini o’qib, (pir va uning ko’rsatmasini bajarmasdan), shayx va sufiy bo’la olmaydi;
6) tasavvuf movaroi alq (aqldan ustun) bir ilmdir;
7) tasavvuf ko’z bilan ko’radigan bu shahodat va nosud (biz ko’rmaydigan) olamdan tashqari ham har zamon G’arb bahs etadi;
8) tasavvufga tariqat deb atalgan va Allohga etkazadigan o’ziga xos yo’llar kiradi.10
Ibn Arabiy Fahriddin Roziyning “Tavsira qabr”i munosabati bilan yozgan maktubida o’qib o’rganiladigan ilmdan tashqari, Allohdan keladigan ilm, ilhom, kashfu hollar borligini va bu ilm, asosan, tariqat yo’li bilan qo’lga kiritilishini ta’kidlaydi.11
Abdulvoriy Nadviy shunday fikr bildiradi: “Tasavvuf ruhni badaniy foneliklardan poklab, bezak va botiniy sifatlarida Janobiy Payg’ambarimizga ergashishni o’rgatuvchi ilmdir”12.


3-Mavzu: Tasavvufda murid va murshid munоsabati
Hayot hamma narsani oʼzgartiradi, oʼzgarib odamlar nazaridan oʼtib eskirganlarini tarixga aylantiradi. Barcha holat va hodislarni tarix toʼla pinhon qilolmaganidek, oxirigacha oshkor ham etolmaydi. Va nimalardir hamisha yashirin qoladi. Idrok va xotira esa aql va tafakkur yetib borolmaydigan sirlar bilan chuqur qiziqishdan toʼxtamaydi. Bu fikr, ayniqsa tasavvuf va ahli tariqat hayotiga koʼproq tegishlidir. Аytaylik, maʼnaviy komillik tariqiga odim tashlagan solik faqr holini yashab faqirlik sir-sanoatini kashf etgach, muhtasham bir “gʼurbat” va “gʼariblik”ka yuzlashadi. Gʼariblik sifat eʼtibori bilan uning ichki dunyosini oʼzgartirar ekan, ayni paytda uni tark va inzivoga ragʼbatlantiradi. Shunda u moddiy dunyoning qoʼpollik, yomonlik, chirkinliklaridan chetlashish bilan kifoyalanmasdan, hatto oʼzining bashariy xususiyatlaridan qutilishni oʼylay boshlaydi. Koʼpincha sayri sulukdan najot izlaydi hamda darvesh qiyofasida oxiri siyrat musaffoligi va ruhoniy yuksaklikka erishadi. Biroq xayoliy osoyish va forigʼlikni ilohiy ishqdan topadi. Oshiqlik shavqi, erk va farahi uni oriflik maqomiga koʼtaradi. Zohidmi, oshiqmi, gʼarib yoki miskinmi – endi unga nomning, maqomning ahamiyati qolmaydi. Ruhdagi ilohiy evrilish, chinakam maʼrufiy zavq solikni Аllohning eng sodiq, eng xoksor quli holiga yetkazadi. Аmmo shohlikdan ham oliy ubudiyat (qullik) darajasini qoʼlga kiritish oʼz-oʼzicha va osonlik bilan boʼlmaydi, albatta. Maʼlumki, murshidlik va muridlik tariqat tarbiyasi hamda taʼlim tizimida juda katta mavqega ega boʼlgan. Zohid – murid, oshiq – murid, miskin – murid, gʼarib – murid, faqir – murid… Bular zabardast pir yoki murshidning muhib va izdoshlari edi. Shu bois murshidlik va muridlik tajribasi tasavvufda bosh masala sifatida qaralib, pir va muridni soʼfiylik adabiyotining yetakchi obrazi oʼlaroq tadqiq qilish, birinchidan, tasavvuf tarixi, taʼlim-tarbiya jarayonini yorqin, yaxshi bilishga, ikkinchidan, tasavvuf va adabiyot, tariqat va madrasa munosabatlariga doir fikr-qarashlarni xato hamda chalkashliklardan forigʼ aylashga xizmat qiladi.

Mumtoz adabiyotimizning diniy-irfoniy “qatlam”ini tadqiq va talqin qilishda oʼzbek adabiyotshunosligida keyingi yillarda nisbatan dadil odimlar tashlandi. Muhimi, tasavvuf va soʼfiyona adabiyot mavzulari erkin oʼrganilib, siyosat va mafkura toʼsiqlari chetga surilganiga ishonch hosil boʼldi. Tasavvufshunoslik maylining yoshlarda kuchayib borishi yanada quvonarli. Isteʼdodli tadqiqotchi Zulayho Rahmonovaning “XII-XIV asrlar oʼzbek mumtoz adabiyotida murshid va murid obrazlari” deb nomlangan ilmiy ishi ushbu fikrning yorqin bir dalilidir.

Mavzu ilk bora eski adabiy, diniy, irfoniy manbalar asosida tekshirilib, unda xalq ogʼzaki ijodiyoti, mumtoz va irfoniy meros namunalari bir butunlikda tahlil va talqin qilingan. Ishq, Irfon va Irshod haqiqatlari oʼzaro uygʼunlikda yoritilib, kitobda ularning biri ikkinchisiga oʼxshamaydigan jihatlariga toʼxtalib oʼtilgani ham diqqatga loyiq. Zero, oshiqlik, oriflik va muridlik orasida ichki robita, maʼnaviy-axloqiy aloqa mavjud.

Kitobnnig dastlabki bobi pir va Xizr obrazining tarixiy-irfoniy takomilini koʼrstish, pirning xalq ogʼzaki ijodiyotidagi mavqeini belgilashga bagʼishlangan va koʼzlangan maqsadga erishilgan. Shu oʼrinda ilmiy tahlil va talqinda jonli va taʼsirli uslubdan chekinilmaganini alohida qayd etish kerak, deb oʼylayman.

Sharqda, ayniqsa, tasavvuf va tariqatda shayx, pir yoki murshiddan soʼz ochilganda, hech shubhasizki, birinchilardan boʼlib Xizr (a.s.) eslanadi. Chunki murshid va tariqat murabbiylarining aksariyati Xizr (a.s.)dan saboq olib, uning yoʼl-yoʼrigʼiga koʼra ilgarilaganiga doir naql, rivoyat va hikoyatlarning soni-hisobi yoʼq.

Xizr (a.s.) sharqlik daho shoir va adiblarning ayrimlariga maʼnaviy sarbonlik qilganligini ham unutmaslik lozim. Аttor, Rumiy, Yassaviy, Mashrab kabi daho ijodkorlarning botiniy hayotida pirlarning piri Xizr (a.s.) ilhom va kashfga yoʼl ochgan. Xullas, “Xizr – maʼnaviy-ruhoniy rahnamo”, deb atalgan va katta Xizr (a.s.) sharqlik daho shoir va adiblarning ayrimlariga maʼnaviy sarbonlik qilganligini ham unutmaslik lozim. Аttor, Rumiy, Yassaviy, Mashrab kabi daho ijodkorlarning botiniy hayotida pirlarning piri Xizr (a.s.) ilhom va kashfga yoʼl ochgan. Xullas, “Xizr – maʼnaviy-ruhoniy rahnamo”, deb atalgan va katta tayyorgarlik, shunga yarasha ishtiyoq bilan yozilgan fasl xizrshunoslikka qoʼshilgan munosib bir hissadir. Uni oʼqigan kishinnig ong va tafakkuri tarixiy maʼno, va maʼrufiy maʼlumotlar bilan boyishi shubhasiz, deb oʼylayman. Zulayho Rahmonova koʼp izlanib, koʼp fikrlab, biroq koʼp yozavermaydigan maʼnishunoslardan.

Yüklə 169,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin