Tasdiqlayman ” Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri: Rajabov. T “ ” 2023 yil kiberxavfsizlik asoslari fanidan ii-kurs Kompyuter injiniringi uchun


Moodle da 15 tipli interaktiv o‟quv materiallari ko‟rib chiqilgan. Bu tiplarning har biri ko‟plab imkoniyat va xususiyatlarga ega. SCORM yoki AICC



Yüklə 7,7 Mb.
səhifə130/162
tarix28.08.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#140791
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   162
Majmua Kiberxavfsizlik asoslari II-Kurs

Moodle da 15 tipli interaktiv o‟quv materiallari ko‟rib chiqilgan. Bu tiplarning har
biri ko‟plab imkoniyat va xususiyatlarga ega.
SCORM yoki AICC
standart paketlari. Bu o‘quv materiallarini boshqa dasturlarda
yaratishga ruxsat beradi.
Wiki (Wiki) – qo‘shiladigan, kengaytiriladigan va o‘zgartiriladigan hujjat ustida
hamkorlikda ishlashga ruxsat beradi.
Anketalar – ixtiyoriy ko‘rinishda ishlatish mumkin, masalan, kursni yaratishni
optimallash uchun.
Ma‟lumotlar bazasi – formati va strukturasi cheklanmagan.
98
Glossariy – kursning barcha hujjatlari bo‘yicha havolalarni avtomatik tashkil qiladigan
ta‘riflar ro‘yxati. Agar ta‘rif glossariyga kiritilgan bo‘lsa, u holda agar u kurs matnlarida uchrasa,
havola glossariyning yordamchi elementiga avtomatik ta‘minlanadi.
Topshiriq (4 tipli) – o‘qituvchi javobni elektron ko‘rinishda olish uchun ishlatish
mumkin (ixtiyoiy formatda).‘
Ma‟ruza – har bir sahifasi talaba javob berishi lozim bo‘lgan savol bilan tugaydigan
sahifalar to‘plami. Javobning to‘g‘riligiga bog‘liq holda, talaba keyingi sahifaga o‘tadi yoki
oldingi sahifaga qaytadi. Bu ta‘lim yo‘nalishini aniqlashni va o‘qitiladigan fan tushunarsiz bo‘lib
qolmasligini ta‘minlaydi.
So‟rovlar – talabalarning ovoz berishi.
Sharh – kurs sahifasidagi ixtiyoriy matn va grafika.
Ish daftari – berilgan mavzu bo‘yicha talaba fikrini bildiradigan joy.
Resurs – avtomatik tasvirlanadigan turli fayllarni yuklash va tasvirlash vositasi. Masalan,
ma‘ruza audioyozuvini yuklashda u mediaproigrivatel sifatida tasvirlanadi.
Seminar – qatnashchilar bir-birining ishini baholaydigan topshiriq.
Testlar – turli variantli testlar to‘plami. Savollar bir nechta variantli javoblardan,
to‘g‘ri/noto‘g‘ri tanlovdan, qisqa matnli javobdan va boshqalardan iborat bo‘lishi mumkin.
Forum – forumning 3 ko‘rinishi mavjud (savol-javob, hammaning o‘z mavzusi, standart
muzokara).
Chat – real vaqtdagi muzokara.
Moodle MO‘T dunyoning 200 davlatida 70 tildagi 2 mln. ga yaqin ro‘yxatdan o‘tgan
foydalanuvchilar, 46 ming ta‘lim portallariga ega va 300 dan ziyod dasturchilarni birlashtiradi.
Moodle (http://www.gnu.org/copyleft/gpl.html) GPL lisenziyasi ostida
(http://www.opensource.org/docs/definition_plain.html) ochiq joriy kodi bilan dasturiy ta‘minot
kabi tarqalmoqda.
Ochiq dasturiy kodli Moodle ga o‘zgartirishlar kiritish, yaxshilash, modifikasiyalash
uchun http://www.moodle.org manzil bo‘yicha kirish mumkin.
Moodle ni ishlatish strategiyasi, filosofiyasi bo‘yicha qo‘shimcha axborotlarni
http://thinkingdistance.org/ manzil bo‘yicha olish mumkin.
―Moodle‖ so‘zi – bu ―Modular Object - Oriented Dynamic Learning Environment‖
so‘zining abbreviaturasidir.
Rus tilida ―Mudl‖ va ―Moodus‖ (Modulnaya ob‘ektno-orientirovannaya dinamicheskaya
upravlyayuщaya sreda) nomlari ham qo‘llaniladi [13,14].
Moodle Unix, Linux, FreeBSD, Windows, Mac OS X, Netware operasion tizimlarida va
PHP ishlatilishi mumkin bo‘lgan ixtiyoriy boshqa tizimlarda ham modifikasiyalarsiz qo‘lanilishi
mumkin. Ma‘lumotlar MySQL va PostgreSQL ma‘lumotlar bazasida saqlanadi, ammo
ma‘lumotlar bazasini boshqarishning tijorat tizimlari ham ishlatilishi mumkin.

Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin