7 -8 yoshli bolalar bilan xarakatli oyinlarni otkazish metodikasi
1.3. Milliy xarakatli o`yinlarni tashkil qilish va o`tkazishni o`ziga xos tomonlari. Sobiq sho`rolar davrida o`zbek xalq milliy harakatli o`yinlaridagi juda ko`p qoida va mezonlar, jumladan: o`yin boshlash uchun bolalarni chaqirish va to`plash, qur`a tashlash, o`yinni tamomlash, rag’batlantirish, taqdirlash, jazolash va boshqalar o`zgarishlarga duch keldi. Buning ham ijobiy, ham salbiy tomonlari bo`lgan, albatta. Ijobiy tomoni harakatli o`yinlar irminologiyasi turli milliy va baynalmilal so`zlar hisobiga boyidi. Salbiy tomoni, shu xalq yaratgan o`yinlardagi milliylik bo`yog’i o`zgardi, ohori to`kildi, ya`ni ko`pgina o`yinlar umumiylik sifatini kasb etdi, bu shu xalq urf-odati, udumlari, madaniyatining tabiiyligiga putur etkazildi, degan so`zdir. YOki buni xalqning ma`naviyati, qadriyatini yo`qotishdagi ilk qadamlardan biri deb tushunsa ham bo`ladi. To`g’ri, etmish yil mobaynida hammamiz ma`lum bir ko`rsatmalar asosida ishladik, endi esa mustaqil mamlakat bo`ldik. Shuning uchun hozirgi kunda xalqimizning barcha jabhalardagi madaniy merosini, ma`naviyatini, madaniyatini tiklashimiz va uni rivojlantirishni o`z oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri deb qarashimiz kerak.
Xalq milliy harakatli o`yinlari, raqslari va sport turlari singari o`zining bitmas-tugalmas bilim va tajriba sarchashmasiga ega. Shu boisdan milliy harakatli o`yinlarni o`rganish, keng jamoatchilik asosida tadqiq qilish, ularni o`quvchilarning jismoniy madaniyati jarayoniga tadqiq etish, ayni muddaodir.
Milliy harakatli o`yinlarni tashkil qilish va o`tkazishning o`ziga xos tomonlari mavjud. Shuning uchun ham, o`yinning nozik tomonlarini bilishning ahamiyati kattadir.
O`yinning bolalarni o`yinga chaqirish va to`plash, o`yinni boshlash uchun qur`a tashlash, o`yinni tamomlash kabi o`yin mazmunini to`liq ochib beradigan o`ziga xos xususiyatlarini bilmasdan turib sog’lomlashtirish, ta`lim-tarbiyaviy vazifalarni, jismoniy sifatlarni (tezkorlik, chidamlilik, kuch, chaqqonlik va boshqalarni) tarbiyalab bo`lmaydi. Xalqning mehr qo`ri bilan yaratilgan har bir o`yini, o`yinning umrboqiyligi, unga qanday munosabatda bo`lishiga ham bog’liq. Binobarin, o`yin har bir xalqning qalb ohanglari, hayol tashvishlar va quvonchlarni, turmush tarzini, xususiyatlarini belgilaydi. Uni saqlab, e`zozlab, me`yoriga etkazib o`ynay bilish faqat shu xalq vakiligagina xosdir. Birorta millat o`zgalar o`yinini, ularchalik zavq-shavq bilan, ko`tarinki ruh bilan o`ynay olmaydi. Sababi har bir millat o`ziga xos uslubga, xususiyatga ega. Bu esa shu millatga ona tabiat tomonidan berilgan in`omdir, ne`matdir. Uni ko`r-ko`rona o`zgartirish mumkin emas, o`zgartirishlarni turmushning o`zi taraqqiyot, rivojlanish, turmush tarzidan kelib chiqib kiritib boradi.
O`yinga chaqirish va to`plash
Xalq og’zaki ijodini o`rganish va ilmiy adabiyotlar tahlili bolalarni o`yinga chaqirish va o`ynovchilarni to`plash odat tusiga kirganligini, harakatli o`yinlarni o`ynash uchun ma`lum belgilangan vaqt, joy tanlanmagan yoki maxsus hozirlik ko`rilmaganligini ko`rsatadi. Ular qachon to`planishsa o`sha payt, o`sha vaqtda o`yin o`ynalavergan. Shuning uchun ham o`yinlar boshlanishidan oldin bolalarni yig’ish, ularni bir joyga to`plashda har bir bolaning jonbozlik, tashabbus ko`rsatishi talab qilingan.
Ota-onalar o`z bolalarini uydan chiqishiga turli xil munosabatda bo`ladilar. Ko`pincha, ota-ona bolaga javob bermaslikka harakat qiladi.
Bolalar buni juda yaxshi bilishadi, ular o`rtog’ini uydan chaqirib olish yo`lini qidiradilar. Bu haqda G.Jahongirov o`zining „O`zbek bolalar folklori" nomli risolasida juda yaxshi to`xtalgan: Ular uch-to`rtta bo`lib, o`rtog’ining hovlisiga boradilar, ko`chada turib chaqira boshlaydilar.
Masalan, qizlar dugonalarini chaqiradilar
-Kel, o`rtoq, kurchoq-kurchoq o`ynaylik!
-YUr, bekinmachoq o`ynaymiz!
O`g’il bolalar o`rtog’ining laqabini aytib chaqirishi mumkin:
-Laylak, chiq o`ynaymiz!
Ba`zi joylarda o`yinga quyidagicha chaqiriladi:
-Tokchaga bug’doy sepuvdim,
Undimikino, unidimikin?
Mashrabboy uydan chiqmaydi,
yotdimikino, yotdimikin?
Ayrim joylarda esa keskinroq, murosasizroq ravishda chaqiriladi:
-Tomda tovuq qolarmu,
Ayvoningdan otarmi?
O`yin yoqmas bolalar.
Nomozshomdan qotarmu?
Kel-ho, kel!
Dangasalik qilib ko`chaga chiqishga eringanlarga darhol tanqidga uchraydi, bolalar ularni mustaqillikka, dadil bo`lishga undaydilar:
-Keragida paxta bor,
Uyqung kelsa yotaver.
Onang qurg’ur qo`ymaydi,
Mushday qorning to`ymaydi?
Kel-ho, kel!
Agar chaqiriluvchi qiz bola bo`lsa, u birmuncha muloyim ohangda chaqiriladi. Mabodo, qizning onasi o`gay bo`lib, qiziga yomon qarashini dugonalari bilguday bo`lsa ham, termada „o`gay ona" so`zi ishlatilmaydi, imo-ishora bilan o`z noroziligini ifoda qiladilar
-Oylar oydin ho bo`libdi, dugona,