7 -8 yoshli bolalar bilan xarakatli oyinlarni otkazish metodikasi
Sen tur, sen chiq Bunday sanoq termalari ma`lum bir sujet asosida tuzilmasligi, so`zlar ham biror ma`noni anglatmasligi mumkin. Ammo bolalar uchun ularning mazmuni aniq - sanoq yordamida o`z o`rinlarini aniqlab oladilar.
Sanoq termalarida ba`zan uzun so`zlar ham uchraydi, ayrimlarida ikki, hatto uch martagacha sanash mumkin yoki ikki so`z bitta so`z hisobda keladi.
Shuning uchun, yanglishmaslik maqsadida barcha saloq termalarida har sanoq ustiga urg’u qo`ysa yaxshi bo`ladi.
Sanoq termalaridan tez chiqarish uchun ham foydalansa bo`ladi. Bunday xolatlarda oxirgi so`z to`g’ri kelgan bola shu o`yinni boshqaradi
Devor ketib, Barra o`ti, Jiblajibon, Yoqutxon, San tur, san chiq! Sanoq termalari yoki sanoq o`yinlari xalq harakatli o`yinlarining debochasidir, shuning uchun ham biz ularni shartli ravishda milliy xalq o`yinlari silsilasining sardori yoki “o`yinboshi”si ham deb ataymiz. Zero, ular sanoq bo`lsa-da, aslida qalbimizga zavq-shavq sololgan hayajonbahsh o`yindir.
Ba`zan u qo`shiq bo`lib kiradi, qalblarimizga jo`shqinlik, shiddatkorlik ruhini singdiradi.
Sanoqning bitta siri bor, undan hech kim foydalanmasligi lozim. Uch yoki to`rt kishi bo`lganda hech ham sanoqni o`tkazmaslik darkor, chunki bu erda doimo birinchi bo`lib sanovchining o`zi chiqib turadi.
Ko`pgina sanoq termalaridan keyin jami 3-4 kishi qoladi, uzun sanoq (termasini takrorlash uzoq muddalli va zerikarli bo`ladi, vaholanki, bitta sanoq bilan har o`ynovchini bir necha marta ko`rsatishga to`g’ri keladi. eng yaxshisi, sanoq termasini qisqasiga almashtirish yoki sanoqchini almashtirish kerak. Odatda, sanoq termasini kim boshlagan bo`lsa, birinchi bo`lib chiqadi, birdan boshqa sanoqchi boshlab ketadi. Chunki har kim o`zining sevimli sanog’ini aytgisi keladi-da!
Sanoq so`zi o`zbek xalq jonli so`zlashuvida azaldan mavjud. Ota-bobolarimiz sanoq sonlaridan turmushning barcha sohalarida, chunonchi, milliy harakatli o`yinlarda ham keng o`rinda foydalanganlar. Dastavval, bolaning sanoqlari bilan ilk tanishuv o`yinlari orqali emas, balki ona bag’rida, uning barmoqlarini sanashdan boshlanadi. Qadim zamonlarda odamlar muqaddas yoki sirli raqamlar har xil xususiyatiga ega bo`ladi, deb o`ylaganlar. Ulardan ba`zilarini xosiyatli yoki xosiyatsiz deb bilishgan.
D.Frezerning ma`lum qilishicha, eramizdan uch ming yil ilgari ham turli marosimlar, har xil aqida, e`tiqodlar yilning ma`lum kunlari, kishilarning, mollarning soni bilan bog’liq sirli raqamlar mavjud bo`lib, ular hanuzgacha turli xil vazifalarni bajarib keladilar. Ularni o`zbek xalq ertaklari, dostonlarida, maqol va rivoyatlari, osori atiqalarida ko`plab uchratish mumkin. Zero, o`yin vaqtida raqamlar uchrasa-da, lekin sirli raqam ishlatilmaydi, aksincha, sanoq so`zlariga qofiya tarzida ishlatiladi. Masalan, o`yinboshi bolalar yashirinib bo`lgunicha sanab turadi: bir, ikki, uch, to`rt, besh, etti - kettim! Bu o`rinda “etti” - kutish muddati bildi, yashirinishga ulgursang ham, ulgurmasang ham, qidirishni boshladim! - degan ma`noni anglatadi.
O`yinni tamomlash
O`zbek xalq milliy harakatli o`yinlarining hamma turlariga juda ham puxta ishlov berilgan. O`yinga chaqirish, uning boshlanishi, undan keyin o`yinning tugashi. Bularning barchasi bir ipga tizilgan marjon shodalariga o`xshaydi. O`yin tugagandan keyingi holat ham jozibali talqin qilingan.
Bolalar o`yin tugashida turlicha so`zlar bilan tarqalishni odat qilishgan:
-uy-uyiga, tepa to`yiga!
-uy-uyiga, to`ppa to`g’ri to`yiga!
-uy-uylikka, tepa tullikka!
-bir xo`rozim bor, u ham uyquga!
Xalqimizning nodir durdonalari bo`lgan milliy xalq harakatli o`yinlari va sanoq termalarini topish, jamlash va uni amaliyotga tadbiq qilish qadriyatlarimiz va ma`naviyatimizni tiklashdagi zarur vazifalardan biridir. CHunonchi, xalq harakatli o`yinlarini aynan o`z holicha o`ynash bolalarga zavq-shavq beribgina qolmay, ma`naviy boyliklarimizga hurmat bilan qarashni, ularni e`zozlashni va saqlay bilishni ham o`rgatadi.
O`zbek xalq o`yinlaridan namunalar “Cho`pon”
Oyinga tayyorlanish. Maydonning ikki qarama-qarshi tomoniga chiziq chiziladi. O`ynovchilar ikki guruhga bo`linib, har bir guruh bir-biriga qarab, maydonning ikki tomonidagi chiziq orqasida turadilar. Har bir guruh uchun o`yinboshi saylanadi. Birinchi (o`yinni boshlovchi) guruhning har bir o`yinchisida bir varaq qog’oz va tasma bo`ladi.
O`yin tavsifi. O`qituvchining ishorasidan so`ng birinchi guruhning onaboshisi, ikkinchi guruhning onaboshisiga qarab: ”Cho`pon, cho`pon", - deydi.
Ikkinchi guruh onaboshisi: “Sening podang ketib qolgan”, - deydi.
Bob bo`yicha xulosa. 1.Ilmiy-uslubiy adabiyotlar taxlili ko`rsatadiki, xarakatli o`yinlar 7-8 yoshli bolalarni salomatligini mustaxkamlashda asosiy vositalardan biridir.
2.Xar xil maktablarda o`quvchilar xarakatli o`yinlarga bo`lgan qiziqishlarini oshirishda turli xildagi usul va uslublar qo`llaniladi.
3.To`g’ri tashkil qilingan xarakatli o`yinlar o`quvchilarni jismoniy tayyorgarligini hamda xarakat faolligini oshiradi.
4.Kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlari jarayonida xarakatli o`yinlarni tashkil qilish va o`tkazish bolalarning jismoniy tarbiya bilan shug’ullanishlariga qiziqishni uyg’otdi.
5.Ilmiy-uslubiy adabiyotlarning taxlilidan ta`sir ko`rsatadiki bugungi kunda xarakatli o`yinlar o`quv muassasalarida chop etilgan bo`lsada ularning barchasida bolalarning yosh xususiyatlari etarli darajada xisobga olinmagan.