1.2.3. 60411700- Logistika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining turlari: - tashkiliy-boshqaruv.
- ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish:
- axborot-tahiliy faoliyat;
- ilmiy-tadqiqot faoliyati;
- tadbirkorlik.
1.2.4. 60411700- Logistika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning kasbiy vazifalari. 60411700 – Logistika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Milliy malaka ramkasining 6-malaka darajasi hamda bakalavr kasbiy faoliyatlarining sohalari, ob’ektlari va turlariga muvofiq bakalavriat bitiruvchisi quyidagi kasbiy vazifalarni bajarishga qodir bo‘lishi lozim:
Tashkiliy-boshqaruv hamda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatida: - xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini rejalashtirish, hisob-kitob va tahlil qilish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar, huquqiy hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlar;
- rejalashtirish ishlarini tashkil etish;
- xo‘jalik yurituvchi sub’ektini xo‘jalik-moliyaviy va ishlab chiqarish faoliyati bo‘yicha istiqbolli va joriy rejalarni (dasturlarini) ishlab chiqish;
- xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni iqtisodiy faoliyatini oqilona tashkil etishda mamlakatimiz va xorij tajribasini o‘rganish;
- ishlab chiqarishni texnologik asoslarini bilish;
- xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni texnika-iqtisodiy hisob-kitoblar va xo‘jalik faoliyati tahlilini olib borishda axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish;
- mehnatni muhofaza qilish me’yor va qoidalariga amal qilish.
- tarmoqlar va sohalar bo‘yicha korxonalar faoliyati sifatini boshqarish jarayonlarini ishlab chiqish va tatbiq qilish;
- tarmoqlar va sohalar bo‘yicha korxonalarda ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari va resurslarini rejalashtirish;
- zamonaviy axborot texnologiyalari tizimini yaratish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari monitoringi va sifatini baholash metodlari va mexanizmlarini ishlab chiqish;
- tarmoqlar va sohalar bo‘yicha korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar yechimlarini amaliyotga tatbiq etish;
- fikrlar har xil bo‘lgan sharoitda boshqaruv qarorini qabul qilish;
- tarmoqlar va sohalar bo‘yicha korxonalar ishini tashkil qilish va uni boshqarish;
- bajarayotgan faoliyati bo‘yicha ish rejasini tuzish va uni bajarish, nazorat qilish va amalga oshirgan ishining natijalarini baholash;
- atrof-muhitni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi talablariga mos kelishi borasida ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish;
- ishlab chiqarish jarayonlari va resurslaridan foydalanishni rejalashtirish, favqulodda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni tahlil qilish.
- ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalariga investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini qo‘llash, investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish.
- tarmoqlar va sohalar bo‘yicha ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida iqtisodiy xizmat bo‘linmalarini tashkil etish;
- tarmoqlar va sohalar bo‘yicha korxonalarda yangi tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning namunaviy texnologik jarayonlarini ishlab chiqish va qo‘llash;
- tarmoqlar va sohalar bo‘yicha korxonalarda ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari va resurslarini rejalashtirish;
- tarmoqlar va sohalar bo‘yicha korxonalarda ishlab chiqarish va mehnat resurslaridan samarali foydalanish tamoyillarini qo‘llash;
- bajarilayotgan nazariy va amaliy ishlar mavzusi bo‘yicha matematik, informatsion va imitatsion modellarni ishlab chiqish va tatbiq etish.