«Тасдиқлайман»


Bitiruv malakaviy ishidan olingan natijalar va ularning tahlili



Yüklə 437,5 Kb.
səhifə13/16
tarix06.06.2022
ölçüsü437,5 Kb.
#60803
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
7 -8 yoshli bolalar bilan xarakatli oyinlarni otkazish metodikasi

2.3. Bitiruv malakaviy ishidan olingan natijalar va ularning tahlili
2.3.1. 7-8 yoshli o`quvchilar bilan xarakatli o`yinlar bo`yicha o`tkazilgan tajribani samaradorligi.
Darsda va darsdan tashqari vaqtda o`tkaziladigan xarakatli o`yinlar.
O`qituvchi xar bir darsda bola organizmiga xar tomonlama tasir etib, turli mashq va xarakatli o`yinlarni tanlashi, shuningdek, o`yinlarni o`tkazish metodikasini o`zgartirib turishi zarur.
Darsda, shuningdek turli o`yinlarni . o`tkazish jarayonida o`rganiladigan materialning metodik jixatdan izchil bo`lishiga etibor berilishi lozim. Bu, birinchidan, darsning ta’lim-tarbiyaviy vazifalarini to`g’ri xal qilish, ikkinchidan, dars materiallarining to`la o`tilishiga erishish, uchinchidan, butun dars davomida xar bir mashqni muayyan meyorda to`g’ri olib borish imkonini beradi.
Agar dars borida yoki o`rtalarida zo`r etibor berishni va moslashtirilgan murakkab xarakatlar qilishni talab etadigan o`yin va mashqlar o`tkazilgan bo`lsa, dars oxirida o`quvchilaring charchagan organizmini birmuncha tinch xolatga keltirishga yordam beradigan o`yin va mashqlarni o`tkazish kerak. Masalan, dars boshida bolalani diqqatini to`plash uchun "O`ylab top" yoki "Tezda xamma joy-joyiga", "Man qilingan xarakat" singari o`yinlar o`ynalgan bo`lsa, darsning asosiy qismida yaanada xarakatchanroq o`yinlarni "Quvnoq bolalar", Qoch.bola, kalxat keldi" kabi o`yinlarni o`tkazish tavsiya etiiladi.
O`rta yoshdagi o`quvchilar bilan darsning asosiy qismida "CHog’pon, qo`y va bo`ri", “Oq tosh", "Oq ayiqlar" va boshqa o`yinlarni o`tkazish tavsiya qilinadi. Darsning yakunlovchi qismida kam xarakatli "Pat", "pir-r-r..." (qush uchishini eslatadigan tovush) va boshqa shular kabi o`yinlarni o`tkazish lozim.
Agar butun dars davomida faqat o`yin materiallaridan iborat bo`lsa, serxarakatli o`yinlarni kam xarakatli o`yinlar bilan, aksincha bir xil xarakterdagi o`yinni ikkinchi xil xarakterdagi o`yin bilan navbatma navbat almashtirib o`tkazish kerak.
Agar o`qituvchi sport turlaridan biri texnikasining ayrim elementini o`yin yordamida bolalarga o`rgatish yuzasidan o`z oldiga muayyan maqsad va vazifaiar qo`yadigan bo`lsa, u o`yin materialining mazmuni va yo`nalishini puxta o`ylab chiqishi zarur.Masalan, "To`pni onaboshiga berma" yoki "To`p ilish" o`yinlari yordamida bolalarga to`p uzatish va ilib olishni o`rgatish belgilangan bo`lsa, bu vazifani faqat shu o`yinlarni o`ynash usuli bilangina xal etib bo`lmaydi.
Chunki o`ynayotganlarning asosiy etibori to`pni tez uzatish va ilib olish bilan band bo`lib, texnika elementlarning to`g’ri bajarilishiga rioya qilinmaydi. Agar bu vazifa tegishii metodik ko`rsatmalarga amal qilib va ba’zi bir o`zgarishiar kiritib o`tkaziladigan o`yin estafeta yordamida bajarilsa, maqsadga erishish mumkin.
O`ynovchilarni charchatib qo`ymaslik uchun xayajonli va ermak o`yinlarni ko`p o`takazavermasdan, ularni bolalarning jismoniy tayyorgarlik darajasi va organizmining imkoniyatini xisobga olgan xolda boshqa xil o`yin va mashqlar bilan qo`shib olib borish kerak.
Xushyor o`qituvchi ayrim bolalardagi charchash belgilarini (rang o`chishini, xarakatlardagi sutslik va o`yinni davom ettirishni istamaslikni) xamma vaqt osongina sezadi.
Jismoniy tarbiya darsining muxim xususiyatlaridan biri vaqtdan bir meyorda to`g’ri foydalanishdir. Bunday qilish darsni puxta o`tish imkonini beradi. O`qituvchi o`zquvchilarni darsga aktiv qatnashtirish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishi, shuningdek xamma o`quvchilarga beriladigan topshiriqlarning bir meyorda bo`lishiga erishishi lozim.
Bunga xar bir o`yin va xar bir qatnashchi uchun vaqtni aniq taqsimlash yo`li bilan erishish mumkin. Agar o`ynovchiiar soni juda ko`p bo`lsa, bir necha gurux yoki jamoa tuzish, topshiriqni bajarish uchun beriladigan vaqtni qisqartirish lozim.
O`yin paytida o`yin qoidalarini buzgan qatnashchilarni o`yindan chiqarib yuborishga emas, balki, yaxshisi, ularga jarima ochkolari berishga etibor berish kerak.
O`yinning bo`linib qolishiga yo`l qo`ymaslik uchun, unga oldindan yaxshilab tayyorgarlik ko`rish zarur. O`yin o`tkaziladigan joy va asbob-uskunalarni oldindan tayyorlab qo`yish lozim.
O`qituvchi sport bazasining imkoniyatlarini va o`quvchilarning tayyorgarlik darajasmi xisobga olib, maktab datsurida tavsiya etilgan o`yinlarni o`zgartirishi va ularga o`g’shimchalar kiritishi mumkin
Xarakatli o`yinlarni o`quv yilining choraklari bo`yicha rejalashtirishda ob-xavo sharoitini xisobga olish kerak. Masalan,
O`zbekitson sharoitida ikkinchi chorakdan boshqa barcha choraklard mashgg’ulotni ochiq xavoda o`tkazish mumkin. Biroq, yaxshi ob-xavo sharoitiga mo`ljallangan "Darsda chikaldak", "Oq tosh", "Qoziq o`yini", "Tegizsang minasan", "Bayroq uchun kurashish" singari o`yinlarni rejalashtirganda extiyot uchun bu o`yinlar o`rniga binoda o`tkazilishi mumkin bo`lgan o`yinlarni xam mo`ljallab qo`yish darkor.
Xar bir chorak oxiri uchun belgilangan nazorat mashqlarga bog’liq turli jismoniy mashqlar komploksidan iborat bo`lgan o`yinlarni kiritish lozim. Bunday o`yinlar o`quvchilaming tayyorgarligini, orttirgan malakasini xamda ular xarakatlarining tezligi va uyushqoqligini tekshirishga yordam beradi.
O`yin vaziyatida taktik fikr yuritishni o`stirish uchun o`yin sharoitiga yaqinlashtirilgan sharoitda, bolalarga o`yinning ayrim texnik usullarini o`rgatishda o`yinga "raqib o`yinchini kiritish kerak.
Bolalar uchun xarakatli o`yinlarning roli ularda muayyan jismoniy xislatlar xosil qilish va bu xislatlarni o`stirish bilangina chegaralanmaydi. Xarakatli o`yinlardan bolalarni intizomli qilib tarbiyalash va jamoada o`zini to`g’ri tuta bilishga o`rgatish uchun xam foydalanish mumkin. Xuddi mana shunday kollektivda bolalar birgalikda xarakat qilish va o`z o`rtoqlariga yordam berishga o`rganadilar.
7-8-yoshli bolalarda uyushqoqlik bilan bir maqomda yurish ko`nikmalarini xosil qilish uchun jo`r bo`lib o`ynaladigan o`yinlarni (doira bo`lib aylanib o`yinga tushib, ashula aytib o`ynaladigan o`yinlar), musiqaga jo`r bo`lib oo`ynaladigan o`yinlarni, shuningdek, aytib turilgan sher vazniga moslashtirib o`ynaladigan o`yinlarni tanlash lozim.
Shu maqsadda, "Musiqaga jo`r qilib yurish", "Karusel", "O`ylab top", "Kimning ovozi" singari mashxur o`yinlardan, shuningdek, "o`razan-bo`razan", "Pat", "Pr-r-r...", "Oq terakmi, ko`k terak" kabi milliy o`yinlardan foydalanish mumkin.
Bu o`inlar juda oddiy bo`lib, ulardan jismoniy tarbiy;» darslarida, ayniqsa, darsning boshlari va oxirlarida muvaftaqiyatli foydalanilmoqda.
Turli xil xarakatlarda bolalarda ijodiy xayol va mustaqillikni o`stirishga yaxshi yordam beradigan "Pr-r-r...", "Pat", "Kim keldi" singari syujetli o`yinlarni tanlash va o`tkazish xam juda muximdir.
Agar darsda bir qancha o`yin o`tilsa, ular turli xarakterda bo`lishi, ularga kiritiladigan mashqlar va xarakat elementlari bir xil bo`lmasligi lozim. O`qituvchi xar bir darsning aniq vazifasini nazarda tutib birorta xarakatli o`yinning asosiy vazifasini aniqlashi kerak.
Kichik yoshdagi (7-8 yoshdagi) o`quvchilar uchun o`yinlar.
Bu yoshdagi bolalar uchun xarakatli o`yinlar jismoniy tarbiya darsining asosi bo`lib xisoblanadi. Shuning uchun maktab dasturida o`yinlarga boshqa materiallarga nisbatan ko`proq o`rin ajratiladi. Buning sababi shundaki, dasturga kiritilgan turli xil jismoniy mashqlarni bolalar xilma-xil o`yinlar vositasida osongina idrok qiladilar va o`zlashtiradilar.
Masalan, yugurib kelib uzunlikka sakrashni o`rgatish uchun aloxida mashg’ulot o`tkazilganda o`qituvchi tomonidan qo`yilgan vazifa amalga oshirilmay qolishi mumkin. Chunki mashqni tushuntirish, ko`rsatib berish, bajarish va uning qanday bajarilganligini aniqlash, xatolarni tuzatish bolalar uchun juda zerikarli bo`ladi. Agar bu vazifani xal qilish uchun "Bo`ri zovur ichida" o`yinidan foydalanilsa maqsadga osongina erishiladi.
7-8-yoshli bolalar uchun xarakatli o`yinlarni asosan darsning asosiy va yakunlovchi qismida o`tkazish tavsiya etiladi, chunki dastur meteriali darsning kirish qismida saf mashqlarini o`tkazishni talab qiladi.
O`yinlarda yugurish, sakrash va uloqtirish yoki irg’itish mashqlariga aloxida eg’tibor berish lozim. Bu yoshdagi bolalar bilan" oddiy va o`rtacha murakkab o`yinlarni o`tkazish bilan birga, agar kollektiv vetarli darajada tayyorlangan bo`lsa, ancha murakkabroq, yani jamoalarga bog’lanib o`ynaladigan o`yinlarni xam o`tkazish mumkin.
Jamoa o`yinlari etarli darajada chaqqonlik, xozirjavoblik, farosatlilikni va jismoniy tayyorgarlikni talab etadi va ayni vaqtda bu xususiyatlarni takomillashtiradi.
Jismoniy tarbiya darslari ko`pincha turli o`yinlardan tarkib topgan bo`ladi va bundan tashqari darsga gimnastika xamda sport o`yinlarining asosiy turlari basketbol va voleybol xam kiritiladi
O`qituvchi xarakatli o`yinlar yordamida jismoniy mashqiarni qiziqarli o`tkazadi va bu bilan 7-8 yoshli bolalarda xarakat ko`nikmalarini xosil qiladi.
7-8 yoshli bolalarda xarakatli o`yinlarga qatnashganlarida ularning xarakatlari anchagina tartibli va aniq bo`lib qoladi.
Agar o`qituvchi sportning biror turi soxasida o`quvchilarda xarakat ko`nikmalarini xosil qilish yuzasidan o`z oldiga muayyan vazifa qo`yadigan bo`lsa, unda ayrim darslar shu vazifani bajarishga yordam beradigan o`yinlardan iborat bo`ishi mumkin. Shuni nazarda tutish kerakki, o`yin darsini o`tkazish o`quvchilardan o`yin xarakatlarining ba’zi ko`nikmalariga ega bo`lishni talab etadi.
Yaxshisi darsga bolalarga notanish bo`lgan o`yinlarni kiritmaslik kerak. O`yin darslari zo`r tarbiyaviy axamiyatga ega bo`lishi bilan bir vaqtda ilmiy jixatdan kamchilikiardan xam xoli emas. Bunga o`yinlarni o`tkazish jarayonida o`ynovchilarda xosil bo`layotgan ko`nikmalarni kuzatib va nazorat qilib borishning qiyinlashuvi sabab bo`ladi.
O`yin darslarini xar o`quv choragining oxirgi o`n kunliklari mobaynida o`tkazish maqsadga muvofiqroq bo`ladi, chunki shunday qilish o`qituvchiga bolalarda biror xarakat ko`nikmalari qanchalik xosil bo`lganligini aniqlash imkonini beradi.
Xarakatli o`yinlar 7-8 yoshli bolalarni jismoniy tarbiya darslarida xam kattagina o`rin oladi. Bu sinflarda ular jismoniy tarbiya darslarida xosil qilingan xarakat ko`nikmalarini takomillashtirish va mustaxkamlash uchun xizmat qiiadi. Darsning butun asosiy qismi muayyan vazifani xal qilishga, masalan, basketbol o`yini texnikasining asosiy elementlarini o`rgatishga qaratilgan o`yin materiallaridan iborat bo`lsa, bunday darslarning kirish qismida "To`plar poygasi singari xarakatli o`yinlardan foydalanish mumkin. Bunday xollarda darsning asosiy qismiga "Ovchilar va o`rdaklar", "Otishma" o`yinlari kiritiladi.
O`yinlardan foydalanishda o`yin texnikasining u yoki boshqa elementlari qanchalik tez bajarilishigagina emas, balki ularning bajarilish sifatiga xam aloxtda e`tibor berish zarur.

Yüklə 437,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin