Moodle tizimi haqida umumiy ma‟lumotlar
Moodle (modulli obyektga yo‘naltirilgan dinamik o‘quv muhiti) o‘zida tizimning bir
nechta sinflarini birlashtiradi:
- Saytni boshqarish tizimi (CMS);
- Ta‘limni boshqarish tizimi (LMS);
- Ta‘limning virtual muhiti (VLE);
Moodle ochiq kodli platforma (GNU Public License ga asoslanib) sifatida keng
tarqalgan. Moodle tizimi SCORM 1.2 standartigi mos sertifikatga ega.
Moodle – bu o‘qituvchilar tomonidan onlayn-kurslarni yaratish uchun maxsus ishlab
chiqilgan sayt tarkibini boshqarish tizimi (Content Management System - CMS) dir. Uni ko‘pincha e-learning tizimlarni o‘qitishni boshqarish tizimlari (Learning Management Systems -
LMS) yoki virtual o‘qitish vositasi (Virtual Learning Environments - VLE) deb ham ataladi. Moodle – bu alohida onlayn-kurslar kabi, ta‘lim veb-saytlarini ishlab chiquvchi instrumentlar sohasidir. Loyiha asosida sotsial konstruktivizm nazariyasi va uni o‘qitishni ishlatish yotadi. Moodle avtori- Martin Dougiamas. Universitetni Computer Science va Education
mutaxassisligi kursni tugatgandan keyin, u "The use of Open Source software to support a social constructionist epistemology of teaching and learning within Internet-based communities of eflective inquiry" mavzusidagi dissertasiyasini himoya qildi. Axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali ta‘limni qo‘llab – quvvatlash platformasini yaratish g‘oyasi unda 1999 yilda Curtin
University (Avstraliya) universitetida WebCT tijorat platformasi bilan ishlash tajribalaridan kelib
chiqdi. Moodle keng tarqalgan WebCT va BlackBoard tijorat e-learning platformalarining
o‘rnini bosish uchun emas, balki o‘qitish imkoniyatlarini kengaytirish vositasi sifatida yaratilishi
kerak edi. Ammo, Moodle arxitekturasi va bu platformaga qo‘yilgan prinsiplar shunchalar
omadli bo‘ldiki, uni jahon hamjamiyati tan oldi [8].
Moodle masofaviy sohada o‘qitish jarayonini to‘la qo‘llab-quvvatlash uchun keng
doiradagi imkoniyatlarni beradi – o‘quv materiallarini turli usullarda berish, bilimlarni tekshirish
va o‘zlashtirish nazorati.