«Тасдиқлайман»


II.BOB. Bitiruv malakaviy ishini tashkil etilishi, usullari, olingan natijalar va ularning tahlili



Yüklə 437,5 Kb.
səhifə2/16
tarix06.06.2022
ölçüsü437,5 Kb.
#60803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
7 -8 yoshli bolalar bilan xarakatli oyinlarni otkazish metodikasi

II.BOB.

Bitiruv malakaviy ishini tashkil etilishi, usullari, olingan natijalar va ularning tahlili…………………………………………………………

40

2.1.

Bitiruv malakaviy ishini tashkil qilinishi…………………………

40

2.2.

Bitiruv malakaviy ishini usullari………………………………….

40

2.3.

Bitiruv malakaviy ishidan olingan natijalar va ularning tahlili……

42

2.3.1.

7-8 yoshli o`quvchilar bilan xarakatli o`yinlar bo`yicha o`tkazilgan tajribani samaradorligi……………………………………………..

42


2.3.2.

O`tkazilgan tajribaning samaradorligi……………………………..

47




Xulosa……………………………………………………………

54




Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati………………

56



KIRISH
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. Mustaqillikka erishilgan kundan boshlab xukumatimiz raxbariyati tomonidan asosiy diqqat e`tiborni yosh avlodni barkamol inson bo`lishiga qaratdi. O`tgan yillar mobaynida o`sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy sog’lom, ma`naviy etuk insonlar bo`lishlari uchun bir qator qonun va farmonlar qabul qilindi.
Jumladan “Ta`lim to`g’risida”, “Jismoniy tarbiya va sport to`g’risida”gi qonunlar “Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi hamda “Sog’lom avlod uchun” ordeni ta`sis etilishi ularni hayotga tadbiq etish yo`l-yo`riqlarining ishlab chiqilganligi ham fikrimizning yorqin dalilidir.
Kelajagimiz egalari bo`lmish yoshlarimizni sog’lom qilib tarbiyalash bugungi kundagi asosiy vazifalardan biri bo`lib, uni amalga oshirishda boshlang’ich sinflarda jismoniy tarbiya sog’lomlashtirish tadbirlari jarayonida xarakatli o`yinlarni o`tkazish samarali usullarni aniqlash dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda aholi turmush farovonligini oshirish, sog’liqni mustaxkamlash, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, yosh avlodni jismonan barkamol kishilar qilib tarbiyalashni jismoniy tarbiya sog’lomlashtirish jarayonidagi xarakatli o`yinlarimizsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Bu esa mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Muammoning o`rganilganlik darajasi.
O`sib kelayotgan yosh avlod haqida qayg’urish bugungi kunning kechiktirib bo`lmaydigan vazifalaridandir. O`quvchilar salomatligini mustaxkamlashda xarakatli o`yinlarning o`rni kattadir.
Umumiy o`rta ta`lim maktablardagi 7-8 yoshli bolalar bilan xarakatli o`yinlarni tashkil qilish va o`tkazish masalalari bo`yicha T.Usmonxo`jaev (1990), T.Usmonxo`jaev, F.Xo`jaev, (1992), B.Boyboboev., Yu.Oripov., T.Ismoilov (1995), T.Ismoilov (2002-2010), K.Maxkamjanov., T.Ismoilov (2000), F.M.Salamov., R.Salamov (2005), (2007), F.Xo`jaev, K.Raximqulov, B.Nigmatov, M.Xo`jaev(2008), M.A.Arslanova (2009) ilmiy tadqiqot ishlari olib borishgan.
Ilmiy uslubiy adabiyotlarning taxlili boshlang’ich sinf o`quvchilarining jismoniy tayyorgarligi dasturda berilgan me`yorlarga nistatan past bo`lib bugungi kunning talablariga to`liq javob bermaydi.
O`quvchilar bilan ta`lim – tarbiya va sog’lomlashtirish ishlarini olib borish hamda darslar sifatini oshirish bo`yicha K.Maxkamjanov, R.Salamov, A.Abdullaev (1989), B.A.Ashmarin (1990), J.K.Xolodov, V.S.Kuznitsov (2001), A.Abdullaev, Sh.Xonkeldiev (2001), B.Qodirov (2001), R.A.Mavlanova, A.To`raeva, N.Xoliqberdiev (2001), T.Usmonxo`jaev, U.Tursunov (2004), D.D.SHaripova, X.Shomurodov (2007)lar ilmiy izlanishlar olib borganlar, ular asosiy e`tiborni sog’lomlashtirish masalalariga qaratganlar.
Xozirgi kunda boshlang’ich sinf o`quvchilarining jismoniy sifatlarini xarakatli o`yinlar yordamida yaxshilash va takomillashtirishga doir zamonaviy ilmiy-uslubiy ishlarning ko`lami va sifatini talab darajasida emas. Ayniqsa xarakatli o`yinlarga kamroq e`tibor berilmayapti.
Xolbuki, o`quvchilarning xar tomonlama rivojlantirishda, sog’ligini mustaxkamlashda hayotga va foydali mehnatga tayyorlashga ularning jismoniy rivojlanishi, tayyorgarligi katta ahamiyatga ega.
Respublikamizning turli viloyatlaridagi maktablarda olib borilgan pedagogik kuzatishlardan ma`lum bo`ldiki, ba`zi bir maktablarda jismoniy tarbiya darslari jarayonida o`tkazilayotgan xarakatli o`ynlarni sifatini etarli darajada bo`lmaganligi uchun o`quvchilarning jismoniy tarbiya bo`yicha chuqur nazariy amaliy bilimlarini egallashga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda. Shuning uchun ham boshlang’ich sinf o`quvchilarining jismoniy sifatlarini oshirishda yoshi va jismoniy tayyorgarligini xisobga olgan xolda xarakatli
o`yinlarni tashkil qilish va o`tkazish bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan bo`lib qolgan.
Shunga ko`ra tadqiqot mavzusi “7-8 yoshli bolalar bilan xarakatli o`yinlarni o`tkazish metodikasi” deb belgilandi.

Yüklə 437,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin