Tasdiqlayman ” Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri: Rajabov. T “ ” 2023 yil kiberxavfsizlik asoslari fanidan ii-kurs Kompyuter injiniringi uchun


-chizma. Moodle tizimi bosh sahifasining ko’rinishi



Yüklə 7,7 Mb.
səhifə145/162
tarix28.08.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#140791
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   162
Majmua Kiberxavfsizlik asoslari II-Kurs

1.3-chizma. Moodle tizimi bosh sahifasining ko’rinishi.
Yangi kurs qo’shish. Sistemaga yangi kurs qo’shish huquqiga administrator, kurs yasovchi va o’qituvchi (agarda o’qituvchiga administrator tomonidan kurs yasash huquqi berilgan bo’lsa) ega bo’ladi. Kursni yasash uchun kurslar kategoriyasi oynasidan kurs qo’shish( Добавить курс) bandi orqali amalga oshiriladi.
1.Kurs qo’shish( Добавить курc) tugmasi bosiladi.
2.Kurs qo’shish oynasining formasi ekranga chiqadi. Bunda kerakli parametrlar o’rnatilib, kerakli bandlar to’lsiriladi.

1.4-chizma. Kurs qo’shish oynasi.
Kurs qo’shish oynasida kursning kategoriyasini aniqlash uchun oynadan kurs qaysi kategoriyaga tegishli ekanligi aniqlanadi. Agar darchada yaratayotgan kursga tegishli oyna bo’lmasa u holda ixtiyoriy bir kategoriyani tanlab keyin uni o’zgartirish mumkin.Bunda:
Kursning to’liq nomini yozish kerak. Masalan: “Axborot kommunikatsion texnologiyalar” yoki “Mening birinchi kursim” kabi yoziladi. Keyingi darchada kurs nomining qisqartma shakli beriladi. Masalan: AKT yoki MBK
Qisqa tushuncha ( краткое описание) bo’limida kurs haqida, uning maqsadi, kursning davomiyligi haqida qisqacha ma’lumot ya’ni annotatsiya berib o’tiladi.
Format bandida kalendar tanlanadi, chunki kursdan hafta davomida foydalanish mumkin, yoki aniq sanalarda topshiriqlar olinishi va ma’lum muddatlarda kurs yopiq bo’lishi mumkin.
Количество нед/тем bandiga qo’yilgan son, agar format kalendar rejimida bo’lsa hafta sonini bildiradi. 10 soni kursning 10 hafta davom etishini anglatadi.
Kursning boshlanish vaqti( дата начало курса) bandi kurs qachondan boshlab ishga tushishini aniqlaydi. Shu sababli kursning boshlanish vaqtini belgilab berish zarur.
Yangiliklar(новости) bo’limida kursning yangiliklari bilan tanishtirish ko’rsatgichini bildiradi. Agar bu darchada 0 soni kiritilsa u holda kurs sahifasida yangiliklar umuman ko’rsatilmaydi.
Baholarni ko’rsatish (показывать оценки) bo’limida “HA” so’zi kiritilgan bo’lsa o’quvchi baholar sahifasida olgan baholarini ko’rib borishi mumkin. Agar o’qituvchi baholarni ko’rsatmaslikka harakat qilsa u holda darchada YO’Q (НЕТ) so’zi o’rnatiladi.
Ish harakati to’g’risidagi hisobot(показат отчёт о действиях) bandida НЕТ so’zi o’rnatilsa bajarilayotgan ishlar to’g’risidagi hisobot yashirin holatda bo’ladi.Bu hisobotlar o’quvchini kursga qatnashish jarayoni va uning yuborgan javob variantlari bo’lishi mumkin.
Yuklanadigan faylning maksimal razmeri(Максимальный размер загружаемого файла) bandida fayl razmeri Mbaytlarda ko’rsatiladi. Bu berilgan topshiriq uchun o’quvchi tomonidan beriladigan fayl razmeri bo’lib hisoblanadi. O’quvchi topshiriqqa javob beradigan vaqtda shu razmerli faylni inobatga olishi zarur.
Ekranga mavzu qo’yish (Задать тему принудительно) bandi yordamida kursning ekran dizaynini o’zgartirish uchun qo’llaniladi. Agar bandda (не вынужденный) so’zi o’rnatilgan bo’lsa Administrator tomonidan qo’yilgan ekran dizayni qabul qilinadi.
Metakurs bandida boshqa kurs tarkibiga kiruvchi talabalarning bu kursga tegishli ekanligini anlatadi. Shu sababli bu bandda НЕТ so’zi o’rnatiladi.
Ro’yxatga olish usuli( метод записи) bu parametr administrator tomonidan talabalarni usullar yordamida ro’yxatga olishni bildiradi. Shu sababli (сайт по умолчанию) bandini tanlagan ma’qul.
(Роль по умолчанию) ya’ni bu parametr kursga a’zo bo’lgan barchani rollarini aniqlab beradi. Shu sababli (сайт по умолчанию(студент)) bandini tanlagan ma’qul.
O’z-o’zini royxatdan o’tkazish uchun kurs ochiqligi( курс доступен для самозаписи) bu parametr talabalrni o’zi mustaqil ravishda kursga a’zo bo’lishini anglatadi. A’zo bo’lishni cheklash uchun период bandini tanlab ma’lum bir kunlar diapazonini o’rnatish zarur.
Kursda o’qishning davomiyligi (продолжительност обучения) bu ko’rsatgich kursda o’qishning davomiyligini anglatadi. Ma’lum bir belgilangan muddat o’tgandan so’ng talaba kursdan ozod etiladi. Shu sababli (неограничено) bandini tanlash mumkin.
O’quv jarayonini tugatganli to’grisidagi ma’lumotlar ixtiyoriy ravishda to’ldiriladi.
Guruhli metod( групповой метод). Bunda kursning guruhli metodidan foydalanish yoki foydalanmaslikni anglatadi. Agar bandda (No groups) tanlansa kursda guruh mavjud emasligini anglatadi va talabalar guruhlarga bo’linmaydi. Отдельные группы-bandi tanlansa bunda guruhlarga bo’lingan talabalar o’z guruhlarini yagona deb bilishadi va boshqa guruhlar haqida ma’lumotga ega bo’lishmaydi. Agar Доступные группы bandi tanlansa talabalar o’z guruhlari sohasida ish yuritishadi ammo boshqa guruhlarning ish jarayoni bilan tanish bo’lishadi.
Kurs darajasi(уровень курса) guruhli rejimda kursning darajasi doimiy barcha elementlar uchun (По умолчанию) ko’rinishida bo’ladi.
Kurs elementlarining darajasi(уровень элементов курса). Har bir element uchun guruhli rejim saqlansa u holda uning dahlli guruh rejimi ekanligini ko’rsatish kerak. Kurs uchun (принудительный групповой режим) bandida ДА so’zi o’rnatilgan bo’lsa u holda barcha elementlar uchun taalluqli bo’ladi.
Kurs ishlayotgan bo’lsa (доступность) bandida курс доступен bandi tanlanadi, aks holda ya’ni курс недоступен bo’lsa bu kurs talabalardan yashiriladi yoki kurslar ro’yxatida ushbu kurs ko’rsatilmaydi. Bu holatda o’qituvchilar va administrator uchun kurs ochiq bo’ladi, ammo talabalar kursga kirish uchun qancha urinishmasin kursga kira olishmaydi.
Kodlangan so’z (кодовая слова) kursning barcha foydalanuvchilari uchun yopib qo’yadi. Agar shu band bo’sh qoldirilsa u holda ixtiyoriy foydalanuvchi kursga yozilishi mumkin.
Mehmon uchun kirish huquqi( доступ для гостя) berilishi mumkin, u holda barcha kursga murojaat qilishi mumkin. Mehmon kursga kirib u bilan tanishishi mumkin, ammo hech qanday fikr bildira olmaydi.


Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin