1.1-Jadval.Moodlebo`yichastatistika (15.04.2017-yil holatiga). Shuningdek, Respublikamizdagi ko`plab ta’lim muassaslari virtual ta’lim muhiti sifatida aynan Moodle dasturiy majmuasi foydalanib kelinmoqda. Xususan, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Virtual ta’lim muhiti” (http://etuit.uz), O`zbekiston Milliy universitetining «Ochiq o`quv-axborot markazi», Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi «Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi» (http://moodle.uzedu.uz), Toshkent Turin Politexnika universiteti (moodle.polito.uz), Andijon mashinasozlik instituti (http://moodle.andmiedu.uz).
Ochiq kodli Moodle dasturiy majmuasi o`quv jarayonini boshqaruvchi Web interfeysli muhitga yo`naltirilgan maxsus tizimi bo`lib, asosan global tarmoqda foydalanishga mo`ljallangan. Tizimni yaratishda PHP, MySQL, AJAX, JavaScript, HTML, CSS, XML jQuery kabi qator ochiq kodli dasturiy vositalardan foydalanilgan. Uni ishlatish uchun ma’lumotlar omborini boshqarish dasturi (MySQL yoki PostgreSQL), PHP protsessori, Web-xizmati (Apache yoki IIS) dasturlari sozlangan server zarur. Operatsion tizim sifatida ixtiyoriy keng tarqalgan operatsion tizimlardan biridan foydalanish mumkin (Windows, Linux, MacOSX, NovellNetware). Mazkur o`quv qo`llanma yozilayotgan vaqtda Moodle tizimining 2.9 versiyasidan foydalanilgan. Tizimning rasmiy internet manzili:
http://www.moodle.org
1.2-chizma. Moodledasturiymajmuasining umumiy ko`rinishi Moodle tizimidan foydalanish uchun dastlab mazkur LMS tizimida yaratilgan ilovaga a’zo bo`lish talab etiladi. Moodle tizimida ro`yxatga olish jarayoni barcha versiyalarida deyarli bir xil kechadi.
Zamonaviy dunyo taraqqiy qilib rivojlanish natijasida kompyuter texnikasi va aloqa vositalari insoniyat hayotini tubdan o’zgartirib bormoqda. Bunday o’zgarishlar ta’lim sohasiga ham o’ziga xos ravishda ta’sir qiladi va o’qituvchi va talabaning masofadan turib o’zaro muloqot qilishi va ta’limning olib borilishi buning yorqin namunasidir. Ushbu qo’llanmada elektron ta’limning uslub va vositalari , ya’ni Moodle elektron kurslari boshqaruv tizimi asosidagi ta’lim tizimi haqida fikr yuritiladi.
Moodle tizimini quyidagi maqsadlarda ishlatish mumkin:
masofaviy ta’lim uchun- bunda o’qituvchi va talaba ko’p vaqtda yuzma-yuz uchrashmasdan ta’lim olib boriladi;
ta’limning masofaviy qo’llab-quvvatlanishi-elektron ta’lim vositalari asosida talabalar Moodle tizimidan foydalangan holda topshiriqlarni olishi va uni tekshirish uchun yuborishlari mumkin;
amaliy topshiriqlarning, testlarning bajarilishi elektron ta’lim tizimi moodleda o’quv mashg’ulotlari vaqtida amalga oshiriladi.
Moodle tizimi quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi:
o’qituvchi va talabaga ta’lim olish uchun qulay vaqt va joyning tanlash imkoniyatining mavjudligi;
bilimning puxta o’zlashtirilishi;
o’qituvchi va talabaning kerak bo’lgan vaqtdagina muloqotda bo’lishi. Agar talaba topshiriqlarni o’z vaqtida bajarib borsa, u o’qituvchi bilan muloqotda bolib boradi.
ta’limning individualligi;
vaqt va pulning tejalishi-o’quv mashg’uloti uchun vaqt va pulning sarflanishiga zaruriyat bo’lmaydi.
Moodle tizimida ishlash uchun uni Internetdan yuklab olish kerak. Moodle - masofaviy ta’lim olish tizimi quyidagi bosqichlardan iborat:
Ta’lim berish jarayoniga tayyorgarlik;
Ta’lim berish jarayoni.
Sistemada foydalanuvchi huquqlarini aniqlovchi quyidagi asosiy rollar mavjud:
Administrator- barcha ishni bajara oladigan shaxs;
Kurs yasovchisi (создатель курсов(course creator)) – sistemada kursni tahrirlash, ro’yxatga olish va o’qituvchi tayinlash huquqiga ega;
O’qituvchi (teacher)-o’z kursini tahrirlash va unga assistentlarni, talabalarni tayinlash huquqiga ega;
Assistant(non-editing teacher) – kursni tahrirlash huquqiga ega bo’lmagan, ammo talabarning baholarini, kursning topshiriq va test natijalarini kuzatib borish huquqiga ega ;
Student (Student)- O’ziga tegishli bo’lgan kursda ishlash, kurs materiallarini ko’rish, topshiriqlarni tekshirishga yuborish, testlarni bajarish, forum va chatlarda ishtirok etish huquqiga ega;
Gost(guest)- kurs kategoriyalari bilan tanishuvchi menmon sifatida kirish huquqiga ega shaxs.
Administrator tomonidan o’qituvchi registratsiya qilingan(ro’yxatdan o’tkazilgan) bo’lsa unga login va parol belgilanadi. Sistemaga kirish uchun login va parol berilishi zarur.
Moodle tizimi yordamida masofadan turib ta’lim berish jarayoni juda samarali bo’lib, bunda talaba o’zi o’rganayotgan fanning boshlangich qismidan boshlab mustaqil o’rganadi. Har bir ma’ruza turli ko’rinishdagi topshiriq savollari bilan to’ldirib borilgan.Talaba mavzularga doir topshiriqlarni mustaqil ravishda bajaradi va fan bo’yicha olgan bilim, ko’nikmalarini orttirib boradi. Agar biror topshiriqni bajara olmasa u holda ma’ruza qismini qayta takrorlash imkoniyati mavjud.