Tasdiqlayman” Fakultet dekani A. Qurbonov


A.Avloniy asarlarining tarbiyaviy ahamiyati juda katta



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə13/56
tarix12.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#96804
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   56
2 5310107710040059096

A.Avloniy asarlarining tarbiyaviy ahamiyati juda katta. Uning darsligidagi har bir bo‘lim ta’lim-tarbiyaning muhim bir masalasiga bag’ishlangan bo‘lib, ularning biri ikkinchisini to‘ldiradi.
XIX asr oxiri XX asr boshidagi o‘zbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri ma’rifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi Abdulla Avloniydir. U 1878 yilning 12 iyulida Toshkentning Mergancha mahallasida, to‘quvchi Miravlon aka oilasida dunyoga keldi. Bolaligi Mirobod mahallasining egri-bugri ko‘chalarida, ko‘pchilik qismini ruslar tashkil qilgan temir yo‘l ishchilari bolalari orasida kechdi. O‘qchidagi eski maktabda, so‘ng madrasada o‘qidi (1885–1886). Mustaqil mutolaa bilan shug‘ullandi. Arab, fors, rus tillarini o‘rgandi. Orenburg, Qozon, Tiflisda chiqib turgan gazeta-jurnallarni kuzatib bordi. Qisqa muddat ichida u ma’rifatparvar sifatida tanildi va o‘lkadagi ijtimoiy-madaniy harakatchilikning faol namoyandalaridan biriga aylandi.
XX asr boshlarida Turkiston madaniy hayotida yuz bergan eng muhim o‘zgarishlardan biri maktab o‘quv ishlarida o‘zgarish bo‘ldi. Avloniy bu davrda jadidchilik harakatiga qo‘shilib, Toshkentdagi jadidlarning faol ishtirokchilaridan biri bo‘lib tanildi. Avloniy 1904 yilda Mirobodda, so‘ngroq Degrezliqda (1903–14) xuddi shunday yangi usulda, yangicha maktab ochib, dars berdi va darsliklar yozdi.
1909 yilda maktab maorif ishlariga yordam beruvchi “Jamiyati xayriya” ochib, yetim bolalarni o‘qitdi. “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” nomli to‘rt qismdan iborat she’riy to‘plamining birinchi juz’ini nashr qildirdi. Munavvarqori, Muhammadjon Podshoxo‘jayev, Tavallo, Rustambek Yusufbekov, Nizomiddin Xo‘jayev, Shokirjon Rahimiy kabi taraqqiychilar bilan sheriklikda “Nashriyot” (1914), “Maktab” (1916) shirkatlarini tuzdi. “Taraqqiy”, “Shuhrat” (1907), “Osiyo” (1908), “Turon” (1917) gazetalarini chiqardi. 1918 yilda Turkiston Shurolar hukumatining birinchi gazetasi “Ishtirokiyun”ning tashkilotchilaridan va uning birinchi muharrirlaridan bo‘ldi. U sovet davrida turli mas’uliyatli lavozimlarda xizmat qildi, qaysi vazifada ishlamasin ilm-ma’rifat tarqatish, ta’lim-tarbiya masalalari bilan shug‘ullanib keldi, bilimyurtlarida, oliy maktablarda o‘qituvchilik qildi. 1930–34 yillarda O‘rta Osiyo davlat universitetida (hozirgi ToshDU) kafedrani boshqardi. U 1934 yilda vafot etdi.
Avloniy 1927 yilda Mehnat Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi.
Avloniy 30 yildan ortiqroq ijod qildi. 1916 yilgi mardikorlik voqealarining, so‘ng inqilobiy talotumlaru milliy-ozodlik kurashlarining guvohi bo‘ldi. O‘tgan davr ichida, o‘zi ta’kidlaganidek, “o‘nlab she’r va maktab kitoblari, to‘rt teatr kitobi”qoldirdi. Uning madaniyatimiz tarixidagi o‘rni haqida gap ketganda, ikki jihatini alohida ta’kidlash zarur: pedagogik faoliyati va adabiy badiiy ijodi. Uning pedagogik faoliyati, ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlari XX asrning boshlarida yangi bosqichga ko‘tarilgan ma’rifatchilikning xususiyatlarini belgilashda muhim manbalardandir.
Avloniy maktabi gumanistik va erkin tarbiya asosiga qurilgan, dunyoviy va ilg‘or ilm-fanni bolalarga o‘rgatishni o‘z oldiga asosiy vazifa qilib qo‘ygan, yoshlarni mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga aralasha olish qobiliyatiga ega bo‘lishini ta’minlaydigan haqiqiy xalq maktabi bo‘ldi. Adib bu maktablar uchun darsliklar tuzdi. Uning avvalgi sinf shogirdlari uchun “Birinchi muallim”i (1911) Oktyabr o‘zgarishigacha 4 marta, “Alifbedan so‘nggi o‘quv kitobi” – “Ikkinchi muallim” (1912) 3 marta kayta nashr etilgan. Axloqiy didaktik mazmundagi “Turkiy Guliston yoxud axloq” darsligi (1913) XX asr boshlari ijtimoiypedagogik fikr taraqqiyotida alohida o‘rin egalladi. Unda tarbiya va axloq masalalari birinchi marotaba XX asrning talab va ehtiyojlari nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Avloniy xulqlarni an’anaviy yaxshi va yomonga ajratar ekan, mulohazalarini Gippokrat, Platon, Aristotel, Sa’diy Sheroziy, Bedil fikrlari bilan dalillagan holda zamonaviylikni asosiy mezon qilib oladi. Adib Vatan muhabbatini uning uchun kurashmoqni eng yaxshi insoniy xulqlardan hisobladi. Vatan – bu har bir kishining tug‘ilib o‘sgan shahar va mamlakati. Uni qadrlamoq, sevmoq, yashartmoq kerak. Shoir Vatan va unga muhabbat deganda shuni tushungan edi. Tilga, madaniyatga muhabbat esa, har bir kishining o‘z xalqiga bo‘lgan muhabbatidir: “Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgon oyinai hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur”.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin