Tasdiqlangan va amalga kiritilgan



Yüklə 67,93 Kb.
səhifə2/8
tarix13.06.2023
ölçüsü67,93 Kb.
#129358
1   2   3   4   5   6   7   8
60310100 logistika malaka talablar

1. 60411700- Logistika bakalavriat ta’lim yo‘nalishining umumiy tavsifi


60411700 - Logistika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash oliy ta’limning o‘quv reja va fan dasturi asosida kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit-modulь tizimi asosida tashkil qilinadi. Kredit-modul tizimining nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini to‘liq o‘zlashtirgan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan shaxsga “bakalavr” malakasi (darajasi), “Iqtisodchi” kvalifikatsiyasi beriladi hamda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi davlat namunasidagi rasmiy hujjat(lar) beriladi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 4 yil.
1.1. Qo‘llanish sohasi.
1.1.1. 60411700 - Logistika ta’lim yo‘nalishi Malaka talabining qo‘llanilishi.
Malaka talabi 60411700 - Logistika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlovchi barcha oliy ta’lim tashkilotlari uchun talablar majmuini ifodalaydi.
1.1.2. Malaka talablarining asosiy foydalanuvchilari:
- mazkur ta’lim yo‘nalish bo‘yicha malaka talablari, o‘quv reja va fan dasturlarini ishlab chiqish va yangilash, ular asosida o‘quv jarayonini samarali amalga oshirish uchun mas’ul hamda o‘z vakolat doirasida bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga javob beradigan oliy ta’lim tashkilotining boshqaruv xodimlari (rektor, prorektorlar, o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i, dekanlar va kafedra mudirlari) va professor-o‘qituvchilari;
- ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasi va fan dasturlarini o‘zlashtiruvchi oliy ta’lim tashkilotining talabalari;
- bakalavriat bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasini baholashni amalga oshiruvchi Davlat attestatsiya komissiyalari;
- ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organlari;
- oliy ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirishni ta’minlovchi organlar;
- oliy ta’lim tizimini akkreditatsiya va sifatini nazorat qiluvchi vakolatli davlat organlari;
- kadrlar buyurtmachilari va ish beruvchi tashkilot va korxonalar;
- oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirayotgan abiturientlar, ularning ota-onalari va boshqa manfaatdor shaxslar.

Yüklə 67,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin