«tasdiqlayman» № O’quv ishlari prorektori prof. A. Soleev


Tavsiya etiladigan adabiyotlar



Yüklə 3,2 Mb.
səhifə38/111
tarix17.10.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#156458
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   111
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:



  1. Xrestomatiya po psixologii. Psixologiya pamyati. M - 1993.

  2. Praktikum po obhey psixoloii. M - 1994.

  3. Praktikum po obhey i eksperimental’noy psixologii.T.LGU 1994.

  4. Umumiy psixologiya. A.V. Petrovskiy taxriri ostida. T.1992.

  5. Umumiy psixologiyadan amaliy mashg`ulotlar, T. 1994


  1. MAVZU: SO’Z-MANTIQ XOTIRA

Reja.

    1. Mexanik va mantiqiy xotirani o’zaro bog’liqligini o’rganish.

    2. Ikki qator so’zni eslab qolish metodikasi.

    3. Mexanik va mantiqiy xotirani o’rganish uchun zarur materiallar.

    4. Mexanik va mantiqiy xotirani o’rganish natijalarini hisoblash va tahlil.



1. So’z-mantiq xotirasi mazmunini fikr va mulohazalar, aniq hukm hamda xulosa chiqarishlar tashkil etadi. Insonda fikr va mulohaza turli xil shakllar yordamida ifodalanganligi tufayli ularni ifodalash faqat o’zlashtirilayotgan materiallarning asosiy ma'nosini izohlash, talqin qilib berish yoki ularni so’zma-so’z ifodalanishini aynan aytib berishga qaratilgan bo’lishi mumkin. Agar ma'lumot, axborot, xabar, material ma'no jihatidan qayta ishlanmasa, u holda materialni so’zma-so’z o’zlashtirish, mantiqiy o’rganish bo’lmasdan, balki aksincha mexanik esda olib qolishga aylanib qoladi.
So’z-mantiq xotirasining vujudga kelishida birinchi signal bilan bir qatorda ikkinchi signallar tizimi asosiy hisoblanadi. Chunki so’z mantiq xotirasi faqat insongagina xos bo’lgan xotiraning maxsus turi hisoblanib, bu xotira turi o’zining sodda shakllari bilan hayvonlarga ham taalluqli bo’lgan harakat, his-tuyg’u va obrazli xotiralardan sifat, ham miqdor jihatdan keskin farq qiladi. Ana shu boisdan so’z-mantiq xotirasi bir tomondan xotiraning boshqa turlari taraqqiyotiga asoslanadi, ikkinchidan ularga nisbatan yetakchilik qiladi. Shu bilan birga, boshqa
turlarning rivojlanishi so’z mantiq xotirasining takomillashuviga uzviy bog’liqdir. So’z-mantiq xotirasining o’sishi qolgan xotira turlarining barqarorlashuvini belgilaydi.
Xotira turlariga nisbatan boshqacha tarzda yondashish hollari ham uchraydi. Shu bois xotira faoliyatini amalga oshirayotgan faollik xususiyatlari bilan uzviy bog’liq ravishda turlarga ajratiladi. Masalan, faoliyat maqsadiga ko’ra xotira ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlarga bo’linadi.

Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin