7 -8 yoshli bolalar bilan xarakatli oyinlarni otkazish metodikasi
Ov qushlarini ushlab, tulki, to`ng’iz tishlatib, qo`llarimiz ishlatib, hunar bilan gerdaydik. Mamlakatimiz hududlaridagi eng qadimgi davrlar haqida ko`plab ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan bo`lib, ularning natijalari xalq o`yinlarining paydo bo`lish tarixi haqida ham ayrim xulosalar chiqarish imkonini bradi.
1.Ilk palolit davri. Bundan taxminan 800 ming yil ilgari boshlanib, 100 ming yil avval tugagan. Bungacha iliq iqlim bo`lib, odamlar er yuzining katta hududlariga tarqalgan.
Bundan 140-150 ming yil avval (o`rta paleolit) - Muste davrida atrof-muhitni muzlik qoplay boshladi. Shunda odamlar yashash uchun tabiat bilan kurash boshladilar. Toshlardan qurollar yasash takomillashdi, yirik hayvonlar va baliq ovlash odamlarning kundalik ehtiyojiga aylandi, o`t chiqarish vositalari kashf qilinib, yashash uchun g’or, erto`la va boshqa turli xil boshpanalardan foydalana boshlandi. Mehnat qurollarining yangi turlari - qirg’ich, pichoq kabilar paydo bo`ldi. O`tkazilgan ilmiy-tadqiqot natijalari ko`rsatadiki, mamlakaiimiz, hududlarida odamlar ilk davrlarda hayvonlar va baliqlarni ov qilish uchun turli qurollardan foydalanishgan. O`ljani poylash va qo`lga kiritish uchun turli xil murakkab harakatlarni (yugur,. sakrash, uloqtirish va h.k.) bajarishga to`g’ri kelgan. Bolalar ham ana shunday jarayonlarda faol qatnashganlar, hayotiy amaliy ko`nikma va malakalarni shu harakatlar asosida mustahkamlashgan. Natijada, xalq o`yinlarining unstirlari (yurish, yugurish, uloqtirish va boshqalar) vujudga kelgan.
2.Urug’chilik jamiyali. Hammaga ma`lumku nayzani ushlash tartiblari u bilan nishonni aniq mo`ljalga olish va uzoqqa uloqtirish unchalik qulay va oson masdi. Undan tashqari nayzani uloqtirish uchun etarli darajada kuch, chaqqonlik, tezkorlik, chamalash, o`ljani aniq ko`zlay bilish va boshqa sifatlar ham zamin bo`lardi. Bundan ko`rinib turibdiki, natijaga erishish uchun maxsus tayyorgarlik mashqlari yoki harakatlarga o`rgatish zarurati paydo bo`lgandi. Hayvonlarni birgalashib haydash, tutish yoki belgilangan joylardan (choh, o`ra, jarlik va boshqa) haydab o`tkazish, ba`zan, kezi kelganda, ularni quvib etish osonlik bilan kechmagandi. Bularning hammasi uchun tayyorgarlik ishlari olib borilardi. Bu erkaklarda jamoani boshqarish o`rnini Matriarxat - Ona urug’i etakchilik qilgan jamiyat tallagandi. Tabiiy ravishda jinslar o`rtasida mehnat taqsimoti kelib chiqqan. Ayollar tirikchilik uchun kerak bo`lgan nozi-n`matlarni saqlash, ovqat tayyorlash, otlani zarur yoqilg’i bilan ta`minlash, bolani pavarishlash va tarbiyaviy ishlarda faollik qilishgan. erkaklar esa, asosan, ovchilik bilan shug’ullanganlar, mehnat qurollarini yasaganlar.
Urug’chilik jamoalarining paydo bo`lishi va taraqqiy etishi bilan asta-sekin madaniyat sohasida ham o`zgarishlarsodir bo`ldi. Jamoa yig’inlarida qo`shiqlar, o`yinlar va raqslar, xalq o`yinlari ijro etila boshlandi, xalq o`yinlari unsurlarining paydo bo`lishi xuddi shu davrga to`g’ri kladi. Bevosita mehnat bilan bog’liq bo`lgan ko`pgina musobaqa o`yinlar mustaqil tarbiyaviy ahamiyai kasb etib va ulardan urug’ jamoasining turli yoshdagi guruhlari foydalana boshlaydi. Jismoniy mashqlaming musobaqa o`yinlari shaklida vujudga kelishi ibtidoty jamiyat kishisini tarbiyalashda tubdan o`zgarish yasadi. Xalq o`yinlarining dastlabki namunalari insoniyatning ongi, tafakkuri rivoji bilan bog’liq bo`lgan. Ularning paydo bo`lishida o`sha davr shart-sharottlari, odamlarning ov va turmush tajribalari, dunyoqarashi, urf-odat va marosimlari alohida ahamiyatga molik bo`lgan. Avvalo, oddiy og’zaki ijodning dastlabki namunalari paydo bo`lgan. Ular nihoyatda oddiy bo`lib, turli xildagi undov-xitoblar va voqealar bayonidan iborat bo`lgan.
Ov jarayoni hamda tafakkurning rivojlanishi voqea va hodisalar talqinida oddiy bayondan obrazli tasvirlashga olib keldi. eng qadimiy xalq o`yinlari namunalari yozuv yuzaga kelmasdan ancha ilgari paydo bo`lgan. Ilk xalq o`yinlari asl holda, to`laligicha bizga etib kelmagan. Har bir o`yin turidaijtimoty-iqtisodiy, siyosiy bosqichlarni bosib o`tganligi sababli, ularning shakli va mazmunida yangi-yangi usul va ko`rinishlar yuzaga kelgan hamda jamiyat manfaati yoo`lida xizmat qilgan.
Binobarin, xalq og’zaki ijodiyoti o`niga xos xususiyatlarga ega bo`lgan so`z san`ati bo`lib, uning barcha namunalari jonli ijro jarayonlaridagina yashaydi, shu sababdan ayrim o`yinlarda so`z etakchi bo`lsa, boshqalarida o`yinning ayrim unsurlari ustun turadi. O`yinlarda dovyuraklik, mardlik, jasorat, dadil harakat to`la ifodalanadi. Darhaqiqat, o`yinlarning paydo bo`lishida mexnat hal qiluvchi o`rin tutgan. Odamlar erda tez harakat qilishni orzu qilib, otga minishni o`rganganlar, daryo oqimidan ham tez suzish istagi paydo bo`lib, bu esa, eshkak va elkanni kashf qilishga olib keldi; uzoqdan turib dushman va hayvonni daf qilishga intilish esa palaxmon va kamonning yuzaga klishiga sababchi bo`ldi. Ana shu tariqa mehnat jismoniy mashqlar va o`yinlarning yuzaga kelishini, ijtimoty taraqqiyot tufayli mehnatning turli tarmoqlarga bo`linishi esa, o`z navbatida, turli o`yinlarning kelib chiqishiga sabab bo`ladi. Jamiyat taraqqiyoti o`zgargan sari, tabaqalanish vujudga kelib, xalq tushunchasining mohiyati ham o`zgardi, xalq ikki totfaga – xo`jayinlar va ularga mutelikka mahkum qilingan qullarga bo`lindi.
Ijtimoty-siyosiy munosabatlarning takomillashuvi, xalq estetik tafakkurining o`sishi va jismoniy mashqlarning mukammallashishi jarayonida, davrlar o`tishi bilan chavandozlik, qilichbozlik, nayzabozlik kabi alohida mashq turlari bo`yicha o`z mahoratlarini namoyish qilaoladigan insonlar namoyon bo`la boshlashdi.
O`yinda an`anaviylik o`ziga xos xisusiyatlardan bo`lib, uning g’oyaviy estetik mohiyatini belgilaydi. An`anaviylik xalq ijodining u yoki bu o`yin mazmunini og’izdan og’izga o`tish jarayonida nisbatan barqarorligini anglatib qolmaydi, balki o`sha jarayonda dastlabki ijrochisiga xos xususiyatlarni, shakli, vosilalar va metodlari o`zgarmagan holda saqlab qolganini ham anglaladi. An`ana - jamoa ijodkorligining mahsuli, shu bilan birga, o`yinlar jamoa holda o`ynashni saqlab qolishning ham o`ziga xos shakli hisoblanadi. An`anaviylik ham o`zining ijlimoty-tarixiy manbalariga ega. CHunonchi, o`yinning ilk namunalari ibtidoty jamiyatda yaratilgan, ularda o`sha zamon kishilarining urf-odatlari va hayotga qarashlari aks elgan. Bu hol o`yinlarning shakli, sujeti, obrazlari va mavzularining muayyan barqarorlik kasb etishini ta`minlagan. Xalqning asrlar davomida shakllangan badiiy zavqi, estetik didi bor ekan, o`yin hamisha shu xalqona estetik tamoyilga amal qilib yashaydi. Bu o`yin uchun ob`ektiv qonuniyat. Ijlimoty tafakkur taraqqiyoti xalq e`tiqodida yasagan tub burilishlar asosida yangi o`yinlar vujudga keldi, ayrim o`yinlar e`libordan qolib, unutilib ketdi. Shuningdek, an`anaviy o`yinlarda mavzular o`zgardi, yangi voqelik mazmuniga mos timsollar va qarashlar evaziga boyidi. Ayrim o`yinlar turkumida jiddiy o`zgarishlar sodir bo`ldi. Jumladan, keyingi davrlarda yaratilgan o`yinlarda garchi an`anaviy xalq o`yinlariga xos epiklikka, tayyor qoliplarga, mavzularga asosiy urg’u berilsa-da, biroq bular endi an`anaviy xalq o`yinlaridagidek g’ayritabiiylik asosida emas, balki hayotiyllikka, obektivlikka asoslangan holda ifodalanadigan bo`ldi. An`anaviy xalq o`yinlarining ideal qahramonlari g’ayritabiiy kuchlar madadkorligida harakal qilib g’alaba qozonsa, yangi, zamonaviy o`yinlarning qahramonlari mavjud tarixiy shaxslar bo`lib, ular hozirgi voqelikka suyanib harakal qiladi va ko`llangan maqsadlarga erishadi.
Variantlilikning muhim bir xususiyali versiyalarda mavjud bo`lishdir. Binobarin, versiya mohiyatan birmuncha keng hodisa bo`lib, u o`yinda ilgari surilgan g’oyaviy konsepsiya, shuningdek, o`yinning kompozitsiyasi va vositalari jihatidan bir-biridan keskin farq qiluvchi xalq milliy o`yinining bir sujet va bir yo`nalishdagi namunalaridan iborat. CHunonchi, „Dog’lash", „Oq suyak", „Muzlatamiz" va boshqa o`yinlarning o`zbek, qozoq, qirg’iz hamda boshqa xalqlarga mansublari mavjud. Ma`lumki, bir o`yinni bir xalqning o`zida ham bir necha versiyasi bo`lishi mumkin. Masalan, „Oq suyak", „Quloq cho`zma" va boshqa o`yinlar o`zbek xalqi orasida bir necha versiyada tarqalgan.
Chunonchi, xalq o`yinlarining eng qadimiy namunalari ba`zilari tarixiy yodgorliklar, arxeologik qazilmalar, ilmiy asarlar va badiiy adabiyotlar orqaligina bizgacha elib kelgan. Xalq jismoniy madaniyalining asosiy ko`rinishlari azaliy o`yinlar, jangnomalar, afsona va rivoyatlar, qahramonlik dostonlari, sanoqlar, raqslar va musiqalarda o`zining ifodasini topgan. Ajdodlarimiz qoldirgan moddiy va ma`naviy meros xalq o`yinlarining paydo bo`lish tarixi haqida shohidlik bradi. Xalq o`yinlarining paydo bo`lish tarixi jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichlari bo`lgan uzoq moziyga borib taqaladi.
Tarixiy, arxeologik va etnografik manbalarda ham xalq o`inlarining kelib chiqishi hamda rivojlanishiga dotr qiziqarli ma`lumotlarni uchratamiz. Mahmud Koshg’ariyning „Devon-u lug’atil turk", Abu Ali ibn Sinoning „Tib qonunlari", Kaykovusning “Qobusnonia", Umar Xayyomning „Navro`znoma", YUsuf xos Hojibning „Qutadg’u bilig’", Husayn Votz Koshifiyning „Futuvvatnomayi Sultoniy yoxud Javonmardlik tariqati", Alisher Navotyning „Xamsa", „Lison utqalar", „Mahbub ul-qulub", Zayniddin Vosifiyning „Nodir voqealar". Amir Temurning „Temur tuzuklari", „Temurnoma", Zahiriddin Boburning „Boburnoma" va boshqalar, shuningdek, Oybekning „Alisher Navoty" tarixiy romani, „Bolalik" qissasi, Pirimqul Qodirovning „Yulduzli tunlar", Mirmuhsinning „Temur Malik", Raddiy Fishning „Jaloliddin Rumiy" va shu kabi tarixiy-ilmiy-badiiy asarlarda xalq o`yinlarining paydo bo`lishi tarixi va rivoji to`g’risida qiziqarli ma`lumotlar berilgan.
Undan tashqari, xalq o`yinlarini izlash, tadqiq qilish va xalq orasida targ’ib qilishda shu sohaning olimlari T.S.Usmonxo`jaev., F. Nasriddinov., F.Xo`jaevlar o`zlarining munosib ulushlarini qo`shganlar.
Xalq o`yinlari tasodifan paydo bo`lgan mas, qadimiy ajdodlarimiz ularni shu darajaga olib kelgunlaricha og’ir, mashaqqatli yo`lni bosib o`tganlar. Xar bir davrda o`sib kelayotgan yosh avlodni jismonan barkamol qilib tarbiyalash tabiiy va ijtimoty zarural edi.
Demak, ajdodlarimizning ovchiligi asosida - „ovchilik o`yinlari", chorvachilik asosida „ho`kiz, ot, ayiq o`yinlari", dehqonchilik asosida - „mehnal o`yinlari" shakllandi. Palolit davrining oxirlarida otish qurollari - nayza, keyinroq esa kamon, yoydan otish kashf etildi.
Grek tarixchisi Gerodot xorazmiylar bilan yonma-yon yashagan Saklar qabilasidagi mohir merganlar haqida bunday deb yozgan: Saklar dunyodagi merganlar orasida o`qni zoe ketkazmaydigan juda mohir merganlar sifatida shuhrat qozongan edi".
Rim yozuvchisi Klimenl Aleksandrskiy (eramizdan oldingi II asr) saklar qabilasining ayollari haqida bunday deb yozgan edi: „Sak ayollari ayyorlik bilan qochib keta turib, ot ustida xuddi erkaklarday orqaga burilib o`q uzar edilar".
Xalqimizning ajoyib dostoni bo`lgan „Alpomish" dostonida tiyrandozlik haqida so`z ketadi. CHunonchi, „Hakimbek etti yoshga kirgan edi. Oltinbiy bobosidan qolgan o`n to`rt botmon birinchidan bo`lgan parli yoyi bor edi. Ana shu etti yashar bola - Hakimbek shul o`n to`rt botmon yoyni qo`liga ushlab ko`tarib tortdi, tortib qo`yib yubordi. Yoyning o`qi yashinday bo`lib ketdi. Askar tog’ining kaltacho`qqisini yulib o`tdi..." .
Dostonning asosiy qahramonlaridan biri bo`lgan Barchin erga tegish uchun to`rtta shart qo`ydi. Shartlarning ikkitasi o`q-yoy otish bilan bog’liq. Masalan, ikkinchi shart: ...yoy tortishsa, yoyi sinmay qolganga, - men tegaman shul Yoyandoz polvonga, deydi. Uchinchi shart:
...Ming qadamdan tanga pulni urganga.
Men tegaman shul qarchig’ay merganga.
Mahmud Koshg’ariyning “Devon-u lug’atit turk" asarida o`q-yoy bilan bog’liq bo`lgan „atim, atim er" - o`q otishga usta odam, “mergan" degan so`zlar uchraydi.
Zayniddin Vosifiyning hikoya qilishicha, „Navro`z Ahmad kamondorlikda shu darajaga etdiki, birorta pahlavon ham uningdek, kamon tortolmasdi. Uning yoy o`qi dushman ko`ziga borib etmay tinchimasdi; kamon tortgan vaqtida falak Qavs chillaxonasidan turib tahsinga og’iz ochardi. O`qi otilgan vaqtda burchaklardan „Ofarin" ovozi ko`tarilardi...".
Zahiriddin Boburning ijodiy merosi „Boburnoma"da tiyrandozlikka dotr voqealar berilgan: „O`qni o`rta chog’liq otar edi, bisyor zarb mushti bor edi, aning mushtindin yiqilmagan o`yqtur ...Hasan YA`qubbek mardona kishi edi. O`qni yaxshi otar edi. YAna bir Fariddin Husayn mirzo edi. YOyni kuchluk tortib, o`qi qirq botmon ekandur".
„Yana islim barlos edi... O`ttuz qirq botmon yoy kuch birla otib, taxtadin o`tkazur edi. Qaboq maydonida maydon boshidan chopib, yoyni tushurib ko`rub, otib qaboqni urar edi. Yana zixgirni bir kari-bir yarim kari rishtaga bog’lab, rishtaning yana bir uchini bir yog’ochga bog’lab, evrulur edi, evrulur hofatda o`qni otib, zixgurdin o`tkarar edi. Mundoq g’arib ishlari xeyli bor edi...".
Bobur mirzoning o`zi ham chapdast tiyrandoz bo`lgan. Xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning „Yulduzli tunlar” romanida uning merganligini shunday tasvirlaydi: „Chorbog’ ichida o`n ikki yoshli Bobur mirzo chavandozlik mashqlarini o`tkazmoqda. U chorbog’ chetidagiyalanglikdan bo`z otni choptirib chiqdi-yu, birdan jilovini qo`yib yubordi. Kamonga chapdastlik bilan o`q o`rnatdi va chopib borayolgan ot ustidan nishonga otdi.
Yoy o`qi nishon yog’ochga “taq” etib urilgani baralla eshitildi".
Xolchayontepa va Bolaliktepadagi arxeologik qazilmalar paytida topilgan kamon o`qlarining uchlari ajdodlarimizning azaldan tiyrandozlik bilan mashhur bo`lganliklariga dalildir.
Xolchayontepadan topilgan ot va suvorilarning haykalchalari g’oyat katta ilmiy qimmatga ega. Xolchayon otlari engil qurollangan suvorilar uchun mo`ljallangan bo`lib, suvorilar maxsus kiyimda yurishgan va o`q-yoy bilan qurollangan. Topilgan suvori haykalchalari shuni ko`rsatadiki, ular otda elib borayotib, nishonga aniq urganlar. Trmiz yaqinidagi Ayritom, Xorazmdagi Tuproqqal`a va boshqa joylardan topilgan buyumlar, suyak, tosh, sopolga tushirilgan rasmlarda qadimgi madaniyat, kurash, chavandozlik, tiyrandozlik, ov jarayonlari aks ettirilgan.
Bu davrda yashagan xalqlar o`rtasida jangovarlikni oshirish, o`z hududlarida osoyishtalikni ta`minlash va o`z vatanlarini himoya qilish, xalq farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladigan diniy, madaniy marosimlar rasm-rusumlar, to`ylar va xalq sayillaridagi kamondan o`q otish, qilichbozlik, qalqonbozlik, nayzabozlik, kurash, ot o`yinlari tantanali ravishda o`tkazilgan.
Shuningdek, o`zbek xalq o`yinlari orasida chavandozlik muhim o`rin tutgan. O`rta Osiyo xalqlari o`rtasida chavandozlik bilan bog’liq bo`lgan o`yinlar, musobaqa-bahslar dotmiy ravishda o`tkazilib turgan, lekin ulardagi jismoniy mashqlarning asosiy yo`nalishi harbiy-amaliy tavsifga ega bo`lgan. Xalqimizni otsiz tasavvur qilish qiyin, shuningdek, ilk bolalik chog’idanoq ot minish bu erda yashovchilar uchun odat tusiga kirgan.
Xalqimiz orasida ot bilan bog’liq „Ko`pkari-uloq", „Poyga",
„Qiz quvmoq", „Ag’darish", „Ot ustida qilichbozlik", „Qovoq o`yini", „CHavgon" kabi xalq o`yinlari ko`plab o`tkazilgan.
Abulqosim Firdavsiy „Shohnoma” asarida “Uloq" so`zini ko`p ishlatgan. Al-Maqsudiy Qurbon hayiti haqida yozganda: “Bayram kuni jurjonliklar bilan bekrobodliklar o`rtasida tuya kallasini qo`lga kiritish uchun tortishuv bo`ladi", deb qimmatli ma`lumot qoldirgan.
Mahmud Koshg’ariy ham chavandozlik va tiyrandozlikka doir ko`plab misollar keltiradi: „O`q otishga usta odam - mergan", “ot poygasida va chavgon o`yinida maydon qirg’og’iga tortiladigan arqon", „chavgon o`yini maydonida chegarani belgilab chizilgan chiziq", “chavandoz”, u otni chiviq bilan sekin urdi", “ot surdi”, “ot terladi", „balandlatib otdi”, “tegdi, tegib o`tib, ketdi", „poyga, ot poygasi, u otda poyga qildi", „yo`rg’a ot, „odam o`qni kamonga to`g’riladi", „otliq otni qattiq choptirdi - yo`rtdi", „ot anjomlari: yugan, jabduq - egar ustiga qo`yiladigan yostiq yoki ko`rpacha.
Oybek o`zining „Bolalik" qissasida xalq milliy sporti turlaridan bo`lgan „uloq o`yini"ni juda yaxshi bayon qiladi: “Uloq" xalqning qadimiy o`yini. Uni ilk bor ko`rgan Muso hang-mang bo`lib qoladi.
Qalin odamlar orasidan jonivor ot o`qday uchib ketdi. Bir ongina sarosimaga tushgan uloqchilar ko`pirgan, quturgan daryoday, duv etib, orqadan quvib ketdi. Uloqchilar biridan biri uloqni olib qochadi, yana butun otliq duv quvadi..."
Surxondaryo hududida qadim-qadim zamonlarda ham xalq o`yinlarining muayyan tizimi mavjud bo`lgan, bu haqida shu erda o`tkazilgan afxeologik va ethografik manbalar xabar beradi. Tarixdan ma`lumki, hisobsiz jang-u jadallar va yurishlarda ishtirok etuvchi baqtriya jangchilariga zo`r jismoniy tayyorgarlik, kuch, tezlik, chaqqonlik va chidamlilik juda ham zarur bo`lgan. Bunday jismoniy sifatlar ularda uzoq muddatli davom etgan mashg’ulotlardan so`ng qaror topgan. Bu davrda ot sporti, kamondan otish, yugurish, sakrash, irg’itish, suvda suzish, ovchilik, shatranj, kurash va boshqa ko`pdan ko`p o`yin turlari yuksak darajada taraqqiy etgan.
Surxondaryo viloyati hududida Nika ma`budasining paydo bo`lishi shundan guvohlik beradiki, demak, bu erda qadimgi yunon olimpiya o`yinlariga o`xshash sport musobaqalari o`tkazilgan va 2,0 santimetr bo`lgan ikkita shaxmal donasining topilishi katta kashfiyotdir. Ulardan biri fil, ikkinchisi esa ho`kiz timsolidir.
Ularni eramizdan oldingi I-II asrga ya`ni Kushon impriyasi davriga mansub deyish mumkin. Dalvarzintepadan topilgan shaxmat donachalari chaturang o`yinining shatranj shakliga oid bo`lishi kerak.
Yusuf xos Hojib begona davlatga boradigan elchining o`ziga xos bo`lgan fazilatlari: bilimdonlik, chechanlik va tadbirkorligidir, deydi: „SHaxmal va nard o`yinlari elchining fazilatini shu darajada aks ettirishi lozimki, toki hariflari undan ustun bo`lmasin. Chavgon o`yiniga mohir, yoy lortishga qodir, qushchilik, ovchilik sirlaridan xabardor bo`lish ham elchi fazilatlarini oshiradi.
Erkin Vohidovning „Buyuk hayot tongi" dostonida shaxmat musobaqasi tasviri orqali qahramonlarning ruhiy holati ochib berilgan. Unda „kisht”, „rix", „shohga hujum" kabi milliy sport atamalari qahramonlarning hayotga munosabatlarini ham belgilab ko`rsatgan, ya`ni chiroyli so`z o`yinlari hosil qilingan. Xar bir xalq, millat va elat o`zining milliy, ma`naviy va madaniy merosini asrlar osha avaylab-asrab kelmoqda, shu asnoda xalqimizning qadimiy va navqiron milliy kurashi bunga dalil bo`la oladi.
Shuni e`tirof etish kerakki, milliy kurashimiz tarixi insoniyat taraqqiyotining uzoq o`tmishidan boshlanadi. Teshiktosh, Ayritom, Kuchuktepa, Dalvarzintepa, Afrosiyob va shunga o`xshash yirik arxeologik qazilma topildiqlari ichida sopol, chinni idishlar; devorga solingan suratlarda qadimgi kurashchilarning bellashuvlari aks ettirilgan. Bu bilan qadimgi ajdodlarimiz xo`jalikni boshqarish, qiyinchiliklarga barham berish, dushmanlarga qarshi mardonavor kurashish va ularning ustidan muvaffaqqiyatli g’alaba qozonish bilangina emas, balki yosh avlodni hayotga sog’lom, baquvvat, jasur, epchil, kuchli, chidamli qilib tayyorlash hamda tarbiyalashga ham alohida e`tibor berganlar.
Ajdodlarimiz qoldirgan qadimiy qo`lyozmalar, dostonlar, ertaklar, rivoyatlar, topishmoqlar va qo`shiqlarda kurash haqidagi ko`plab atamalar uchraydi. Mahmud Koshg’ariy milliy kurashimizning qoidalari, usullari haqida qator misollar keltiradi, masalan, „olishish, tortishish", „kurashdi", „kurash tushdi", „engildi", „tepdi", „u uni chalib yiqitdi", „yutdi", „ular ikkovi bir-birlari bilan bo`yin qayirishda bahslashdilar", „engilmas, kurashchi, botir", „kurashchi, belbog’, kamar, „qaytardi", „ko`tardi", „qayirdi", „tepishdi", „silkishdi", „sakrashdi", „unining oyog’ini kurashda chaldi, qayirdi" va hokazolar.
Mashhur hakim Abu Ali ibn Sino „Tib qonunlari" kitobida kurashning ikki turini lavsiflab, ularning mohiyati va qo`llanish qoidalarini muvassal yozib qoldirgan. Uning ta`rificha, kurashning bir turida belidan ushlashga ruxsat berilib, oyoq ishlatmasdan kurashish bo`lsa, ikkinchisi esa qaysi joydan ushlab olsa, shu erdan mahkam tutish va oyoqlar yordamida harakal qilishdir. Ammo kurashning ikkala turida ham qo`llar bilan oyoqdan olish qat`iyan man qilingan.
Hozirgi paytda bu xil musobaqalarni o`zbeklar kurash, tojiklar gushtingari, turkmanlar guresh, qozoq va qirg’izlar kures deb ataydilar.
Navoiy, Bobur, Vosifiy davrlarida kushtigir, gushtigir iboralari bilan bir vaqtda „kurash" so`zi ham faol qo`llangan. Shuningdek, miyongir, miyongirlik, (kurash, kurashish, olishish) va buqa (kurshchi, polvon) so`zlari ham o`z davrining mahsuli hisoblangan. „XVI asr Xorazm yodnomalari"da bir pahlavon uch yuz oltmish turli kurash ilmini bilur deyiladi.
Xalqimizning sevimli dostoni „Alpomish" da kurash ko`p manzaralar orqali tasvirlangan, shunday holatlardan biri Barchinoyning to`rtinchi sharti - alplarni kurashda engish shartini bajarayotgan Alpomishga qarata Barchin shunday deydi: