Tasdiqlayman” Fakultet dekani A. Qurbonov


Qudrat Hikmat she’rlarining badiiy-tasviriy xususiyatlari



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə23/56
tarix12.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#96804
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   56
2 5310107710040059096

Qudrat Hikmat she’rlarining badiiy-tasviriy xususiyatlari (1925-1968).
Qudrat Hikmatning bolalar shoiri sifatidagi qirralari rang-barang. Uning badiiy olami nihoyatda boy. Shoirning so‘z va topilmalari, o‘z fikrini badiiy tamsillar yordamida obrazli ifodalash orqali betakior badiiy nutq yarata olish mahorati o‘ziga xos uslubinii belgilaydi.

U o‘quvchilik chog‘lardayoq, Q. Muhammadiy rahbarligidagi ljodkorlar to‘garagiga qatnagan. 1945-yiIdan Qudrat Hikmat she rJan o‘sha davr matbuotida nashr etila boshlagan. 1947-yilda esa Oybek tavsiyasi bilan xalq og‘zaki ijodini puxta o‘rganish maqsadida Samarqandga borib, Islom shoirning kotibi sifatida ish boshlaydi. 1950-yilda yosh shoirning ilk kitobi “Mening Vatanim” nomi bilan nashr etildi. Shun dan so‘ng Qudrat Hikmat nafaqat matbuotdagi chiqishlari, balki birin-ketin chop qilingan “Baxtli bolalat”(1951), “Obodlik”(1954), “Do‘stlik”(1955), “Moskvaga sayohat”, “Chirchiq”, “Ilonshoh va uning amaldori Ari haqida ertak”, “Uch o‘rtoqning sovg‘asi”, “Soatjonning soati”(1964) kabi she’riy to‘plamlari orqali tanilib bordi. Qudrat Hikmatning mehnat faoliyati ham asosan,bolalar matbuoti va nashriyotlarida kechgan. Qudrat Hikmat she’rlaridagi link qahramonlar obrazi, umuman bolalik olami ifodasi keng va mo‘l. Ularning ko'pchiligi juda kichkina, hatto endi tili chiqqan-u shunda ham o‘z mulohazasiga ega. Shoirning “Ajoyib’ she’ri shu jihatdan e’tiborli. She’rda lirik qahramonning kechinmalari kichkintoy qizaloqning fe’l xarakter xususiyatini eng yorqin detailarda izohlay olishi orqali teranlashadi. U qizniiig do‘mbillab yurishini, chug‘urlashini behuda ta’kidlamagan. Demak qizchasi endi 3-4 yoshga kirib, biyron gapirishga o'tayapti. Ammo hali na o‘ simliklar va na tabiat hodisalarmi yaxshi tushunmay di. Shu sababli osmondagi quyoshni ham o‘zining qolidagi pufagi kabi tasavvur qiladi:


Talpinib der quyoshga
Qarang ular katta shar
Ustlariga o'rashib
Qo‘yishibdi tilla zar
Unga o‘rtoq yuboray
Qulog‘iga gul taqib
Bog‘imizdan ketmasin
Boshqa yoqqa uloqib.

Qizcha o"z pufakiga gul taqib, yuqoriga uzatmoqchi. Quyosh boshqa yoqqa uloqib ketmasin tag' ni, degan xayol uni bezovtalantirgan. Shoir lirik qahramon tiiidan qizchadagi ana shu holatni yorqin tasvirlaydi. Qudrat Hikmatning ko‘pgina she’rlarida bolalar tiiidan hikoya qilish ustuvor. Shoir she’rlarini mutoiaa qilgan kattaiar ham beixtiyor bolalar dimyosining sirli olamiga kirgandek his qiladi o‘zini. “Yomg'ir va men” she’rida buni yaqqol ko‘rish mumkin:


Asfaltyoidan kelardim
Uyim ham yaqin
Bo'ldi momaqaldiroq
Chaqnadi chaqin
Yigiab tuya bulutlar
Qochdilar qirga
Yo‘l yarqirar oynadek
Uchrab yomg‘irga
Men o‘zimga qoyilman
Bosib ancha yo’l
Botinkam yap-yangiday
Bo‘lmapti hech ho‘l.

Qudrat Hikmat bola tilida uning dilidagilami shundaygina qofiyaga sola olgan. Bulutlami tuyaga o‘xshatilishi, ulaming qirga qarab qochishi esa aynan kichkintoy tasavvurlariga xos. Muhinii, bolajon botinkasining yomg‘irda yap-yangiday boiishidan behad xursand. Bu detal shoirning kichkintoylar istagi va sodda tasavvurim yaxshi bilganligidan dalolatdir. Qudrat Hikmatning bolalar uchun yozilgan ko‘pgina she’rlari kitobxonlami o‘ylantiradi, ulami fikrlashga, hayot haqida mulohaza etishga da’vat qiladi. Jumladan, “Nok nusxa lampochka”, “Qalpoq kiygan askarga,o‘xshaydi mix polvon ham”, “Tog‘dan kelar pildirab, ariqlarda shildirrab”, ’’Serhosil, qaychi bargcha, xuddi bir qarich archa” kabi satrlari ko‘p jihatdan sodda topishmoqlarga o‘xshaydi. Shoir she’rlarining badiiy olami ulardagi rang-barang tasviriy ifodalar, obrazlar orqali ko‘zga tashlanadi. Masalan, “Bahor” she’rida o‘ziga xos topilmalar mavjud.


Uchib yurar mayin shamollar
Yelpib-yelpib anhor yuzini
Qirg‘oqlarda soyabon tollar
Oyna suvda ko‘rar o‘zini
Tong yellari o’ ynoqlab sekin,
Jiydazorga kirib yo‘qolar
Maysa o‘tlar tebranib sekin
Orqasidan kuzatib qolar.
Chumchuqlaming og‘zida cho‘p-xas,
In qo'yishar tutlar ustiga
Ko'kni quchgan teraklar to‘ymas
Oro berar kulrang po‘stiga.

She'mi o'qigan har qanday kitobxon uning estetik tasviri va jozibadorligini darrov ilg‘aydi. Bolalar she’riyatida fasllar to‘g‘risida ko‘plab she’riar bitilgan. Ammo shoir bahomi shunday tasvirlaydiki, natijada she’ming har bir misrasida yangi-yangi obrazlar jilolanadi. Bunda shoir tashxis san’atidan mohirona foydalanib, ko‘k!am obrazini qaytadan inkishof etadi. Natijada, bahor o‘ziga oro, zeb berib, husnidan sarxush boigan go‘zal qiz timsolida yaxlit umumlashma obrazga aylanadi; tonggi shabboda, tol, maysa, o‘t-o‘ianlar, chinor va teraklar bir-birlarini kuzatadilar, ilhomlanadilar, yoki o‘zlarini yelpiydilar. Bunday tasviriy usul o'quvchilaming xayolot olamini yanada kengavtirib, musholiadalashga oigatadi. Shu bilan birga, yosh avlodga tabiat va jamiyat o rtasidags o‘zaro aloqadorlik va o'xshashlikru anglashga yordamlashadi.


Qudrat Hikmat bolalar shoiri sifatida she’r ohangdorligiga katta e’tibor beradi. Uning “Eshak nega hangraydi?” she’rida dolzarb ijtimoiy g‘oya ham aks etgan. Sher bir kuni o'rmonga filni, tulki, kiyik, eshak va cho‘chqani chaqirib majlis qiladi. Ularga savol tashlaydi:
- Qaysi hay von dunyoda
Kuch-quwatda ziyoda?
Boshqa hayvonlar nima deyishlarini bilmasdan, o‘ylanib qolishganda,
”Eshak hangrab tepib yer:
- Ho men, i-ho men der.”
Sher uni chindan ma’qullab:
“mayli, sen zo‘r, ko‘p kuching!” - deydi.

Sher yana: -


Qaysi hayvon dunyoda
Go‘zallikda ziyoda?

deb savol berganida, na bo’rsiq, na jirafa, na kenguru biror marta gapga og‘iz ochmay, eshak yuqoridagi javobni qaytaradi. “Xo‘p, sen ko rkam”, - deb qutuladi sher. Nihoyat,


Bahsda go‘yo tong otar,
Sher so‘ng marta so‘z qotar: -
Dunyoda eng ahmoq kim?
Majlis ahli qolar jim
Bu gal ham el burundan
Eshak turib o‘rindan –
I-ho men, i-ho men! - der

- Ha, sen о‘zing! - deydi sher.


Demak, shoir ahmoqlik belgilarini eshak xatti-harakatlari misolida aks ettiradi, Zukko o‘quvchi she’rdagi kinoyani tez payqaydi. Jamiyatda, uisortlar orasida O‘zin dono sanaydigan nodonlar ko‘pligi va ularning kulgili ahvoli haqida xulosa chiqaradi. Kamtarinlik insonga kamol bagishlashiga iqror bo’ladi. Zotan, shoirning g‘oyaviy maqsad'i ham shu. Qudrat Hikmat she’riyatning badiiy xususiyatlari serjilo, shoir fikrlarni rassom singari chizayotganga o‘xshaydi. Qudrat Hikmat “Ilon shoh bilan uning amaldori Ari haqida ertak” nomli she’riy-adabiy ertakda esa folklor motivlaridan keng foydalangan. Buni shoir quyidagicha e’tirof etadi.


Yangi emas bu ertak,
Tinglang aytib beraman,
Uni xalqdan olgandim,
Xalqqa qaytib beraman...

Darhaqiqat, shoir bu adabiy ertakni yozishda xalq rivoyatiga asoslanadi. Ammo uni ifodalashda, obrazlarni tasvirlashda, voqea syujetini bayon qilishda bolalarbop ohang, sodda tilni asos qilib oladi. Shoir ertak rivoyat boshlanmasida dastlab, ilon, bo‘n, tulki kabi hayvonlar fe’l-atvori, yashash tarzini ham bayon qiladi. Shuningdek, qovoq arining “ayg‘oqchiligi”ni uzun kun g‘un-g‘unlab turli mish- mishlami shohga vetkazishi, hukmdor shoh Ilonning tulki kabi hiylakorlar ichida qanday siyosat yuritishni birma-bir ta’kidlab o’tadi. Xalq rivoyatiga ko‘ra, ilon ariga eng shirin qonni aniqlashni buyuradi. Ari barcha jonzotlarning qonini birma-bir totib chiqqach, eng mazali qon insonning tanasida oqayotganini bilib oladi. Bu xushxabami Ilonga yetkazish uchun shoshilib ketayotgan ariga duch kelgan qaidirg‘och bu ma’lumotni sevinch bilan qarshi oladi va tilidan o‘pish bahonasida arining tilini uzib oladi. Shundan buyon ari nuqul g‘ung‘illaydi, qaldirg’och esa inson tepasida in qo'yib, osoyishta yashaydi, deyilgan inonch mavjud. Bu syujet Qudrat Hikmat she’riy-adabiy ertagida yangicha talqin, qo‘shimcha voqealar va obrazlar bilan to‘ldiriladi hamda she’riy ifodalanadi. Shoir bo‘rining yovuzlik, tulkinmg ayyorlik qirralarini xalq ertaklari an’anasiga tayanib teranroq ochib beradi.. Masalan, hukmdor shoh vaziri-tulkini yurtni kezib, yerning xayrixohligini, sir-asrorini bilib kelishga yuborganida, tulki o‘z odati


bo‘yicha ish ko‘radi. Awal qo'raga ko‘z olaytiradi, g‘ozni yemoqchi bo'Iganida, it vovullab huradi. Shunda odamlar uni ushlab, kaltaklab uradilar. Arang qutulib qolgan tulki odamga nisbatdan kekini unutmaydi. Yoki Ilonshoh dolga qolib, betob bo‘lganda tulki paytdan foydalanadi: qovoq ariga eng shirin qon topib kelishlarini buyuradi. Garchi adabiy ertak xalq rivoyatidagidek yakun topsa-da, arining qon ta’mini aniqlashdagi sarguzashtlari, ari va qaldirg‘och, qaldirg‘och va ilonshoh muloqotlari yorqin voqealar ta’sirida jozibador hikoya qilingan. Natijada asar nihoyasidagi g‘oya tarbiyaviy xarakter kasb etadi: ilon xilvatda baqa ovlaydi. Yuzi shuvut tulki esa har joyda pisib yuradi. U qush, odam bor joyda qorasini ko‘rsatinaydi. Ammo:


Katta-kichik qaIdirg‘och,
Uchib keng yer kaftida
Yashar ekan shod-inoq.
Har xonadon shiftida,
Hanuzgacha insonlar,
Uni chorlab qoshiga,
Sof dilligi tufayli,
Ko‘tarishar boshiga.
Binobarin, xalq rivoyatidagi aqida she’riy ertakda yanada ta’sirchan tarbiyaviy g‘oyalarga boy tarzda aks etgan. She’ny ertakda fabula o‘zgarishsiz saqlansa ham shoir g‘oyaviy maqsadini allegoriya va antropomorfizm usullari vositasida ifodalaydi. Ya’ni, tulki, arining xatti-harakatlarida kinoya, istehzo yarq etib ko'zga tashlansa, hayvonlar va qushlarning o‘zaro so‘zlashuvida. ularning hukmdor, vazir, soqchi va ayg’oqchi kabi vazifalarni bajarishida insonga xos xususiyatlar mujassamdir, Bu esa o‘z navbatida, Qudrat Hikmat asarida ham ma’rifiy-axloqiy maqsadlarni singdirish imkoniyatini bera olgan. Zotan, bu kabi she’ny-adabiy ertaklar nafaqat xalq rivoyatlari talqini nuqtayi nazaridan diqqatga sazovor, balki, ular orqali bolalarga jainiyatdagi turli toifali insonlaming xarakter xususivatlari, munosabatlari mohiyatini real ifodalashi bilan ahamiyatlidir. Qudrat Hikmat bundan tashqari, "Chovkar”, “Toshbaqalar hujumi”, ”Qum ostida qovunlar” kabi she’riy ertaklarida ham xalq og'zaki ijodining u yoxud, bu qirrasi zamonaviy masalalar omixtaligida talqin etiladi.

Zotan, Qudrat Hikmat she’rlaridagi voqeabandlik, obrazlilik qofiyalarning ixchamliligi, hatto, sodda tuzilishi, til xususisyatlari - barcha-barchasi shoir she’rlarining g‘oyaviy-badiiy emotsionalligini oshirishga xizmat qiladi. Hamchunin, Qudrat Hikmat she’rlarini o‘qib ulg'aygan o'quvchi o‘z ona tilimiz boyliklaridan voqif bo‘lib, badiiy so‘z qudratini teran his etadi, Vatan va yurt iftixori bilan yashaydi.


Yozuvchi Nosir Fozilov adabiyotimizning qutlug' daigohiga 1950- yillaming ikkinchi yaimida kirib kelgan boiib, uning yetmishdan orliq kitoblari chop etilgan. Adib asarlarining asosiy qahramoni ham o‘smirlar. Yozuvchining “Oqim”, “Qush qanoti bilan”, “Qorxat” qissalari badiiy-kompozitsion ifodasi, qahramonlar ruhiyati talqini bilan kitobxonlarda alohida taassurot uyg‘otadi.
Aytaylik, “Qush qanoti bilan...” qissasi qatag'on qurboni, shaxsga sig’inish davrning jabrdiydasi, yetuk adabiyotshunos To‘xtasin Jalolovga bag’ishlangan. Qissada tuhmatga uchrab, nohaq qamalgan Akmal aka qismati o’smir yigit Sarvar tilidan hikoya qilinadi. Asar syujetidagi voqea Akmal akaning qamoqdan bo‘shab, surgun muddatini olagani Turkiston qishloqlaridan biriga yuborilishi bilan boshlanadi. Qishloq ahli uning ko‘nglini ko taradi, haqiqat kuchiga ishonch bilan qarab, hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko'maklashadi. Bunda Po‘lat aka, Eshmat aka, Supabek ota, Sulton bobo kabi bagiikeng, mehribon kishilaming xizmati yorqin ko'rinadi. Tuhmat-u malomatlar, qaraoq va surgun mashaqqatlaridan asabi qaqshagan, ko ngli cho‘kkan Akmal aka xuddi ana shu soddadil, biroq odamoxun kimsaiar, ulaming beg‘araz g‘amxo‘rligi tufayli o'zmi o‘nglab oladi:

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin