Siyosatni amalga oshirilganligini tekshirish. Xavfsizlik siyosatini amalga oshirish uni shakllantirish, qayta ko’rib chiqish va yangilashdan so’ng bajariladi. Amalga oshirilgandan so’ng esa xavfsizlikning mos modeli va xulosasi yaratilishi shart. Xulosa manfaatdor tomonlarning takliflari tashkilot manfaatlari bilan bevosita bog’liqlikni ko’rsatishi shart. Xavfsizlik siyosati tugallangandan so’ng, uning oxirgi holati tashkilotdagi barcha xodimlarga tarqatilishi, zarur bo’lgan vaqtda xodimlar tomonidan foydalanish uchun joiz bo’lishi shart va shuning uchun takshilotning ichki tarmog’ida joylashtirilishi kerak.
Xavfsizlik siyosatini loyihalash va ishlab chiqish jarayonlaridan so’ng, uni foydalanishga tayyor holatga keltirish ham muhim hisoblanadi. Xavfsizlik siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirishdagi tavsiyalar:
xavfsizlik siyosati tashkilotning tegishli rahbariyati tomonidan qo’llab- quvvatlanishi va rasmiy ravishda tashkilotning siyosati sifatida qabul qilinishini ta’minlash;
har bir siyosatni ko’rib chiqish va tashkilot ichida qanday qo’llanilishi haqida o’ylash;
siyosatga muvofiq bo’lgan mos vositalarning mavjudligiga ishonch hosil qilish;
tarmoqni yoki siyosatni ixtiyoriy almashtirish kerakligi haqida rejani yaratish;
siyosatni madadlashda muolajalarni o’rnatish uchun tashkilotdagi biror bo’lim (masalan, axborot texnologiyalari, axborot xavfsizligi va hak.) bilan ishlash;
tashkilotni xavfsizlik bo’yicha asosiy o’quv seminar kurslari bilan ta’minlash;
axborot aktivlaridan foydalanish huquqiga ega bo’lgan barcha xodimlar uchun xavfsizlik siyosatini taqdim etish;
axborot xavfsizlik xodimi xavfsizlik siyosatini boshqarish va amalga oshirish uchun javobgar bo’lishi;
xavfsizlik siyosatini mos boshqarish uchun tashkilotni zarur bo’lgan texnologiya va vositalar bilan ta’minlanganligiga ishonch hosil qilish;
takshilotga tashrif buyuruvchilar uchun tarmoqdan foydalanish imkoniyati berilgan taqdirda, uni maqbul siyosat asosida amalga oshirish.