1.2. 60411700- Logistika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining tavsifi. 1.2.1. 60411700- Logistika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari: 60411700 - Logistika bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – fan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, u erkin iqtisodiy zonalarda logistik faoliyatni tashkil etish, boshqarish, rejalashtirish, nazorat qilish, marketing kompleksi, erkin iqtisodiy industrial zonalar, bozorni segmentlash va pozitsiyalashtirish, logistika tizimida tadqiqotlari o‘tkazish, korxonalarning marketing strategiyasini ishlab chiqish, tovar, narx, sotish, siljitish, yetkazib berish zanjirini tashkil etish, yangi tovarlarni bozorga kiritish, korxonalarni tashqi bozorlarga chiqish usullari, turli mulkchilik shaklidagi korxona va erkin zonalarda logistika faoliyatini rivojlantirish, istiqbolini belgilash majmuasiga yo‘naltirilgan usul va vositalar majmuini qamrab oladi.
Yo‘nalish bo‘yicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari, kadrlar buyurtmachilari va soha mutaxassislarining taklif va talablaridan kelib chiqqan holda bakalavrlarning kasbiy faoliyat sohalarida qo‘shimcha va o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.
1.2.2. 60411700- Logistika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining ob’ektlari: - davlat va nodavlat tashkilot, korxona va muassasalar, kompaniyalar (firmalar), ishlab chiqarish birlashmalari va boshqalar;
- logistik markazlar, logistik faoliyatni olib boruvchi barcha ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatuvchi korxona va firmalar;
- iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarida tashkilot, korxona va muassasalar samaradorligi va natijadorligini oshirish jarayonlari;
- iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalarida vaziyatli va tizimli yondoshuv tamoyillarini tatbiq etish, davlat va mahalliy boshqaruv qarorlarini amalga oshirish jarayonlari;
- tashkilot va korxonalarda zamonaviy boshqaruv tizimini tashkil etish, tashkiliy tuzilmalarni optimallashtirish, boshqaruv samaradorligini oshirish, mehnatni rag‘batlantirish jarayonlari;
- firma va kompaniyalar, shuningdek, turli mulk shaklidagi korxonalarni boshqarish, ilmiy tadqiqot muassasalari va mahalliy davlat organlarida iqtisodiy faoliyatni ta’minlash;
- ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlari.