f-m.f.f.d. J.Sh.Sodikjanov: 1-savol. Tez o’zgartirish algoritmlari uchun nima sababdan Xaar funksiyasini tanlab oldingiz?
1-Savolga javob: 10-slaydda tez o’zgartirish algoritmlari uchun talab qilinadigan arifmetik amallar soni bo’yicha taqqoslash jadvali keltirilgan. Jadvalda Furye, Uolsh, Xaar va Xarmut tez o‘zgartirish algoritmlarida hisoblashlar uchun talab qilinadigan amallar soni bo‘yicha taqqoslab chiqqanmiz. Bir o‘lchovli signallarda kiruvchi qiymatlar soni 1024 bo‘lganda Furye va Uolsh tez o‘zgartirishlarida 10240 ta amal bajariladi, Xarmut tez o‘zgartirishida 3068 ta amal bajariladi, Xaar tez o‘zgartirishida 2046 ta amal bajariladi. Ikki o‘lchovli signallarda massiv o‘lchami 64x64 bo‘lganda Furye va Uolsh tez o‘zgartirishlarida 49152 ta amal bajariladi, Xarmut tez o‘zgartirishida 24064 ta amal bajariladi, Xaar tez o‘zgartirishida esa 16128 ta amal bajariladi. Jadvaldagi ma’lumotlardan ko‘rish mumkinki Xaar tez o‘zgartirish algoritmida talab qilinadigan amallar soni qolganlarga nisbatan eng kam ekan. Shunga asosan biz Xaar tez o‘zgartirish algoritmini tanlab olganmiz.
2-savol.Sizning ilmiy yangiliklaringiz 05.01.04 ixtisoslik shifrining qaysi bandlariga mos keladi?
2-Savolga javob: Ilmiy yangiliklar 05.01.04 – “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti” ixtisoslik pasportining 1, 8 bandlariga mos keladi. Bular,
1-bandi. Dastur va dasturiy ta’minotlarni loyihalash va tahlil qilish uchun modellar, usullar va algoritmlar, ularning ekvivalent transformatsiyalari, tekshirish va testlash
8-bandi. Parallel va taqsimlangan ma’lumotlarni qayta ishlash uchun dastur va dasturiy majmua yaratish modellari va metodlari, parallel dasturlash tillari va vositalari;
t.f.f.d. S.S.Axmadjonov: savol. 19 slaydda parallellashtirish algoritmidagi tezlashtirish koeffitsiyenti grafigi keltirilgan, tezlashtirish koeffitsiyentini qanday aniqlab olyabsiz?
Savolga javob: Tezlashtirish koeffitsiyentlari formula asosida aniqlandi. Bu yerda - ketma-ket hisoblash uchun sarflangan vaqt, – parallel hisoblash uchun sarflangan vaqt miqdorlari hisoblanadi. Ketma-ket hisoblash ADSP-BF533 bir yadroli maxsus protsessorda amalga oshirildi, parallel hisoblash esa ADSP-BF561 ikki yadroli maxsus protsessorda amalga oshirildi. Bu maxsus protsessorlarni yadrolarining parametrlari bir xil bo’lganligi uchun ketma-ket va parallel hisoblash jarayonlari uchun sarflangan vaqti taqqoslangan va tezlashtirish koeffitsiyenti aniqlangan. Tezlashtirish koeffitsiyenti ketma-ket hisoblashga nisbatan parallel hisoblash necha marta tezro bajarishni aniqlaydi.