Taqrizchi t.f.f.d., dots., A.A.Yusupov: Assalomu alaykum hurmatli seminar raisi va ishtirokchilari. Andijon mashinasozlik instituti tayanch doktoranti Ibragimov Sanjarbek Salijanovichning 05.01.04 – “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti” ixtisosligi bo‘yicha “Tez o‘zgartirishlar asosida elektr qarshiliklarni tarqalish zonalarini aniqlash uchun parallel algoritmlar va dasturiy majmua yaratish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi bilan tanishib chiqdim.
Dissertatsiya ishi bo‘yicha quyidagi fikr-mulohazalar mavjud.
1. Dissertatsiya ishida ayrim gramatik va stilistik xatoliklar bor, bularni to‘g‘rilash kerak.
2. Dissertatsiya ishida foydalanilgan adabiyotlarning bazilari dissertatsiyaning matni bo‘yicha havolalar to‘g‘ri ko‘rsatilmagan.
3. Dissertatsiya ishida shu yo’nalish bo’yicha tadqiqot olib brogan olimlarning ishlari yetarlicha yoritilib baholanmagan.
4. Dissertatsiya ishida elektr qarshilik signallarga raqamli ishlov berish yordamida olingan natijalarni iqtisodiy samaradorligi baholanmagan. Erishilgan natijalarning iqtisodiy samaradorligi baholansa maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Taklif etilayogan usul va algoritmlar 05.01.04 – “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti” ixtisoslik pasportining 1, 7 va 8 bandlariga mos keladi. Bular,
1-bandi. Dastur va dasturiy ta’minotlarni loyihalash va tahlil qilish uchun modellar, usullar va algoritmlar, ularning ekvivalent transformatsiyalari, tekshirish va testlash
7-bandi. Inson va kompyuter o‘rtasidagi interfeys; kompyuter grafikasi modellari, metodlari, algoritmlari va dasturiy vositalari, vizuallashuv, tasvirlarni qayta ishlash, virtual reallik tizimlari, multimediali muloqot;
8-bandi. Parallel va taqsimlangan ma’lumotlarni qayta ishlash uchun dastur va dasturiy majmua yaratish modellari va metodlari, parallel dasturlash tillari va vositalari;
Umumiy hulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Ibragimov Sanjarbek Saliijanovichning “Tez o‘zgartirishlar asosida elektr qarshiliklarni tarqalish zonalarini aniqlash uchun parallel algoritmlar va dasturiy majmua yaratish” mavzusidagi dissertatsiya ishi 05.01.04-“Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti” ixtisosligi bo‘yicha Oliy attestatsiya komissiyasining talablariga mos keladi keyingi bosqichdagi seminarlarda ko‘rib chiqishga tavsiya etaman.
Seminar raisi:Rahmat. Birinchi rasmiy taqrizchi A.A.Yusupov tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalarga javob berish uchun so‘zni tadqiqotchiga beramiz.
S.S.Ibragimov: Dissertatsiya ishimni sinchiklab o‘qib chiqqaningiz uchun rahmat. Keltirilgan birinchi, ikkinchi va uchinchi kamchiliklarni qabul qilaman va ularni to‘g‘irlayman. 4-Kamchilikka javobim: Bizning ishimizda signallarga raqamli ishlov berishni tezkor hisoblashga qaratilganligi uchun hisoblash vaqtiga nisbatan tezkorligini baholaganmiz.
Seminar raisi: Rahmat, ikkinchi rasmiy taqrizchi sifatida TATU Farg‘ona filiali “Kompyuter injiniringi” kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi Mirzakarimov Baxtiyor Abdusalomovich belgilangan, ikkinchi taqrizchi ma’lum sabablarga ko‘ra kela olmadi, u o‘z taqrizini berib yuborgan. B.A.Mirzakarimov taqrizini o‘qib berish uchun so‘zni kotib E.X.Safarovga beramiz. Marhamat!