i.f.d., professor A.Abdullayev: 1-savol. (Dissertatsiya mavzusida)Elektr qarshiliklari tarqalish zonalarini aniqlash deyilgan aynan qaysi obyektni aniqlash uchun qo'llanilgan) qaysi deyilyabdi nimani elektr qarshiliklari bo’yicha ish ko’ryabsiz?
1-Savolga javob: Yer osti qatlami jinslarining solishtirma elektr qarshiliklari nazarda tutilgan. Yer ostida joylashgan tog’ jinslarining elektr qarshiliklari juda keng oraliqda o’zgaradi. Elektr qarshiliklarini o‘zgarish oralig‘iga qarab yer ostini qaysi qatlamida qanday jinslar joylashganini taxmin qilish mumkin.
2-savol.Elektr qarshiligini tarqalish zonalarini aniqlash nima uchun kerak?
2-Savolga javob: Geologik muhitda o’rganilayotgan hududning yer osti qatlamida elektr qarshiligi yuqori bo’lgan anomal zonalari tarkibida metal bo’lgan tog’ jinslarini aniqlash va qancha chuqurlikdagi yer osti qatlamida joylashganini aniqlash uchun kerak.
3-savol.Nima uchun ushbu obyektdan olingan signalga raqamli ishlov berish jarayonini parallellashtirish kerak?
3-Savolga javob: 26-slaydda ko’rishimiz mumkinki tadqiqot xududidan 27 ta profil bo’yicha signallar o’lchab olinadi va barcha profillarda o’lchangan signallarni koordinatalari bo’yicha umumlashtirib ikki o’lchovli signalga keltirib olinadi. O’lchab olingan signallar asosida hududni X va Y koordinatalari bo’yicha signal qiymatlarini tiklash natijasida katta hajmdagi ikki o’lchovli signal hosil bo’ladi. Ushbu katta hajmli signalga raqamli ishlov berish jarayoni ko’p vaqt talab qiladi. Parallel hisoblashlardan foydalanish vaqt sarfini kamaytirishga olib keldi.
i.f.n., dots. X.U.Sarimsaqov: 1-savol. Siz tanlab olgan maxsusu prossessor chastota parametriga obyektdan olingan geofizik signalning chastota parametri mos tushadimi?
1-Savolga javob: Past chastotali o’zgaruvchan maydonlar 10Gts-10KGts oraliqda, yuqori chastotali maydonlar 10KGts-5MGts oraliqda bo’ladi
2-savol. Ilmiy yangiligizda elektroprofillash usuli asosida olingan signal degansiz boshqa usullarda olingan signallar uchun ham sizning algoritmingiz ishlaydimi?