SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. 20-30 yillar bolalar adabiyoti rivojiga hissa qo’shgan adiblarni sanang.
2. G‘ayratiyning bolalar adabiyotiga mansub asarlarining mavzu rang-barangligi haqida fikr bildiring.
3. Sulton Jo’raning bolalar uchun yaratilgan asarlarini sanang.
4. Zafar Diyorning bolalar she’riyati va nasri rivojiga qo’shgan hissasi haqida so‘zlang.
5-MAVZU. 60-80-YILLAR O‘ZBEK BOLALAR ADABIYOTINING TARAQQIYOT TAMOYILLARI (SHE’RIYAT, NASR, DRAMATURGIYA). Reja: 1. 60-80-yillar o‘zbek bolalar adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari
2. She’riy asarlarning taraqqiyot takomillari.
3. Nasriy va dramatik turga mansub asarlarda yangi bosqich
50—60-yillar Bolalar adabiyoti namunalari bevosita yosh qahramonlarning asarlar voqealarida hal qiluvchi o‘rin tutish bilan chinakam Bolalar adabiyotiga aylandi. Bu davr Bolalar adabiyotida sarguzasht fantastik adabiyot elementlari kuchaydi.
70—80-yillar Bolalar adabiyoti namunalaridan esa tobora hayotga o‘z nuqtai nazari bilan qaraydigan, balandparvoz, ritorik ta’riflardan ko‘ra tanqidiy nigohi o‘tkirroq yosh qahramon qiyofasi gavdalana boshladi, shu davrda o‘zbek Bolalar adabiyotiga ilk bora bolalarning o‘ziga xos, endigina uyg’onib kelayotgan pok muhabbati kirib keldi 80-yillar Bolalar adabiyotida psixologizmning kuchayishi, yosh qahramon talqinida uni yosh bola tarzida emas, hayotga tobora jadal kirib kelayotgan, o‘z qarashlariga ega bo‘lgan shaxs sifatida tasvirlashga intilish ruhi mavjud.
Darhaqiqat, o'zbek bolalar adabiyoti bugungi kunda ham o ‘zining janriy va tematik xususiyatlari jihatidan rivojlanib borayotir, deyishga asos bor. Yetuk folklorshunos va adabiyotshunos olim O.Safarovning bu sohadagi xizmatlari shu ma’noda tahsinga sazovor. Ustoz o ‘zbek bolalar adabiyoti tarixi muammolariga bag‘ishlangan ilmiy-nazariy, adabiy-tanqidiy maqolalari, adabiy portret va risolalari bilan istiqlol davri bolalar adabiyotshunosligini yangilashga katta hissa qo shdi. Muallifhing bir qator maqolalarida o'tmishdagi va zamonaviy bolalar kitobxonligi asoslarini o ‘rganish g'oyalari izchil yoritilgan, ularning organilishiga oid qimmatli ilmiy-nazariy va amaliy takliflar bildirilgan. Shuningdek, olim XX asr o'zbek bolalar adabiyoti salaflari ijodini yangi talqinlar bilan boyitish zarurligini ham asosladi. Jumladan, "G‘afur G‘ulommng bolalarga atalgan ijodiyotiga oid kuzatishlar"dan iborat risolada shoiming bolalik olami naqadar cheksiz, kamalakdek tovlanuvchi va xazinadek boyligi qayta inkishof etilgan boiib, chizgilai'da ijodkor qalb harorati yanada yorqinroq ufurib turadi. G‘afurona bolajonlik she'rlar tahlilida, obrazlar tavsifida tabiiy mehr, zavq-shavq bilan olim satrlariga osongma kochadi. “G‘afur G ulom kuylagan bolalik xiyobonida - deb yozadi muallif - bog‘cha bolasi ham, maktab bag‘riga endigina qadam qo‘ygan o‘qish mashaqqatini zimmasiga olayotgan va olgan kichkintoy ham, o‘rta maktabni oltin medal bilan tugatib, hayotga, Vatan va xalq xizmatiga yaramoqqa chog‘lanayotgan o‘smirni ham ko‘rish mumkin. Bu she r qahramonlarinmg har bin o ‘z yoshi va ruhiy olamiga xos tuyg‘ulami kechirishadi, o ‘z dardiga, o ‘z tashvishiga, o ‘z qiziqishiga va o'./, intilishiga ega.”
Olirrming Q. Muhammadiy ijodiy siyrnosiga bag‘ishlangan “She’rim - ochil dasturxon” risolasi ko‘pqirrali ahamiyat kasb etadi. Muallif turli yillardagi adabiyotshunoslar, tadqiqotchilar, tarjimonlaming shoir she’rlari haqida aytgan fikrlariga munosabat bildirib, ular tilga olmagan, e ’tibordan soqit qilgan detallar, obrazlar, mavzu va g ‘oyalarga to‘xtalib o‘tadi. Risolada to‘g ‘ri ta'kidlanganidek, u to‘qson ikki yillik umri davomida uch ijtimoiy tuzumni ko‘rdi: “Bolaligi chorizm mustamlakachitigi asoratiga griftor etilgan zamonda kechdi. Aql-u zakovati sho'ro tuzumiga sadoqatda yetilib, ijodkor sifatida shakllandi, ammo keksalik, nuroniylik kezlarida eli va yurtini hur ko‘rib, istiqloldan masrurligini guvohi bo‘ldi.
Quddus Muhammadiy sho‘ro zamonida yetilgan va uning mafkurasiga to'yirtib shakllangan ijodkor esa-da -- yozadi olim - butun iste’dodini bolalikni kuylashga sarflay olgani tufayli o ‘z zamonasi qobig‘ida qolib ketmadi, bolalik qiyofasida millat kelajagini ko‘ra oldi... Darhaqiqat, badiiy ijod tahlili jarayonida adaibiyotshunos va ilm ahlining idrok ufqi keng namoyon boiadi. Bolalik olami tarovatini dildilidan tuya oluvchi zukko olimgina bolalar adabiyoti "nozik adabiyot, izzattalab, mehrtalab adabiyot" (N. Fozilov) ekanligini his etadi. Kichkintoylarga bag‘ishlangan jajji she’r boisin, yoxud, kalta hajmdagi ertak-doston boisin, unga jiddiy e ’tibor, ulkan muhabbat, chinakam san’at asari sifatida yondashadi.
O. Safarov Q.Muhammadiy ijodini ana shunday e ’tibor bilan kuzatadi. Shoiming bundan o ‘ttiz-qirq yillar ilgari nashr etilib, bugun noyob sanaluvchi she’rlari, ertakdostonlari tali 1 iIi orqali bu asarlarni zamondosh o'quvchiga yetkazish istagini ko'zlaydi. Binobarm, professor O. Safarovning ushbu monografik risolasida bolalar she’riyatiga umrini, ijodini baxsh etgan Quddus Muhammadiy siymosi yangi asr ko‘zgusida yaxlit namoyon boiadi. Shoir she’rlari mavzu mundarija, obrazlar olami, badiiy jozibadorligiga ko ra mumtoz о ‘zbek adabiyoti, rus va jahon bolalar adabiyoti namunalari bilan muqoyasalanib, o ‘zaro ta’sir aloqalari oydinlashtirilgan, Shu ma’noda, u o‘zbek bolalar she’riyatidagi yangi tamoyillami yoritishgabag‘ishlangani hamda XX asr bolalar she’riyati manzarasini tasawur qilishga yordam berishi jihatidan-da ahamiyatli. Darhaqiqat, har bir iste’dod egasining e’tirof va e ’tibor topishida nuktadon olimlaming xizmatlari beqiyos. Jumladan, bolalik olami g oyat muqaddas. Uni kuylovchi, u haqda so‘zlovchilar qalbi ezgulikka yo‘g ‘rilganligi ayni haqiqat. Bolalikka baxshida umrlar esa kichkintoylaming o‘zi kabi beg‘ubor, samimiy va quvnoq. Bolalikning takrorlanmas baxtli onlarini, u haqdagi xotiralami qanday qilib yodga olmaslik, sevmaslik murnkin? Ha, bolalik haqidagi xotiralar insonlami nafaqat olis o‘tmishiga yetaklaydi, balki, undagi eng nozik, samimiy, pokiza tuyg ulami qayta jonlantiradi. Binobarin, bu tuyg‘uni qalbda butun umr saqlay olish hamda shu sohada xizmat qilish eng katta saodat. Zero, bir umr bolalar ijodkorlarini ulug‘lab, ular haqida yozish, asarlarini tahlil va talqin etish baxtidan masrurlik tuygan bolalar adabiyotshunoslari ham shunday e ’zozga loyiqdir. Ta’bir joiz boisa, bolalar adabiyoti fanining istiqboli va bardavomligi kelgusida ham ana shunday fidoyi olimlar salmog'i, salohiyatiga bogiiq, albatta.