Axborot-tahliliy faoliyatida: - zamonaviy axborot texnologiyalardan boshqaruvda foydalanish, ishlab chiqarish jarayonlari monitoringi va sifatini baholash usullari va mexanizmlarini ishlab chiqish;
- ishlab chiqarish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun tashkilotning tashqi va ichki muhiti omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish;
- qaror qabul qilish, faoliyatni rejalashtirish va boshqarish uchun ma’lumot to‘plash, tashkilotning ichki axborot tizimini yaratish va uning ishlashini boshqarish;
- tashkilotning ichki hujjat aylanishi tizimini ishlab chiqish va boshqarish, tashkilotlar faoliyatining turli ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yuritish;
- loyihalar samaradorligini baholash;
- mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxonalar faoliyatini xalqaro amaliyot mezonlari, me’yorlari va talablari asosida tahlil qilish;
- tarmoqlar va sohalar bo‘yicha korxonalar ko‘rsatkichilari o‘zgarish tendentsiyalari va dinamikasini tahlil qilish;
- tarmoqlar va sohalar bo‘yicha korxonalar moliyaviy va statistik hisobotlarini tuzish hamda ularni sharhlash;
- tahliliy masalalarni hal qilishda zamonaviy axborot texnologiyalari va texnik vositalardan foydalanish
- axborot-tahlil faoliyati natijalari bo‘yicha hisobot tayyorlash.
Ilmiy-tadqiqot faoliyatida: - ilmiy tadqiqot institutlari va ilmiy markazlarda iqtisodiyotning dolzarb yo‘nalishlari yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishda qatnashish;
- tarmoqlar va sohalar bo‘yicha korxonalarda ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishda qatnashish;
- tarmoqlar va sohalar bo‘yicha korxonalarga tegishli mamlakatdagi va xorijiy davlatlardagi fan-texnika yutuqlari, maxsus adabiyotlar va boshqa ilmiy-texnik axborotlarni o‘rganish;
- tarmoqlar va sohalar bo‘yicha korxonalardagi muammolar mavzulari bo‘yicha iqtisodiy axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va tizimlashtirish ishlarini amalga oshirish;
- internet tarmog‘ida eng yangi ilmiy yutuqlar haqidagi ma’lumotlarni maqsadga yo‘nalgan holda qidirish va topish;
- ilmiy tadqiqot ishlanmalarini tayyorlash, soha adabiyotlari ekspertizasini amalga oshirishda qatnashish;
- tadqiqot natijalari va ishlanmalarni tatbiq etish.