Tadbirkorlik faoliyatida: - yangi biznes-loyihalarni shakllantirish va amalga oshirish;
- biznesni tashkil etish, biznes-rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
1.2.5. Ta’limni davom ettirish imkoniyatlari 60411700- Logistika bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr kasbiy tayyorgarlikdan keyin:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadigan iqtisodiyot sohalarini qamrab oluvchi magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha belgilangan muddatlarda o‘qishni davom ettirishi mumkin.
2. 60411700- Logistika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning kasbiy kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar
2.1. Umumiy kompetensiyalar: - davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olish;
- xorijiy tillardan birida kasbiy faoliyatiga oid hujjatlar va ishlar mohiyatini tushunishi, tabiiy ilmiy fanlar bo‘yicha kasbiy faoliyati doirasida zaruriy bilimlarga ega bo‘lishi hamda ulardan zamonaviy ilmiy asosda kasb faoliyatida foydalana bilish;
- axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatida qo‘llay bilishi, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish usullarini egallagan bo‘lishi, faoliyatida mustaqil asoslangan qarorlar qabul qila olish;
- yangi bilimlarni mustaqil egallay bilishi, o‘z ustida ishlashi va mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila olish;
- sog‘lom turmush tarzi va unga amal qilish zaruriyati to‘g‘risida tassavvurga ega bo‘lish.
2.2. Kasbiy kompetensiyalar: - me’yoriy-huquqiy hujjatlarni izlash, tahlil qilish va ulardan kasbiy faoliyatida foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- ishlab chiqarishni tashkil etish, tashkiliy tuzilmalarni optimallashtirish, resurslardan samarali foydalanish hamda korxona (tashkilot)ni rivojlantirish strategiyasini qo‘llash, tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- ijodiy fikrlash, muzokaralar, uchrashuvlar, ishbilarmonlik yozishmalarini olib borish va onlayn aloqalarni amalga oshirishni bilish;
- korporativ axborot tizimlarini, moliyaviy-iqtisodiy tahlil va moliyaviy hisobotlarni tayyorlashni, ma’lumotlar bazasini yuritishni bilish;
- strategik va operatsion rejalashtirish, ishni samarali tashkil etish, boshqarishning zamonaviy texnologiyalarini, xodimlar jamoasiga yetakchilik qilishni bilish;
- iqtisodiy o‘sish, strategik tahlil qilish, raqobatdoshlikni ta’minlashga qaratilgan tashkilot strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- aktivlarni baholash, aylanma mablag‘larni boshqarish, dividend siyosati va kapital tuzilmasini shakllantirishda moliyaviy boshqaruvning asosiy usullarini qo‘llay bilish;
- loyihalar, biznes-rejalar va shartnomalarni shakllantirish hamda boshqarish, ijrochilar faoliyatini muvofiqlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- makroiqtisodiy muhitni, bozor va unga xos xatarlarni, raqobat muhitini tahlil qilish va baholash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatiga ta’luqli qarorlarni qabul qilishda, ularni aniq vazifalarga moslashtirish orqali iqtisodiy, moliyaviy va tashkiliy-boshqaruv modellarini shakllantirishda miqdoriy va sifatli tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- buxgalteriya siyosati va tashkilotning moliyaviy hisobotlarini shakllantirishda moliyaviy buxgalteriya hisobining asosiy printsiplari va standartlarini, boshqaruv hisobi ma’lumotlari asosida xarajatlarni boshqarish va qarorlarni qabul qilish uquviga ega bo‘lish;
- biznes jarayonlarini modellashtirish, biznes yuritishning iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarini baholash, yangi bozor imkoniyatlarini aniqlash va yangi biznes modellarini shakllantirishni bilish;
- yangi tashkilotlarni (faoliyat yo‘nalishlari, mahsulotlari) yaratish va rivojlantirish uchun biznes rejalashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.