7 -8 yoshli bolalar bilan xarakatli oyinlarni otkazish metodikasi
o`ynagingiz kelibdi,. dugona, Yoki onang qo`ymaydimi, dugona, Mushtak qoring to`ymaydimi, dugona? Shuncha chorlovdan keyin ham chiqishmasa, ularning nomiga kesatiq so`zlar aytiladi, o`yinyoqmas qizlar esa kampirlarga o`xshatiladi:
Kip botti, oyijon momo yotdi, Yotishi bilan uyg’onmay qopti! Bolalar bir-birlarini qo`shiq aytib, o`ynagani chaqirganlar. Bunday o`yinlar xalq ichida chorlamalar deb yuritiladi. Bu o`yin chorlov kechirmalarini ayni bir vaziyatga bog’liq holda ifodalaydi va o`yinga da`vat etish, chaqirish, to`plash vazifasini bajaradi:
Bola bo`lsang, kelaver, o`ynab-o`ynab kelaver. Kel-ho, kel! Kel-ho, kel! Chorlamalar, asosan, hayqirib aytiladi, bu esa bolalardagi o`ynash ishtiyoqini oshiruvchi alanga kabi ta`sirchan vositadir.
O`yinga chaqirish va tashkil qilishning turlari, shakllari juda ko`p, biz faqat ayrim namunalarinigina keltirdik. Uning asosiy vazifasi bolalarni o`yinga da`vat qilish, qalblarini qitiqlash, undash, esga solish va ularning qiziqishlarini kuchaytirishdan iboratdir.
O`yinni boshlash uchun qur`a tashlash.
Xalq harakatli o`yinlarining asosiy shartlaridan biri qur`a yoki chek tashlash bo`lib, u bo`lajak o`yinning haqqoniy, shiddatli, qizg’in o`tishiga kafolat beradi.
Xar bir o`yinning jiddiy baxs, musobaqa usulida olib borilishida chek tashlashning tarbiyaviy ahamiyati kattadir. CHek tashlash haqidagi ma`lumot Mahmud Koshg’ariyning mashhur „Devon-u lug’atit turk" kitobida bayon qilingan. Ushbu kitobda bu so`z “chekashdi" ma`nosida berilgan. Boshqa bir sahifada chek tashlashning izohi “qur`a” ma`nosida berilgan: „U barmoqlar bilan qur`a tashlab, lolyini sinadi". Bundan tashqari, uning „suriladi" ko`rinishi ham mavjud. Vaholanki, chek tashlashdan, “surilishdan” maqsad — toleyini sinab ko`rmoqdir. Bolalarning qur`a tashlashdan asosiy maqsadi, o`yinni kim, qaysi biri oldin boshlashi kerakligini aniqlashdir.
Milliy xalq harakatli o`yinlarini boshlash uchun, asosan, chek tashlashning to`rt xil usulidan foydalaniladi: 1) og’zaki; 2) biror buyumni tashlash; 3) biror buyumni yashirish; 4) sanoq termalari.
Qur`a tashlashning og’zaki usuli ham mavjud bo`lib, u o`yin boshlanishidan oldin bolalar ikki guruhga bo`linganda qo`llaniladi. Avval bolalar tomonidan ikkita bola o`yinboshi qilib tayinlanadi. So`ngra yig’ilgan bolalar bir juftdan bo`lishib, bir-birlariga “ot qo`yib”, o`yinboshilar oldiga kelishadi. O`yinboshilar belgilangan joyda turishib ularning so`zlarini tinglashadi. Ikki bola baravariga yoki birontasi:
-ona, ona, kim ona? deydi.
-men ona yoki biz ona, - deb o`yinboshilar aytadilar, bolalar:
-sizga osmondagi oy kerakmi, kishnab turgan toy kerakmi? Ikki o`yinboshi kim birinchi tanlab olishi kerakligini o`zaro
oldindan kelishib oladilar va birinchi o`yinboshi aytadi:
-menga kishnab turgan toy kerak.
-unday bo`lsa, kishnab turgan toy men bo`laman!
-bu yoqqa o`t, bizdan ekansan! - deydi birinchi o`yinboshi.
Ikkinchi o`yinboshiga esa “osmondagi oy” o`tadi.
Yoki:
-kimga anor, kimga o`rik? - deyiladi.
Endi ikkinchi o`yinboshining “anor” yoki “o`rik” tanlash navbati keladi.
Shunday qilib, bolalar xayollariga qanday buyum, qurol, narsa, hayvon, parranda, qush nomi kelsa, o`zlarini shuning nomi bilan belgilaydilar:
-kimga qalpoq, kimga telpak?
-suvmi, moymi?
-qirg’iymi, lochin?
-tulkimi, bo`ri?
Ba`zan chiroyli sh`riy lavhalar ham to`qishadi:
-laylak keldi yoz bo`ldi, Qanoti qog’oz bo`ldi.
-biz ikki - guli lola.
-kimga gul-u, kimga lola?
Bolalar xarakter xususitlariga ko`ra qaytarishni yoqtirmaydilar, shuning uchun noyob so`zlarni ishlatishga harakat qiladilar. O`yinboshilarni fikran chalg’itish maqsadida o`z nomlarini “qiyshiq qo`yib” olishlari ham mumkin:
-kimga “man”, kimga “san”? - deyishadi. Birinchi o`yinboshi “man”ni tanlasa, „san"ni tanlaganlar keyingi navbatda o`yinga kirishadi. Masalan, o`yin navbatini aniqlash uchun bitta bola o`ynovchilardan 8-10 metr uzoqlikda teskari turib, bir qo`lini musht, bir qo`lini shop (qilich ma`nosida) qilib, balandga ko`tarib turadi. Ikkala o`yinboshi o`zaro kelishib, biri “musht”ni, ikkinchisi “shop” ni tanlaydi.
-mushtmi, shop! - deyishadi o`yinboshilar. Turgan bola bir qo`lini tushiradi, qaysi qo`l pastga tushirilsa, ya`ni “musht” pastga tushsa, o`yinni “musht” degan birinchi bo`lib boshlab beradi.
“Danakni yashirish” o`yinida bir dona danakni o`yinchilardan biri kaftiga yashiradi, o`yinboshilardan qaysi biri danakni topsa, o`shaning guruhi o`yinni boshlaydi.
O`yinboshini aniqlashning boshqa usuli — tayoqcha, gugurt cho`pi yoki o`yinchilar soniga qarab maydondagi qurigan o`tlardan shuncha cho`p teriladi. Ularning o`lchami tenglashtiriladi, cho`plardan biri kaltaroq bo`lishi kerak.
Hammasi kaftga jamlanib, bir uchi teng qilib birlashtiriladi, ikkinchi uchi ko`rsatilmaydi. Bolalar navbat bilan kelib, bittadan cho`pni tortadilar. Kim kalta cho`pni tortib olsa, o`sha o`yinboshi bo`ladi. Shu o`yinni boshqacha yo`sinda tashkil qilish ham mumkin. Masalan, bir necha bo`lak qog’oz parchalari olinib, bittasiga biron belgi qo`yiladi, so`ngra ular cho`ntak, xalta yoki do`ppi ichida aralashtiriladi. Kim belgi qo`yilgan qog’oz parchasini olsa, o`sha o`yinboshi hisoblanadi.
Agar, o`yinga besh kishi yig’ilgan bo`lsa, qur`a tashlashning eng oddiy va tez usulini qo`llash maqsadga muvofiqdir. Kimdir sezdirmasdan barmog’ining birini ohak, rangli qalam bilan bo`yaydi, kaftini musht holatida teskari ushlab to`planganlar oldiga keladi. „Barmoqning birini och!, deb o`ynovchilarga taklif qiladi. Xar bir o`ynovchi navbat bilan barmoqlarini ochadi. Kim bo`yalgan barmoqni topsa, o`yinni o`sha boshqaradi.
Agar bo`yalgan barmoq ochilmay qolsa, taklif qilgan kishi o`yinboshi bo`ladi.
Ilgarilari, ko`pincha, tanga tashlab ham toleyini sinab ko`rishgan va bu quyidagi usulda bajarilgan. Bosh barmoq ustiga tanga qo`yilib, osmonga qaratib chertiladi, tushayotgan payti ushlanib, kaftga yashiriladi va so`raladi:
-burgutmi, teskarisi? (Burgut tanganing tasviri tushirilgan tomoni, teskarisi uning orqa tomoni). O`yinchi tanganing bir tomonini tanlaydi. Kaft ochiladi, kim osmonga qarab turgan tomonini tanlagan bo`lsa, o`yin navbati o`shaniki bo`ladi.
Yoki tanga bo`lmasa, yapaloq tekisgina tosh yoki kesak topib, uning bir tomonini namlash kerak. So`ngra yuqoriga irg’itish lozim, o`yinni kim boshqarish kerakligini aniqlash zarur. “YOmg’irmi, tog’ora?”, deb so`raladi. U yomg’ir desa, demak namlangan tomon yuqoriga qarab tushishi lozim, tog’ora esa quruq, quyoshli ob-havoni bildiradi.
Yoki kichkina buyumni bir kaftda yashirib, ikkalasini ham oldinga cho`zib so`raladi: “O`ngidami, chapida?” Agar sherik yashirilgan buyumni topsa, u o`yinni boshlaydi, topmasi o`zi boshlaydi.
Sanoq termalari
Sanoq - bolalar o`yinlarining chek tashlash holatidagi asosiy vositasidir. „Sanoqlardan asosiy ko`zlangan maqsad - o`yin boshlashdan oldin boshlovchini yoki navbatchini aniqlash, biror bolaga gal berishdan iborat". “Trma” umuman xalq og’zaki ijodiga mansub sho`x, hazilomuz yoki tirik, odatda, to`rt misradan iborat qo`shiq yoki she`r sanaladi.
Demak, sanoq termalari bolalar o`yin boshlashdan oldin boshlovchini, navbatchi yoki o`yinboshini aniqlab beruvchi yordamchi vositadir. Sanoq termalari, odatda, qat`iy ohang va marom qoidalariga bo`ysunib, tegishli joyda urg’u berib aytiladi. Sanoq termalarini mazmuni va bajarilish turiga ko`ra shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin: oddiy sanoq termalari va tanlovchi sanoq termalari. Masalan, oddiy sanoq termalari quyidagicha bo`ladi: