7 -8 yoshli bolalar bilan xarakatli oyinlarni otkazish metodikasi
I. BOB. Xarakatli o`yinlar va ularning pedagogik ahamiyati. 1.1.Xarakatli o`yinlarning kelib chiqishi. O`zbek xalq o`yinlarining paydo bo`lish tarixi va taraqqiyotini tadqiq qilishda shu kungacha saqlanib qolgan (yunon, rim, arab-fors mualliflarining qo`lyozmalari, turkiy bitiklar) qadimiy me`morchilik obidalari va amalga oshirilgan arxeologik qazilmalarning natijalari, shuningdek. xalq og’zaki ijodi namunalari (epos, doston. rivoyat, afsona, topishmoq, o`yin, raqs, musiqa va boshqalar) g’oyat muhimdir.
O`zbek xalq madaniyatining tarkibiy qismi hisoblangan xalq jismoniy madaniyati, yangi avlodni shakllantirish sog’lom turmush tarzini yaratishda alohida o`rin tutadi. O`rganilgan ilmiy-uslubiy va maxsus adabiy manbalarning tasdiqlashicha, ajdodlarimizning madaniy taraqqiyoti ijtimoty-iqtisodiy, siyosiy va maishiy rivojlanishi bilan chambarchas bog’liq bo`lgan. Bu esa o`yinlarni xalqimizning madaniy turmush tarzi, jismoniy madaniyati bilan birlikda taraqqiy etib kelganligidan dalolat beradi.
Lekin ajdodlarimiz o`yinlarining tarixiy taraqqiyotini turli ijtimoty tuzum davrlaridagi madaniyati, ma`rifati, tarixiy voqealari hamda an`analaridan alohida ajralib o`rganib bo`lmaydi.
Ibtidoiy odamning e`tiqod va tasavvurlari olamni bila borish va idrok etish darajasi bilan bog’liq bo`lgan. Darhaqiqat, Z. Husaynovaning yozishicha: O`tmishda tabiat va tabiat hodisalarining o`zi bir jumboq bo`lganki, odamlar uning sirini bilmaganlar va echa olmaganlar ularga u sirli bir mo`jizadek bo`lib ko`ringan. Shaxs o`zini qurshab turgan tashqi ob`ektiv olamni taniy boshlagan bir paytda undagi narsa va hodisalarning qaysi yo`l bilan yaratilishini anglash, bilish istagida narsa va hodisalarni bir-biriga solishtirish, qiyoslash va ba`zan qarama-qarshi qo`yish bilan o`rgana boshlangan. Ular quyosh, oy, yulduzlar harakatining, chaqmoq chaqishi, ko`k guldurashi, bulut kelishi, shamol esishi, qor-yomir kabilarning mohiyatini to`la anglab etmaganlar va animistik tushunchalarga asoslanib, ularning hammasida jon bor deb tasavvur qilganlar. Chunki inson hali tabiat va uning sirlarini to`g’ri tushunib eta olmagan, totemistik tushunchalar hukmron bo`lgan paytida Quyosh va Oyni onalik va otalik boshlang’ich ota va ona deb tasavvur etgan".
O`zbek xalq dostonlarida G’irot, Boychibor, Jiyronqush, Majnunko`k kabi ot obrazlarining nufuzli o`rin tutishi ot totemi naqadar kuchli bo`lganligidan dalolat beradi. Shunday qilib, tabiat va hayot haqida yuzaga kelgan ibtidoty tushuncha va e`tiqodlar animistik hamda totemistik qarashlarni vujudga keltirgan.
Tarixiy manbalarga qaraganda quyi paleolit davrida (taxminan 40-41 ming yil ilgari) er yuzining shimoliy qismida totemga otd “ayiq bayramlari" ham bo`lganligi totem-ayiqqa bag’ishlangan afsonalarda bu bayram haqida ba`zi ma`lumotlarni o`qish mumkin. “Ayiq bayrami” ning variantlari va elementlari Sibir xalqlarining bayramlarida XX asr boshlarida ham saqlangan va bunday bayramlarda ayiq timsolidagi kishi bosh qahramon bo`lib, u ayiqning qiliqlarini bajarib raqsga tushib yurgan. O`rta Osiyoda esa „Ayiq o`yini" (pantomimik raqs sifatida) hozirgi davrgacha etib kelgan. O`zbekiston hududida, shuningdek, Turkiya, Hindiston mamlakatlari hamda Kavkazorti respublikalarining ayrim shahar ko`chalarida ayiq o`ynatib yurgan odamni ko`rish mumkin. Ular odamlar gavjum joylarda kichik tomosha ko`rsatib yurishadi. Balki. bu qadimiy ayiq o`yinidan bizgacha etib kelgan totem hayvonlar o`yinining bir ko`rinishi bo`lishi ham mumkin.
O`yinlarning tabiiy-tarixiy paydo bo`lish asosi va taraqqiyoti mehnat jarayoni bilan bog’liq. O`yinning ilk boshlang’ich ko`rinishi ibtidoty jamiyatda sinkrelik (qorishiq) san`at qismi sanalib, insonning mehnat va kundalik faoliyatini ifodalagan. Ular qo`shiq, raqs, musiqa bilan ajralmas bo`lgan. Ishlab chiqarish qurollarining takomillashuvi va tilning taraqqiyoti bilan o`yinlar fikrlash faoliyatining mustaqil turiga ajragan hamda o`z mazmuniga ko`ra bo`yib borgan, ularning harakatni talab qiladigan shakllari paydo bo`lgan.
O`yinlar faoliyatning mustaqil turi sifatida muayyan darajada hamma vaqt jamiyat hayot tarzini belgilagan desak mubolag’a bo`lmaydi. Ko`pgina mamlakatlarning olimlari va pedagoglari o`yinlar mohiyatini, uning kelib chiqishi, taraqqiyoti va ahamiyatini o`rganmoqdalar. Shunga ko`ra o`yinlarning mohiyati va kelib chiqishini ifodalovchi turli xil nazariyalar, fkirlar va qarashlar ham mavjud.
Ijtimoty muhit bu zaruriy shart, negaki undan tashqarida insonning shakllanishi va rivojlanishi mumkin emas.
Inson o`z tabiatiga ko`ra ijtimoty mavjudod hisoblanadi, faqat jamiyatdagina u o`zining tabiatini ochib beradi.
Insonning biologik sifati bevosita ijtimoty muhit orqali namoyon bo`ladi va jamiyatdagi munosabatlarda o`z ifodasini topadi.
Biologik zamin insonning ma`naviy rivoji uchun kerak va ayni paytda, zarur. Shuning uchun ham jamiyat hayotida mehnat o`yindan ko`ra katta kuchga ega deb yuritilgan.
Bolaning o`yin faoliyati mazmunining manbayi, yuqorida qayd qilinganidek, uni o`rab turgan hayot sharotti bilan bog’liq bo`lgan dinamik bolalar o`yinlarining tavsifi shunday deb uqtiriladi.
Kishilik taraqqiyoti tarixida mehnat o`yinlari katta o`rin tutgan, ammo inson hayotida o`yinlarning kelajakdagi mehnat faoliyatidan oldin turadi.
Masalan, bola o`ynab rivojlanadi, undagi shartli reflekslar birinchi va ikkinchi signallar tizimi, dotmiy ravishda organizm atrof-muhit bilan o`zaro faoliyat va tarbiyaning hal qiluvchi ta`siri paytida tashkil qilgan pedagogik jarayon sifatida shakllanadi. Shaxsning shakllanish va rivojlanish jarayoni insonning ijtimoty tajribasini o`zlashtirish jarayonihamdir.
Tarbiya oldindan ma`lum maqsadga yo`naltirilgan bo`lib, bolaning ulg’ayishida muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyatdagi tajribani o`zlashtirishda hal qiluvchi holat bolaning o`ziga, uning faolligi, tashqi muhit bilan o`zaro munosabat dotrasiga bog’liq. Shuning uchun o`yin bu ijodiy faollikni improvizatsion (tayyorgarliksiz) holatida erkin namoyon qilishdir.
Qadimiy ajdodlarimizning yovvoyi hayvonlarni ovlashlari va ularni o`zlariga bo`ysundirishga intilishlari ov voqealarini ijod qilish hamda namoyish qilishga zarurat tug’dirgan. Mashhur olim D.U.Elkonin o`yinlarning kelib chiqishini o`rganib ibtidoty kishilar ov, urush voqealarini va boshqa jiddiy faoliyat turlarini o`yinlarda ifodalaganlar. Ovdagi muvaffaqiyatsizlikni o`ylash ularga yo`l qo`yilgan xatolarni hamda muvaffaqiyatsizlikning sabablarini aniqlashda yordam bergan", - deb xulosa chiqaradi.
O`zbek xalq o`yinlarining paydo bo`lishi bizning eramizgacha bo`lgan davrlarga, aniqrog’i ibtidoty jamoa tuzimi davrlariga too`g’ri keladi. Buni tarixiy, arxeologik, etnografik. folklor va boshqa manbalar to`la-to`kis isbotlaydi. Qadimgi rim yozuvchisi elianning guvohlik berishicha, ajdodlarimiz bo`lgan saklar qabilasida o`yin musobaqalari juda keng tarqalgan va ular xalqning sevimli odati sanalgan. Uning tasdiqlashicha, saklar qabilasining yig’inlari ana shu o`yin musobaqasida o`zlari enggan qizlarga uylanish huquqini olganlar.
Yunon tarixchisi Pomny Trog (eramizning II asrlari) qoldirgan ma`lumotlarga qaraganda, bir vaqllar O`rta Osiyo hududida yashagan qadimgi qabilalar mushtlashishni yaxshi biladigan mohir jangchilar, ya`ni harbiy salohiyatga ega bo`lgan kishilar bo`lgani qayd qilinadi. O`zbek xalq o`yinlari jamiyat ehtiyoji tufayli bir necha yuz yillar muqaddam vujudga kelgan. O`yinlarning yuzaga kelish tarixi mamlakaiimizdagi tarix, arxeologik, tnografik, folklor, pedagogika, falsafa fanlarining, sport, teatr, raqs va sirk san`atining rivojlanishi bilan chambarchas bog’liq.
O`zbek xalq o`yinlari mazmunan g’oyatda boy, shaklan xilma-xil bo`lib. muayyan ijtimoty- tarixiy tavsifga egadir.
R.Yo`ldosheva qayd qilganidek, „O`yinlar xalq an`analari va tomoshalarining eng yaxshi an`analarini o`zida jamladi, betakror o`ziga xosligi va xususiyatlari bilan milliy madaniyatni nihoyatda boyitdi, avlodlar vorisligining xalq an`analarini o`zida mujassamlashtirdi".
O`yinlarning ibtidoty jamoa davrida mavjudligi aynan olingan bo`lsa-da, biror xalq o`yinlarining paydo bo`lish va uning taraqqiyoti masalalari hanuzgacha to`laqonli tadqiq qilinmagan, lekin shu kungacha mavjud bo`lgan manbalarga tayangan holda, xalq o`yinlarining ilk paydo bo`lishi haqida mantiqiy fikr yuritsa va ular to`g’risida muayyan tasavvur hosil qilsa bo`ladi.
Xalq o`yinlarining paydo bo`lishini aniqlashda O`rta Osiyo xalqlariga otd mehnat va ov qurollari, qadimiy inshootlarning qoldiqlari, qabrlar, tog’dagi konlar va g’orlar, qoyalarga ishlangan suratlar asosiy manba bo`lib xizmat qiladi.
Ba`zi manbalarda insoniyatning ilk vatani Sharqiy Afrika deb berilgan bo`lsa-da. arxeologik fanning eng so`nggi ma`lumotlariga ko`ra ilk neolit davrining oxiridan boshlab O`rta Osiyoda ibtidoty odamlar yashay boshlagan (Farg’ona vodiysidagi Slng’ur manzilgohi). Ayrim arxeolog olimlar O`rta Osiyoga ibtidoty odamlar Afrika qit`asidan Sharqiy Osiyo orqali kelgan degan fikrni bildirgan bo`lsalar (V. A. Ranov), boshqa bir guruh olimlar O`rta Osiyo ham insoniyat beshigi deb hisoblaydilar. O`zbekiston hududida eng qadimgi odamlar manzilgohi Farg’ona vodiysidagi Slng’ur g’or makoni bo`lib, bu ilk paleolit davriga mansubdir.
Mamlakatimiz janubidagi mo`tadil iqlim va atrof-muhit bu erda juda qadimdan insonning yashashi hamda tirikchilik qilishi uchun qulay manzilgohlar bo`lganligini tasdiqlaydi. Surxondaryo viloyatidagi Boysuntog’ va Ko`hitang tog’larida mavjud g’or va o`ng’irlar ibtidoty davr odamlari uchun makon vazifasini o`tagan. Viloyat hududidagi eng qadimgi makon - neandertal odamning manzilgohi - Boysun tog’idagi Teshiktosh g’ori bo`lib, o`rta tosh (musi) davriga otddir.
Ibtidoty odamlarning yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish jarayoni ham aynan ana shu davrda sodir bo`lgan. Machay g’oridan topilgan toshdan yasalgan mexnat qurollari tayyorlanishi va shakllari bilan O`rta Osiyodagi boshqa mzoht davri manzilgohlarida topilgan qurollardan birmuncha farq qiladi.
O`rta tosh asr ibtidoty odamlar tasavvurlari va e`tiqodlarida keskin o`zgarish yuz bergan davr hisoblanadi. Bu jarayonni O`rta Osiyoning eng qadimgi rang-tasvirlaridan bo`lmish Ko`hitangdagi Zarautsoy suratlarida kuzatish mumkin. Zarautsoyda tabiat hosil qilgan ayvonga o`xshash joy qismida va g’or ichida 200 taga yaqin qizil bo`yoqlarda bitilgan suratlar saqlanib qolgan. Bu lavhalarda ov manzarasi, hayvonot olami va ibtidoty davr odamlari tasviri o`z ifodasini topgan.
Ba`zi bir olimlarning (A.A. Formozov) ta`kidlashicha, bu lavhalarda sehrli ov marosimi aks ettirilgan. Ibtidoty odamlar ovga chiqish oldidan yoki ovdan qaytgan chog’ida, Zarautkamar g’ori va uning atrofida ov bilan bog’liq turli xil xatti-harakatlarni ijro etganlar. Shuningdek, Zarautkamar suratlari O`rta osiyoning ilk uning tasviri turkumidan bo`lib, qadimda bu o`lkada san`atning dastlabki namunalarining shakllanganidan dalolat beradi.
“Zarautsoy-98” xalqaro simpoziumi qatnashchilarining xulosasiga ko`ra, Zarautkamar ilk ibtidoty maktablardan biri deb tan olingan. Chunki ajdodlarimiz qoldirgan qadimiy suratlar va yozuvlar bu haqida guvohlik beradi. Tarixiy ma`lumotlarga qaraganda, ibtidoy odamlar hayotida ovchilik o`yinlari salmoqli o`rin tutgan. Ba`zi manbalarda o`yinlar ovdan oldin o`tkazilishi yozilgan bo`lsa, boshqalarida ovdan so`nggi o`yinlar haqida fikrlar bayon qilingan. Agar bu ma`lumotlarni chuqurroq tahlil qiladigan bo`lsak, unda ovchilik o`yinlari ovdan oldin ham, undan keyin ham o`tkazilgan, diyish mumkin. Ovdan oldingi o`yinlar ov oldi mashqlari (ovga tayyorgarlikni tekshirish, ovga ruhiy va jismoniy shaylanish) vazifasini o`tagan hamda jiddiy o`ziga xos kichik marosim shaklida uyushtirilgan. Bu o`yin jarayonida ibtidoty odamlar o`ljaga yaqinlashishni, so`ngra uni osongina qo`lga tushirishni o`rganishgan, buning uchun niqob kiyib, hayvon qiyofasiga kirishgan, uning yurish-turishlari, xatti-harakatlari mashq qilingan, ularning tovush chiqarishlari o`rganilgan. Aynan ana shunday o`yinlar jarayonida yoshlarni ham ov qilishga o`rgatishgan. Shu bots u o`ziga xos maktab vazifasini o`tab, bir tomondan, ovchilik mahoratini o`stirishga yordam bergan bo`lsa, ikkinchi tomondan, ularda taqlid qilish san`atini shakllantirgan va rivojlantirgan.
Ovdan so`nggi o`yinlar ov muvaffaqiyatli tugagandan keyin uyushtirilgan, deb taxmin qilish mumkin. Chunki ovdan o`lja bilan qaytish, ziyofat, xursandchilik qilishga, butun jamoaning bayram qilishiga imkon yaratgan.
Ovchilar bunday o`yinlar yordamida, kun bo`yi ov qilib, charchab qaytgach, kechqurunlari o`z a`zoyi badanlariga dam berish, bugungi taassurotlarni, kayfiyat va tuyg’ularni, ovdan mamnunliklarini, to`qchilikni, sho`xliklarini ifodalashgan. Keyinchalik, bu jarayonlar, ya`ni har muvaffaqiyatli ovdan keyin o`yinlar ijro etish an`ana tusini olgan . Mashhur qomusiy olim Mahmud Koshg’ariyning „Devon-ul lug’a tit turk" asarida ov haqidagi qadimiy qo`shiq va atamalarni uchratamiz.
Devon sahifalarida ovchilik bilan bog’liq bo`lgan qo`shiqlar o`ziga xos o`rin olgan. Ularda ov qilishning dastlabki namunalari: it va qush yordamida, o`q-yoy bilan ov qilish tajribalari madh etilgan: